Shayton qizning muxabbati 1-fasl qismlari (yangi ijodkordan!)
3- para darsni yakulab chiqqan hikoyamiz qahramoni institut darvozasidan chiqarkan, xayolida o'tilgan darslarni takrorlab borardi. Instutning baland binosi yaqinida avtobus bekati bo'lib, shu yoq tomonga qadamini tezlashtirdi.
-Ismail , - degan ovozdan sergaklandi ( xa hikoya bosh qahramonidan birining ismi shunday) va ortiga o'girildi. Institut darvozasidan endi chiqib kelayotgan do'sti uni kutib turishini istagandi.
-Namuncha dars tugashi bilanoq g'oyib bo'lasan? Seni ichkarida qidirib yuribman.
-Ha, uyga tezroq borishim kerak. Ishlarim ko'p. Bilasanu Kamron - deya yana o'zi ketayotga tarafga bir- ikki qadam qo'ydi.
-Ha mayli, - deya uni maqullagan do'sti - seni kuzatib qo'yaman, - deb qo'li bilan do'stini yelkasidan tutgancha bekat tomonga yurishdi. (Jamshid Ismailni eng yaqin do'sti edi)
Bekatda turisharkan Ismail ko'zini bir nuqtadan uzmas, onda-sonda avtobus keladigan tarafga qarab qo'yardi. Kamron esa yonidagi qizlarga xam gap otgan, xatto bittasi bilan astoydil tanishishga xam ulgurgandi. Nihoyat ularning avtobusi kelgach Ismail do'stiga "ketamizmi?" degandek bir qarab qo'ydi.
-o'zing ketaver, men keyingisida ketarman - deya hozirgina tanishgan qiziga bir nimalarni tushuntira ketdi. Avtobusdan bo'sh joyni egallagan Ismail yonida o'tirgan qizga uncha e'tibor bermadi. Faqat avtobus ozroq yo'l yurgandan keyingina qizning yig'layotganini payqadi. Bunday holga avval duch kelmagani uchun nima qilishni bilmadi, va indamay cho'ntagidan dastro'mol olib qizga uzatdi. Qiz xam yigitga birinchi bor razm solayotgan edi. Romolcha bilan ko'zidagi yoshni qisman artarkan, yigitga minnatdorchilik bildirdi. Ismail esa
-Arzimidi, - deya oldi halos. Hayajonlandimi bu holatni unchalik tushunmadi. G'alati tuyg'uni his qildi. Lekin boshqa indamadi. Hayol bilan bo'lib bekatidan o'tib ketishiga oz qoldi. Shoshilib avtobusdan tushish chog'ida qizga yana bir qarab qo'ydi. Qiz esa xamon boshini quyi qilib homush o'tirardi...
O'z kvartirasiga kirib borarkan, xali xamon xayolida o'sha maxzun chexrani o'ylardi. "Nima sababdan yig'ladi? Kim edi u? Men nega hol so'ramadim" degan fikrlar qiynardi.
U kvartirada yolg'iz turardi. Sababi avvalgi oylarda birga turadigan hamhonalardan yolchimagandi. Ularni ba'zilari ichardi, deyarli hamnasi chekardi. Bunday narsalarni esa Ismail umuman yoqtirmasdi. O'qishiga bu narsalar jiddiy xalaqit berishini bilardi. Va pul ketsa ketsin deya bir o'zi turishga qaror qildi. U hozirgi joyidan mamnun edi. Uy egalari ochiq ko'ngil, hush momila edi. Ismailni ko'rinishi xam, o'zini tutishi xam samimiy bo'lgani uchun ko'pchilik unga ochiqlik bilan momila qilardi..
1996- yillarda qishloqlarida kuchli zilzila tufayli ota onasidan erta ayrilgan Ismail aqlini taniy boshlagan paytlaridan to shu kungacha buvisining qaramog'ida katta bo'ldi. Yoshligidan o'qishga juda qiziqardi. Shu sababli xam maktabga 6 yoshidan borgandi. Maktabni a'lo ba'xolarga tamomlagan bu yigitcha arhitektura yo'nalishida o'qishga qaror qildi. Instutni shu yonalishida Imtihonlarni o'z bilimi bilan yechgan Ismail, grand asosida imtiyozli o'qishga qa'bul qilindi. Hozirda u o'qishning endigina 6- oyini yakunlayotgan edi. uyidan ancha uzoqligi uchun shu yerdan kvartira ijaraga olishga majbur bo'ldi...
Ismail qizlar bilan umuman gaplashmas, har kun darsdan so'ng o'z kvartiarasiga borar, va yana darslarni takrorlash, qandaydir chizmalar ustida ishlardi.
Bugun esa boshqacha bo'ldi. Hozir u qo'liga qalam ushlagisi kelmasdi, xayolida xamon avtibusdagi qizda, huddi xayoli u bilan o'sha avtovusda ketib qolgandek. Endi u hayollar og'ushida ertangi kunni kuta boshladi..
Ertasi kun ketayotganda xam, bekatda xam, o'qishda xam uni uchratmadi. U qayerda o'qishini xam bilmasdi. Xatto ismi, yoshi xaqida ma'lumoti bo'lmay turib xam qayta uchrashishdan umidvor edi.
Soy bo'yida, sevimli joyida xayol surib o'tirardi. Kamron do'stini o'zgarib qolganini sezib, "Yoril do'stim, menga dardingni ayt" deya yoniga o'tirdi. Yelkasidan qo'lini o'tkazib biroz do'stini qimirlatgan bo'ldi. "Aytasanmi? U qiz kim?"
-e qo'ysangchi, qanaqa qiz?- etiroz bildirdi.
-seni bilmasam ekan, mendan berkityapsanmi? - yana qayta so'radi, va do'stini ko'zlariga tikildi. Soyning mayin shabbodasi yuzlariga urilib tanani rohatlantirardi.
-bilasanmi, - gapini nimadan boshlashni bilmay axiri bor gapni aytiahga qaror qildi.
-avtobusda bir qizni uchratdim, kimdir uni xafa qilganmi yig'layotgandi. Hayolim o'sha qizda.
-obbo sen do'stimey, ahunday darding bor ekan aytmaysanmi? Hosh ismi nima ekan? Biz bilan birga o'qiydimi?
-bilmaymanda. Umuman olganda u bilan gaplashmadim. Faqat yoshlarni artish uchun ro'molchamni berdim xalos.
Biroz voqeaga tushunmay qolgan Kamron, - yer dumaloq do'stim, xali yana uchratasan. O'shanda bemalol so'rayverasan, ismi nima, yoshi nechada, otasi kimz hammasini so'rab bilvolasan.
-ee, muammo shundada, uni ko'rsam yana tilim aylanmay, gapirolmay qolsam kerak deb o'ylayapman, - do'stidan maslahat so'raganday qildi.
-haa, gap buyoda degin. Bu muammomasku. -savol nazari bilan tikilib qolgan do'stiga qarab, - Demoqchiman bu muammoni xal qilsa bo'ladi. Men senga xozir... -deya bir nimalarni tushuntirayotgan payt soy o'z shamoli bilan birga qandaydir tanish hidni dimog'iga urdi. Birdan sergaklandi va o'rnidan turib soyning narigi tarafida mashina kutib turgan tanish ko'ylakli qizga ko'zi tushdi. U tomon borish uchun endi qadam tashlayotgan ediki, sap-sariq taxi uni olib ketib qoldi. Kamron esa do'stini tushunmay, savol nazari bilan qarab qoldi.
-u o'sha qiz edi- dostini aytilmagan savoliga javoban...
Oradan bir necha kun o'tgach avtobusda orindiqda ketayotgan Ismailning yoniga kimdir o'tirdi, avvaliga e'tibor bermadi, ammo yana o'sha tanish ifor. Yalt etib yoniga qaradi. Yonida esa tanish chexra unga tabassum bilan qarab turardi.
-siz? -deganini o'zi xam bilmay qoldi.
-ha men, kutmaganmidiz?
-rostini aytsam xa - bazir javob berdi yigit.
-siz meni qidirayotgan bo'lsangiz kerak deb o'ylagandim- qizning savoli Usmailni esankiratib qo'ydi. "Qayoqdan bila qoldiykan" xayollar o'tdi.
-nega unday deyapsiz?- so'radi qizdan.
-axir ro'molchangiz menda qolgandiyuu. Ro'molchaga ismingiz yozilgan ekan. Sizga qadrli bo'lsa kerak deb o'ylagandim. -haya, - ro'molchasi endi esiga tushgandi. O'zi uchun aziz bolgan buyumini xatto esidan chiqarib qo'ygandi.
-Imron, ismingiz shundaymi? - qizning gapidan o'ziga keldi.
-yo'q, bu otamniki edi ro'molcha. -u bu ro'molchani yonidan qo'ymas, xar gal kayfiyatsiz paytlari shu romolchani qo'liga olib bolaligini, ota- onasi bag'rida bo'lgan paytlarini eslardi. Lekin uni anchadan buyon o'zida emasligini payqamaqandi. Bunga sabab esa, xayoting yangi sahifasi, bir bo'lagi bo'lmish mana shu sohibjamol edi!
"Dilnur" bu ism uni yuragiga shu qadar qattiq o'rnashdiki, hayolidan ketmay qoldi. Shirin xayollar bilan qadrli ro'molchasini qo'liga olib hidladi. Undan sevgilisini iforini tuygach, ro'molchaning qadri yanada ortdi. "Essiz uni tel raqamini xam so'ramabman" xayolidan o'tkazdi. "Uni yoqimli ovozini yana eshitishni xoxlardim". Qo'lidagi romolchasini asta ochib ichida yozuv borligini ko'rdi. Qiz romolchani ichki qismiga o'z tel nomerini yozib qo'ygandi. Ismail yanada quvnab ketdi. Raqamni endi terayotgan maxal honadon bekasi ovqatga chaqirib qoldi. Sal qorni ochqaganini sezgan yigit "hozir chiqaman" deya javob qildi. Balki u xam ovqatlanmoqchidir, xayol qildi va o'rnidan turib kiyimlarini alishtira boshladi...
-Ovqat juda mazali chiqibdi, raxmat- uy egalariga minnatdorchilik bildirib dasturhondan turdi va honasiga kirib ketdi. Honadon egalari farzandsiz bo'lganliklari uchun ular Ismailga o'zgacha mehr qo'yishgandi. "Agar farzandimiz tirik bo'lganda u bilan teng bo'lardi" honadon boshlig'i Mahmud aka hayolidan o'tkazdi. Ularning farzandlari bolalik paytida kasali vaqtida davolanmaganligi uchun hayotdan wrta ko'z yumgandi. O'sha paytlar meditsina bu qadar rivojlanmagandi. Balki o'sha paytlar hozirgi imkoniyati bo'lganda farzandining taqdiri boshqacha bo'larmidi. Lekin xamma narsa Allohdan ekan! Mahmud aka shunday o'ylardi, yaxshilik xam yomonlik xam Yaratganning bir marhamati, sinovi...
Honasiga qushday uchib kirgan Ismail, o'rniga yotarkan, hona yuqorisiga qarab biroz yotdi. So'ng telefonini olib raqamni terdi. 3- 4 chaqiruvdan so'ng yoqimli ovoz,
-eshitaman- deya javob qildi, yigit ovoziga mahliyo bo'lib biroz jim bo'lib qoldi.
-alo, eshtaman gapiring- degandan so'ngina
-salom, Dilnura yaxshi yetib oldingizmi? - deb javob qildi. Yigitni tanigan qiz
-haa, bu sizmidiz? Yaxshi sizchi?
-men xam. Ovqatlandizmi?
-yo'q, oyim uyda yo'q edila keyinro ovqatlanaman.
-oyimni kutyapman deng
-ha, bir o'zim bo'lsam tomog'imdan ovqat o'tmaydi.
-bu jihatlarimiz bir hil ekan,- tabassum bilan yigit..
Telefondagi uzoq suxbatdan so'ng, -oyimla keldi, keyin gaplashamiz- deya aloqa uzildi. Ismail endi Dilnura xaqida o'ylab uxlab qoldi.
-Turing, darsga kech qolasiz - Mahmud akaning ayoli Nazokat opa Ismailni uyg'ota boshladi.
-ahir bugun dam olish kuniyu opa- Ismail yostiqdan biroz boshini ko'tarib, yana yotib oldi. Ko'zlarini yumgancha kecha nimalar bo'lganini o'ylay boshladi. Hayotda yashashdan bir maqsadi paydo bo'lgandi. Avvallari ko'p o'qisam, keyinchalik katta odam bo'laman, xamma narsaga ega bo'laman deb o'ylardi. Hozir esa umuman boshqacha, faqat u bilan bo'lsa, unga ega bo'lsa bas. Boshqa narsalar ikkinchi darajali bo'lib qoldi.
Ertalabki nonushta va abedni birga qilgan Ismail, yuvinib kiyindi. Va "kechroq qaytaman" deb uydan chiqib ketdi. Nazokat opaning "qayoqqa" degan gapi og'zida qolib ketdi.
Ismail bugun amakisini oldiga borishni niyat qilgandi. Dadasining shaxar chetrog'ida magazini bo'lib, vafotidan so'ng amakisini ihtiyoriga o'tib ketgandi. Ismail ancha esini tanib qolgach amakisi unga ulush ajratib beradigan bo'ldi. Albatta uni taqsimlashni amakisi o'zi bajarar, Ismail esa ishonib qo'ya qolardi. Bugungi uchrashuvni kutmagan amakisi uni iliq kutib oldi.
-kel jiyan, kelishing xaqida aytib qo'ysang bo'lardi- amakisi uni magazinni alohida honasiga kuzatib, hizmatchi qizga choy olib kirishni buyurdi.
-buyoqqa o'tiraver- stolga moslab qo'yilgan divanga ishora qilib. O'zi xam uni qarshisidan joy oldi.
-bu yer ancha o'zgaribdi, Ohirgi marta kelganimda ta'mirlamoqchiman degandiz.
-ha, o'shandan buyon endi tayyor holga keldi. Ancha ishlarni xam mazasi bolmadi. Ta'mirlash bilan bo'lib savdoga vaqt qilolmadik. -bu huddi Ismailga bu safargi ulushingdan umidingni uz degandek ta'sir qildi, Ismailning kayfiyati ancha tushdi.
-lekin seni ulushingni xam olib qo'yganman. - Ismailga qarab qoshini uchirgan amakisi, shunday deb o'rnidan turdi. Bu orada hizmatchi qiz xam choy olib kirgandi.
-choydan ichib tur jiyan - deb qo'shni xonaga kirib ketdi. Biroz o'ylanib o'tirgach, piyolani qoliga olib paxta gullariga qarab bir nimalarni xayolidan o'tkazdi. Endi choy quymoqchi edi,
-Ilhom aka- deya eshik ochildi va bir juvonni qarshisida ko'rdi. qad- qomati kelishgan, o'rta bo'yli, rasmiy ammo zamonaviy kiyingan hushbichim honim honada Ismaildan boshqa hech kim yo'qligini bilgach
-boshliq qayoqqa ketdilar- deya savol bilan murojat qildi.
-bilmadim, shu yerda edila. Tashqariga chiqdilar - deya ko'zi bilan tashqariga imo qildi.
-haa, hop uzr- deya eshikni orqasidan yopgan yoshgina bu juvonning ismi Gulyuz bo'lib, shu magazinni hisobchisi edi. Gulyuz 28 yoshga kirgan bo'lsa xam, xaliyam turmush qurmagandi. 2 yildan buyon magazin ho'jayini bilan yaqin aloqalarini boshlab yuborgandi. Ular xaqida ko'pchilik sezib ulgurgan, shuning uchun xam Gulyuzga sovchilar qadami to'xtagandi. Lekin u xayotidan hursand edi. Boy hushtori, kechalari hamyostig'i borligini o'zi kifoya edi unga. (Hikoayadan ancha chetlashib ketdim, bu boshqa hikoya endi)
Bir piyola choyni ichib tugatmasdan Amakisi honaga kirib keldi. Qo'lida qora selafan paketga o'ralgan pulni olib chiqibdi.
-bu safar kamroq, aytdimu daromadni asosiy qismi ta'mirlashga ketdi- o'zini oqlagan bo'ldi.
-ha, hammasini tushundim- Ismail o'rnidan turish chog'ida piyolada qolgan choyini ichib, tashqari tomon qadam bosa boshladi.
-kelib tur jiyanim, birga choyho'rlik qilamiz,- ortidan amakisini kulib turgan chexrasidan uzoqlasharkan, "o'zim ish topmasam bo'lmaydi, jonga tegdi shu pulga qarab qolish" xayolidan o'tkazdi. Matkazdan uyga qaytish uchun yana avtobus bekatda avtobus kuta boshladi. Bekatda e'lonlar biram ko'pki, Ismail ularni sinchiklab ko'ra boshladi, orasida "tarmoqli biznes, o'z tarmog'ingni qur va daromad ol" e'loni uni o'ziga jalb qildi. Raqamni telefoniga soxranit qilguncha avtobusi xam keldi...
O'z xonasiga kirib yana og'ir ho'rsinib yotib oldi. Biroz yotgach, o'rnidan turib xali yozib olgan raqamiga qo'ng'iroq qildi:
-alo eshitaman, - muloyim ovoz uni hushyor qildi.
-alo, men e'lon bo'yicha qo'ng'iroq qilyapman.
-xa, bemalol. Siz kim bo'lasiz?
-men Ismail, studentman
-juda yaxshii, ishimiz juda qulay, siz bop. Ertaga ofisimizga keling tushuncha olasiz.
-hop
-mayli unda ertaga kutaman- shu tariqa yakunlangan suhbat chog'ida kimdir "ojidaniya"ga tushgandi, Dilnura ekan, qayta qo'ng'iroq qildi. So'ngi soniyalarda qo'ng'iroqqa javob bo'ldi.
-uzr bezovta qildim! (( - xafa va arazlagan bu ovozdan yigit o'zicha sevindi, demak befarq emas u ham.
-jinnivoyim, ish ilan gaplashayotgandim - birinchi bor qiz bolani erkalab gapirgan Ismail, boshida o'zini noqulay his qildi.
-ha, shuning uchun xam uzr so'radimda, -yanada jiddiy arazlagan ohangda- ishingizni bitirib oldizmi, yo keyinroq qo'ng'iroq qilaymi?
-yo'q, bitdi hisob. Endi siz bilan bitiraylik - suhbatga xazil qo'shmasa urushib qolishlarini sezgan holda yigit gapida davom etdi.
-odamlar rashk qilishni bilarkan.
-hechamda, kim aytdi sizni rash qildi deb- huddi o'zini jaxli chiqqandek ko'rsatdi qiz. - o'zi tanishganimizga 2 kun bo'lgan bo'lsa, keyin biz do'stmizku.
-hada, men nima dedim. Do'stmiz albatta...
Ikkalovlari xam o'z tuyg'ularini do'stlik ortiga yashirishardi. Lekin vaqtlar kelib, ularni sevgisini xatto do'stlik xam berkitolmay qolishini bilishmasdi. ..
Ertasi kun darsdan chiqib e'lon bo'yicha ofisga boradigan bo'ldi. Yo'l- yo'lakay "do'sti" bilan suxbatlashib ketdi, uchrashuvda omad tiladi. Aytilgan joyga kirib kelgach, honadagi ifor va stol ustidagi maxsulotlardan bu porfyumeriya firma ekanligini payqadi. Quyuq salomlashuvdan so'ng, chiroylikkina ayol kechagi suhbatni eslatdi va ish tartibini tushubtirib berdi. Avvaliga u hech nimani tushunmaganday bo'ldi. Lekin bildiki bu biznes turi xali Uzbekistonda rivojlanmagandi. Uni ichida qandaydir his "shu ish seniki, sen qilolasan" derdi. Ishi oson edi, maxsulot sotib oladi va yana o'ziday maxsulot oladiganlarni jalb qiladi. Bundan u xam foyda ko'radi, u olib kelgan odam xam foyda olishi mumkin edi. U ishga rozi bo'ldi va bugundan ish boshlashini aytdi. "Tavakkal, balki bu meni biznesimdir, balki aksinchadir. Ammo men bu ishni qilmasam buni bilolmayman" u o'zidagi hayollarini jamladi. O'sha kuni kechga yaqin Kamron do'sti bilan gaplashdi, unga ham bu ish xaqida gapirdi. Agar sen boshlagan bo'lsang men xam sen bilanman, men xam qilaman. Ho'sh qayerda ekan ofisi?..
Oradan 2 kun o'tdi, bu orada Dilnura bilan aytarli gaplasholmadi. Avtobus bekatda turar, goh soatiga, goh avtobus keladigan tarafni kuzatardi. Shu payt ortidan ikki qo'l uni ko'zini asta betkitib oldi. Bu uning "do'sti" Dilnura edi.
-salom- qiz unga tabassum bilan boqib turardi. Tushmi o'ngmi anglash qiyin bolib qoldi. Yigit xam quvonch bilan
- salom, qalaysan? - u qizni birinchi bor senlab gapirishi edi, ammo bu Dilnuraga yoqqandi.
-manku yaxshi, lekin siz rosa charchayapsiz shekilli.
-nega unday deysan?
-ahir 2 kundan beri ishli boldim deb aytarli gaplashmadizku man bilan.
-kechirasan, lekin shunaqa bolib qoldida- biroz boshini qashlagan bo'ldida- ho'sh aybimni nima bilan yuvay?
-men ayb qildiz dimadimku- qiz birdan kulib yubordi.
-hop, unda nima qilamiz? Yur biror joyda ovqatlanamiz. Qorning ochgandir? - aslida o'zini xam qorni ancha ochqagandi.
-hoo, siz taklif qilasizu man yo dimanmi, qornim to'q bo'lsayam birga boraman...
Bugungi uchrashuvni rejalashtirmagan bo'lsa xam yaxshi o'tdi.
Uyga piyoda qaytishni taklif qilgan yigitga qarshilik bildirolmadi, aslida xavo juda salqin, shabboda erta baxor xavosi edi. Bunday xavoda piyoda yurish yoqimli edi. Piyoda, suxbatlashib borisharkan Ismail asta qizning qo'lidan tutib oldi, qiz xam bunga norozi emasdi. Suxbatlari yana birinchi uchrashuvga borib taqaldi. Yigit o'shandagi ko'z yoshni sababini so'raganda bu haqida gapirishni istamadi, yigit xam u haqida boshqa so'ramadi. Kun bota boshlagach xavo soviy boshladi. Dilnura sezdirmasada ammo sovqotgani bilinib turardi. Pidjagini yechib qizni yelkasidan tashladi, o'zi esa qizni belidan quchib oldi. Yonma yon ketisharkan, yigit hayoti mazmuni bo'lmish "do'sti" yonida ekanligidan hursand edi...
Quyosh deyarli osmonni tark etgan, ammo uning so'ngi qizil nurlari osmonda ajoyib manzara paydo qilgandi. Yigit qizga biroz o'tirib dam olishni taklif qildi, ular o'tirishgach biroz jim bo'lib qolishdi. Quyoshning ufqdagi qizil shafaqlariga maxliyo bo'lgan ikki qalb huddi so'zsiz suhbatlashayotganday edi.
-bilasanmi? - yigit sukunatni buzdi va qizga qaradi. Qiz xam savol ma'nosi bilam yigitga yuzlandi.
-osmondagi quyosh bitar chog'idagi qizil nurlarni o'zgacha belgisi bor ekan, - yigit ko'zini ufq tomon ko'tardi. Qiz xam ufqqa termulib, qiziqqancha - qanday - deb so'radi.
-bir zamonlar ikki sevishgan bo'lgan ekan, ularning sevgisi judayam kuchli edi. Ularni sevgisini ko'rib shayton ularni ikkisini ajratmoqchi bo'libdi. U go'zal qiz ko'rinishida yigitning oldiga kelibdi, va uni yo'ldan urmoqchi bo'libdi. Ammo yigit unga parvo qilmabdi. U shunday muomila qilibdiki, shayton ham sevgilisiga hiyonat qilmasligini tushunibdi. Ammo baribir u bu yo'lidan qaytmabdi.. - orada biroz sukunat bo'ldi. Ikkisi xam tobora g'oyib bo'layotgan ufqqa qarab o'tirishardi.
-ho'sh, keyinchi? - hikoyaga qiziqib qolgan qiz davomini eshitishni hohlardi.
-shunda u hiyla qilmoqchi bo'libdi- hikoyasini davom etdi yigit. - bir kuni shayton qizning qiyofasiga kirib oladi va yigitga "agar meni sevsangiz bu yerlardan ketaylik, uzoqlarga" deydi. Yigit bu gaplardan hayron bo'lib qoladi. Lekin qizni qattiq sevgani va ko'p qistovlaridan so'ng ketishga rozi bo'ladi. Niyatiga erishgan shayton yigit bilan uzoqlarga ketadi. Oradan bir necha kun o'tgach, sevgilidan darak bo'lmagach, qiz har kuni kun botishida ufqqa termulib o'tirarkan! Chunki yigit unga "ufqdagi qizil nurlar bu meni senga bo'lgan muxabbatim, agarda ufqda qizil nurlarni ko'rmasang bilginki men, yoki sevgimiz o'lgan bo'ladi" degandi... - shunda orada yana biroz jimlik paydo bo'ldi.
-yigitning taqdiri qanday bo'lgan? - qiziqib so'radi qiz, ufqdan ko'zini uzgach yigitga qaradi. Yigit esa hamon ko'zlarini osmindan uzmagan, nimalarnidir xayolidan o'tkazardi. Qiz esa yigitni yelkasi bilan ohista turtkach, yigit hayollardan o'ziga keldi va endi gap boshlamoqchi edi yomg'ir tomchilari yuziga bir-ikki tusha boshladi.
-Yur panaroqqa o'tamiz, hozir yomg'ir boshlaydiganga o'xshaydi.
-hop. - ular sal nariroqdagi bekat ostiga borib olishdi. Yomg'ir bir pasda tezlashib ketdi. Baxorning xavosi shunday, bir oz oldin quyosh chiqsa birozdan so'ng yomg'ir yog'ib yuborishi xam hech gap emas.
-sovqotmadingmi?- qizga boqib uni biroz sovqotganini sezdi. Qiz esa - biroz -deya javob berdi. Yomg'ir borgan sari tezlashar, sovuq shabbodasi esa tanani junjuktirardi. Yigit ohista qizni bag'riga bosib oldi.
-endi sovqotmayapsanmi? - yigitning so'roviga qiz boshini qimirlatib "yo'q" ishorasini qildi. Ular shu zayl biroz turishgach yigit qizning qulog'iga sekingina shivirladi:
-Dilnur , - qiz u quchoqlashgan holatida yigitga qaradi. Yigitning bo'yi biroz baland bo'lganligi uchun biroz noqulay edi. Yigit esa gapida davom etdi.
-senga bir gap aytaman, faqat jiddiy qa'bul qil. - qiz boshi bilan qimirlatib "xa" ishorasini bildirdi.
-men seni sevaman! - yigit bu gapni zo'rga dilidan tiliga ko'chira oldi. Qiz esa uyalgancha pastga qarab oldi. - seni javobingni bilgim keladi, har uchrashganimizda bu gapni yuzinga qarab ming marotaba takrorliman, sen buni eshtmagansan, chunki bu gaplar dilimda qolib ketardi. - qiz xamon yerdan ko'zini uzmas, yigitning quchog'ida bo'lgani uchunmi, yoki ichidagi his tuyg'ular tufaylimi isib ketayotganday edi. - Bugun esa senga bu gaplarni ayra olishga kuch topa oldim. Agar bugun aytmaganinda, balki bu sirligicha qolib ketarmidi, - yigt qizni qo'li bilan boshini teparoq ko'tardi, ikkalasining ko'zlari bir biriga tushdi, shu holatda chamasi yarim daqiqami, yo ozroq bir birlariga termulib qolishdi. Yigit labini qizning labiga olib bordi. Shu onda ikkalovlari xam o'zgacha hissiyotni tuyishdi. Lablari xamon bir birini erkalar, o'zlari esa huddi bu yerda emas, osmonlarda uchib yurishgandek edi. Uzoqdan kelayotgan mashina ovozidan o'zlariga kelishgach, uzoqdagi avtobus chiroqlarini his qilishdi. Avtobus kelib bekatga to'xtadi. Ular endi piyoda yurib bo'lmasligini bilgach avtobusdan joy olishdi. Mashinada deyarli hech kim yo'q edi, orqa o'rindiqdagi qariya va oldiroqda ikki hotin suxbatlashib ketishardi. Avtobuz o'rnidan qo'zgaldi, ular xam yonma yon o'rindiqni egallashdi. Yo'lda ketib borisharkan, qiz boshini yigitning yelkasiga qo'yib oldi. Yigit xam bundan mamnun edi. Chunki qiz endi uni sevishini biladi, qarshilik bildirmadi va u xali xam u bilan. Munosabatlar esa endi ochiq davom etardi...
-yaxshi dam oldingmi? - yigit va qizning erta tongda telefondagi suxbatlari shunday boshlandi.
-xa sevgilim, sizchi? - qizning javobidan yigit quvonib ketdi. Chunki qizdan birinchi bor "sevgilim" degan murojaatini eshtishi edi.
-Men xam Dilnurim - yigit negadir "jonim" yoki "asalim" singari so'zlarni ishlatolmadi. Chunki bunday so'zlarni avval ishlatmagan, qolaversa bunday so'zlar ishlatgan kop do'stlarini bilardi. Ular bunday so'zlar bilan bugun bittasiga, ertaga boshqasiga atab ketavarardilar. Shuning uchun buni sevgilisiga ravo ko'rmadi. Suhabatlari uzoq cho'zilmadi. Sababi ikkalovlari xam o'qishga borishga taraddud ko'rishlari kerak edi.
-mayli erkagina qaysarcham, o'qishlaringa omad. Yaxshi o'qib ol.
-xop, siz xam yaxshi o'qing..
Suxbatlari shu tarzda yakunlangach, Ismail o'zini oynada tomosha qilarkan, sal avva uyqidan turgani uchun faqat ich kiyimlarda turardi. Juda kelishgan bu yigitni tim qora sochlari uncha uzun bo'lmagan, ora -siraga bitta, ikkita oq tushib qolgani sezilib turardi. Ko'zlari sal jigarrang tusda, o'zi esa salgina qorachadan kelgan bola edi. Bo'ylari uzungina bu yigit oynada kuchga to'lgan bilaklarini tomosha qilib biroz turgach kiyinishni boshladi. Bu payt qiz xam pardoz qilish chog'ida o'z go'zalligiga o'zi mahliyo bo'lib tikilib qoldi. Qop qora sochlari uzungina, yelkasidan sal patroqqacha tushardi, kipriklari uzungina, ular kimlarga yuzlanmasin nigoh egasiga asir etardi. Bo'ylari xam o'ziga yarashgan balandgina, ammo Ismailga nisbatan biroz pastroq edi...
Nonushtani qilib bo'lgan Ismail o'qishga otlandi. Uydagilardan duo olgach o'qishiga tomon shoshib ketdi. Dars boshlanishiga yetib kelgan Ismail, yana darsga sho'ng'ib ketdi. Ammo hayoli xamisha sevgilisida bo'ldi. 1-para tugagach do'sti Kamron bilan sihbati paytida, Kamron xam ishga o'z hamkorlarini jalb qilmoqchiligini aytib qoldi. Ular xam bu ishga qiziqayotgani va bu haqda to'liqroq ma'lumot olishni xoxlashlarini aytdi.
-ular nima ish qilishadi? - so'radi Ismail.
-ee, ishlashmidida. Biz bilan birga o'qishadi, kursdoshlarimizdan.
-ha unda yaxshi. Darsdan so'ng biror bo'sh sinf xona topsak o'sha yerda tushuntirib beraman. Dars ohirida ularni to'plagin...
Darslar yakunlashgach bo'sh honada Kamron ishga taklif qilgan hamkorlari to'planishdi. Anchagina yig'ilishibdi. 20 kishidan ko'proq talabalar xam o'sha Ismail ishlayotgan Porfyumeriya firmasida ishlashni hohlayotgan edilar. Ismail ularga bu firma haqida, uning maqsadi va ishlash taetiblarini birma bir tushuntirib berdi. O'tirganlar esa butun tanalari quloq bo'lib uni tinglashar, orada " yaxshi ekan" , "men bop ekan" so'zlari eshitilib qolardi. Tushuntirib bo'lgach xamma bu ishni "qanday boshlash mumkin" deya savol berishdi. Ismail firma manzilini tushuntirib berdi, va birga borishi mumkinligini aytdi. Bu xammaga ma'qul tushdi va hoziroq borishni takluf qilishdi..
Ishlari juda yaxshi ketib borardi. Firmaga a'zo bo'lganidan va ishlayotganidan afsuslanmasdi. Chunki hamkorlari soni xam ortib qolgan, kompaniya bi'yicha lavozimi xam, obro'si xam ancha ko'tarilgandi. Firmaning o'sha joydagi filiali raxbari xam uni juda hurmat qilardi. Huddi o'z o'g'liday ko'rib qolgandi. Firma raxbari yoshgina ayol edi, ko'rinishi judayam istarali, to'lachadan kelgan, sal qoracharoq opa edi. U birgina qizi borligini aytardi, huddi Ismailni kuyov qilish niyati borday tutardi o'zini. Ammo qizini ofisga deyarli olib kelmasdi. Umuman kelmasdi disayam bo'ladi. Chunki Ismail xali biror marta qizini ko'rmagandi. Laylo opaning (firma filiali raxnarining ismi shunday edi) turmush o'rtog'i ancha yillar avval, qizi tug'ilishidan avval olamdan o'tgan ekan. Ammo undan keyin bowqa turmush qurmagan, odamlarning, qarindosh urug'larning qistovi xam befoyda bo'lgan, qizini o'gay otaning tarbiyasini olishini hohlamagandi..
-alo
-alo, ho'sh men sevgan qiz ninalar qilyapti - yigit va qizning tungi suhbati shunday boshlandi.
-xamma shu paytda nima qilsa ushnaqa qilyapman.
-hamma nima qilarkan bu payt?
-yotadide, nima qilardi boshqa jinnivoy
-xaa, (kulib) lekin sen boshqalardekmassanda
-nimaga?
-chunki sen men bilan gaplashyapsan. Men bilan esa xamma gaplashomidi bu payt. Ana boshqalardan farqin nimada- orada biroz tabassum bo'lgach,
-Ismail aka - qiz biroz ovozini pastlatib, - anu kungi hikoyani davomi qanaqa? Rosa bilgim kelyapti.
-haa, unimi. Qayerida to'xtagandim o'zi?
Yigit bilan qiz qiyofasiga kirgan shayton uzoqlarga ketudi, qiz ufqqa termulib qoludi.
- ha unda eshit, yigit o'sha qiz qiyofasidagi shayton bilan uziq bir joydan qo'nim topishadi. Avvaliga odatiy xayot kechirishadi. Yigit qizni bag'rida his qilib baxtli edi. Ammo qizni o'zgarib qolganini seza boshladi. Bir kun ular kun botar paytida uylari oldidagi katta daraxtning to'nkasida o'tirishardi. Shu payt qiz ichkariga kirib ketmiqchi bo'ldi, ammo yigit qo'vormadi. Chunki xar safar birgalikda ufqni tomosha qilishni yaxshi ko'rishardi. Ammo bu yerga kelishgandan buyon biror marta bunday qilishmagandi. Yigitning bag'ridan chiqolmagan qiz noiloj birga o'tirdi. Ufqdagi qizil nurlar tobora qalinlashar va nurlari ularning yuziga tusha boshladi.
- hosh keyin nima bo'ldi? -qiz xam huddi hikoya ichiga tushib qolgandi.
-so'ng qizning ko'zi u nurlardan qamasha boshladi, hayron bo'lgan yigit qizga boqsa quyoshning qizil nurlari ostida shaytonning asl yuzini ko'rib turardi. Bag'ridan shaytonni itarib yuborgach o'zidan nafratlanib ketdi. chunki hozir sevgilisini tashlab ketganini angladi. Shayronning asl yuzini bilgan yigit ortiga qaytadi. Sevglisini o'sha xar doim birga quyosh botishini tomosha qiladigan joylaridan topadi, ular judayam sevinishadi, uzoq hijronli kunlardan so'ng yana birga edilar. O'sha ufqning qizil nurlari xozir xam ularning sevgisi o'lmaganidan dalolat berib turarkan. - hikoyasini tugatgach,
-shayton ularni tinch qo'yibdimi?- qiz yana savol berdi.
-Shayton xam yigitni sevib qolgandi. Chunki faqatgina o'sha yigitni yo'ldan ura olmagandi.
-juda boshqacha hikoya ekan, qayerda o'qigansiz?
-esimda yoo, balki eshitgandirman kimdandir.. shu tariqa suxbatlari uzoq davom etdi.
-tur o'rningdan o'g'lim, o'qishga kech qolasan - honadon bekasining ovozidan uyg'ondi. Kecha telefonda gaplashib uxlab qolibdi.
-ahir bugun dam olish kuniyu hola - Ismail yana o'rniga yotib oldi
-qayoqdan bilay ahir, har kun uyg'otaverib o'rganib qolibmandaa, - biroz aybdirona ohangda - turaqol, dam bo'lsa xam nonushta qilib ol bolam!
Dam olish kuni abedgacha uxlashga odatlangandi, ammo bugun uy bekasi Nazokat opaning gaplaridan so'ng turib yuz-qolini yuvgach nonushtaga o'tirdi.
-Mahmud akam ko'rinmidila? - atrofga alanglab olgach so'radi.
-bozorga tushaman deb chiqib ketudila. Bilasizu, dam olish kunlari bozorga chiqmasala ko'nglilari joyiga tushmidii.
-haa, yodimdan ko'tarilibdi. - shubday dediyu bugunga rejalashtirgan ishlari xam esiga tushib ketdi. Bugun Dilnura bilan ko'rishmoqchi edi ular! Uchrashuv abeddan keyin, 15:00 ga belgilangaligi uchun ungacha ofisga o'tib ishlarini bitirib olmoqchi bo'ldi.
-meni bugunga ishim bor edi, kechriq qaytaman! - shunday deya uydan chiqishga chog'landi.
- ertaroq qayt bolam! - uy ichidan Nazokat opaning ovozi eshtildi.
-hop - deya chiqib ketdi..
Ofisga kirarkan, ko'pchilikning kulgan ovozi, mayin musiqa quloqqa tobora balandroq eshtila boshladi. Yodidan chiqibdi, bugun ofisda bayram. Bir necha kun ogohlantirilgandi. Alohida taklif qilingandi. Chamasi 15 kishilar to'planibdi. Xamma bilan salomlashib bo'lgach, oralarida notanish qizni xam uchratdi.
-bu meni qizim - Laylo opa qizini u bilan tanishtirarkan, - Gulima'no, u xaqida senga aytgandim.
-ha, esimda. Tanishganimdan hursandman - qizga tabassum xadya etdi.
Oradan chamasi 10 daqiqalar o'tar- o'tmas ortidan Kamron xam kirib keldi.
-xamnaga salom! Boshlab yuboribsizlarku - honaga kiriboq ovozi yangradi. - do'stim, kelib bo'libsabkuu, telefon qilib tusholmadim - sal norozi kayfiyatda.
-yog'e, telefonim yoniq. Antena chiqmagandir. - ikkovlari quchoqlashib ko'rishdi. - xa, balki. Bo'lishi mumkin...
Bayram ajoyib o'tardi, xammani tilida Ismailni yutuqlari, u xaqidagi ijobiy fikrlar xaqida gapirilardi. Gulima'no unga yonma yon o'tirardi. Ko'zlari bilan Ismailga ko'p qarardi. Ichidan uni yaxshi ko'rib qolgandi. Harakteri ochiq, sho'x shaddod bo'lgabligi uchun Ismailni o'ziga qaratmoqchi bo'lardi. Uni o'ziniki qilmoqchi bo'lardi. O'rtada spirtli ichimlik xam ochilgandi, ba'zi ba'zida ko'ngli tusaganlar quyib ichardi. Kamron xam ulfatlar qatorida edi.
-siz xam ichasmi? - Gulima'noning Ismailga 1- savoli shunday bo'ldii.
-yo'g'eee, ichmaganman, xoxishim xam yo'q. - qisqagina javob berdi.
-yoki chekasizmi? - qiziqib so'radi.
-yo'q. - yanada qisqalik bilan.
-nahotki ichmaydigan, chekmaydigan yigitlar xam bo'lsa? Sizdakalar kam! -ozgina maqtov orqali eritmoqchi bo'ldi, va buni qizman uddaladi xam. Suxbatlari qizg'in tus ola boshladi.
-balki so'k icharsiz?
-mayli.
Gulima'no sokni atay piyoladagi spirtli ichimlik ustidan quyib berdi, so'k ko'proq bo'lganligi uchun unchalik sezilmadi. Bir ko'tarishda deyarli xamnasini ichib yuborgach,
-biroz boshqacha ekan. Ta'mi o'zgarib qobti, - deya uncha sezmadi. Biroz vaqt o'tgach bayram ishtirokchilari uylariga qaytadigan bo'lishdi, hamma o'rnidan qo'zg'aldi. Ismail o'rnidan turib yana joyiga o'tirib qoldi. Spirtli ichinlik ta'siri endi o'z kuchini ko'rsatardi. Boshi aylanishni boshladi. Kamron:
-men xamnangizni kuzatib qo'yaman. -biroz ichgan bo'lsada hushyor edi.
-men ofisni tartibga keltirgach uyga boraman, - Gulima'no oyisiga yuzlandi. Oyisi:
-hop, mayli. Men uyga boraman. Tezroq borgin!
-hop, Ismail akamni zam o'zim kuzatib qo'yaman. Biroz o'tirsalar bosh og'riqlariyam qolar..
Xamma rozi, xamna uy uyiga tarqalishadigan bo'ldi, soat allaqachon 16:35. Dilnura bilan ko'rishishlari yodidan xam ko'tarilgan Ismail, ko'zini yumib boshini osmon qilib divanga suyangancha o'tirardi. Bu orada xonani tartibga kektirib ulgurgan Gulima'no Ismailning oldiga o'tirdi. Honada ulardan boshqa hech kim yo'q.
-boshingiz og'rimayaptimi? -past ovozda savol berdi qiz.
-birozgina - yigit javobi shunday bo'ldi.
Honada vals bop musiqa yangrardi.
-keling raqs tushamuz, balki bo'sh og'rig'i yozilar. - qiz yigitni yelkasidan turtib.
-yo'q, men bilmayman xam.
-turing, o'rganib olasiz baxonada, - endi qiz o'rnidan turib yigitni qo'llarida tortib turgazdi.
Yigit xam istamaygina qizning belidan ushladi, raqsga tusha boshlashdi. Raqsga tushisharkan qiz yigitga o'zini yaqinroq tutishga xarakat qilar, yigit esa undan o'zini olib qochardi. Ammo alkagol o'z ta'sirini ko'rsatdi. Endi yigit xam o'zida emasdi. Qizga qaradi. Huddi u Dilnurani quchib turganday tuyildi, ki'zlariga huddi Dilnura bo'lib ki'ribayotgan Gulima'noni qattiqroq quchib oldi. Musiqa og'ushida raqs tushisharkan yigit endi qizdan bo'sa olayotganda, kunbotar tomondagi derazadan quyoshning ufqdagi so'ngi qizil nurlari ko'zini qamashtira boshladi. Shunda yigit raqs tushayotgan odami asli Dilnura emasligini bildi va, Dilnura uni uchrashuv joyida kutayotganini esladi. Gulima'noni bag'ridan itarib yuborgach, "uzr" deya honani tark etdi.
Yuz qo'lini yuvgach sevgilisi tomon shosharkan, ketib qolmaganidan umidvor edi. Endi alkagol ta'siri xam yo'q, boshi esa faqat savollar girdobida aylanardi.
Uchrashuv joyiga yetib kelgach, ular xar doim birga ko'rishadigan, suxbatlashib o'tiradigan skameykada boshqa ikki sevishgan bir birini quchgancha o'tirishardi. "Nahot ketib qilgan bo'lsa?" "kutmabdida" "men xam ketib yuborardim" kabi fikrlar xayolida tinmay aylanardi. Ketmoqchi bo'lib ortiga o'girilganda esa sevgilisi qarshisida turardi. Biroz xomush, ammo sevgan insoni kelgani uchun yuzida mamnunlik ifodasi bilan boqib turgan Dilnurani maxkam quchib oldi, "meni kechir, kechir meni" u faqat shu so'zlarni aytardi! E'tiborlaring uchun raxmat! Bu mani 1-hikoyam! Yoqqan bo'lsa davomi bo'ladi!
