Xtales.ru

Zarina ismli qiz maktubi asosida

Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto tun-u kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq kunda ham, sovuq tunda ham köp bora uyimiz qarshisida körardim. Ammo adam bilan

oyim bu haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart qöyishdi: yo u, yo biz... Opam xonasida rosa yig'ladi ösha kuni. Bu köz yoshlar yetaklab kelgan dardni opamning közlaridan boshqa hech qayerda uchrtamaganman. Keyin ösha yigit bilan umuman körishmay qöydilar. Aminman, opam endi faqat Xudodan adamning rozi bölishini söraydigan bölgandi. Köp ötmay boshimizga musibat tushdi. Opam og'ir xastaligini bildik. Unda miya

saratoni borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma yig'lagandi. Adam opamni köp doktorlaga körsatdilar. Ular zudlik bilan operatsiya qilish lozimligini aytishardi. Bu orada ösha yigit köp marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa yig'ladilar. Men öshanda tushunganman. Inson özidan ham battar yöqotishdan qörqadigan insonlar bölarkan dunyoda. Har holda opamning közidan (katta ehtimolki,

qalbidan ham) oqayotgan köz yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga oxirgi marta u bilan körishish u-n ruhsat berishdi. Ösha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u bilan yonma- yon turib, bir og'iz ham gapirmadi. U faqat yig'ladi. Yigit esa opamni yupatardi: "Men tezda qaytaman, jonim, yig'lama",- derdi u. Öshanda u opamni sönggi bor körib turganligini qayerdan ham bilardi. U ketgach opam meni quchoqlab, qulog'imga shivirlaganida butun vujudim muzlab ketdi. Opam aynan shunday

dedilar: "Nega aynan men?"... Yigit ketgach opam u bilan telefonda ham gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir. Unga hammasini aytib yuborishdan qörqqandir. Uni operatsiya qilishadigan kun ham keldi. Ösha kun kutish zalida ötirib, Xudodan opamning tirik qolishini söradim. Qizil chiroq öchib, doktor chiqqach esa... adamning toshdek qotganlariyu, oyimning ezilib yig'laganliklari yodimda qolgan xalos. Opamni qabrga qöydik... Ancha vaqt ötgach, tongda dasturxon atrofida ötirganimizda ösha yigit

Moskvadan telefon qildi. Men javob berdim. Unga opam vafot etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha eshitmasdan göshakni qöyib qöydi. Ösha kuni yarim tunda eshik taqilladi. Adam eshikni ochganlarida qarshisida ösha, opam sevgan yigit turardi... Uning közlarida men opamning közlarida ham körmaganim öta kuchli alam bor edi. Ösha kuni ilk bora adamning yig'laganlarini kördim. Ehtimol köz yoshlari bir vaqtlar ularni majburan ayirganliklari uchun pushaymonliklaridandir... Ehtimol yigitning

közlarida opamning yuzlarini körgandirlar..

O‘xshash hikoyalar

Armonga Aylangan Sevgi! (sirli bola ijodidan)

Salom o'tmishdagi sevgilim Nafisa! Yaxshimisan? Balki hammasi yaxshidir! Balki hozir sen juda baxtlidursan! Seni birinchi ko'rgan paytim go'yoki seni misli Beg'ubor Farishta deb bilgandim! Lekin keyinchalik bilsam juda yanglishibman!

"OPERATOR QIZ" BILAN (by KoReaN_BoY)

Kechqurin saot 23:30lar atrofi uydagilar bilan restorannan uyga qaytish uchun taksiga qong'iroq qildim. Goshakni ovozi yoqimli bir qiz olip, qayerga taksi kerak dep soradi. Men qayergaligini ayttim.

Meni aybim nima Bir qiz nomidan hayotiy hikoya

hikoya Blackstar tomonidan ko'chirilgan iltimos komentda ko'chirlgan qatadir o'qiganman qabilidagi gapla bo'lmasa chiroyliroq bo'laddi deb o'ylayman rahmat. Kuz… Sentabr oyi edi. Har yilgiga 6xwab bizlani paxta terimiga olib 4iqdi.

Hikoyachi Parvozbekdan TAQDIR CHORRAHASIDAGI LAZZAT /yakuniy 4-qism/ ehtirosli hikoya

Kunlar ketidan oylar o'tdi . 18 yildan so'ng ham 39 yoshli Saidaning xaridori ko'p edi . Bir kuni uning oldiga nafsini qondirish uchun ikki yigit keldi . Saida yalang'och holda divanda qomatini ko'z-ko'z qildi .

Yow boladan ibrat olilu

Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan.

Yiglamaslikka iloj yoqdr jajji qiz javobi

Тобут одамлар елкасида қўлма қўл борар, бир қизалоқ нималар бўлаётганини тушунмай "Адажон, менам бораман", деб эргашиб йиғламаганни хам йиғлатарди.Қизалоқ отасини қаерга олиб кетишаётганини билганда шундай дермиди?