qimorboz
zarrux zarrux:
Maftuna mehmonxonaga kirib ishboshqaruvchiga o'zini tanishtirib millioner bilan uchrashishni so'radi. Lekin ishboshqaruvchi buni rad etdi. Janob hech kim bezovta qilmasin degan deb javob berdi. Qolaversa u kishi birorta muxbirga intervyu bermasligini aytgan. Maftuna ishboshqaruvchining bu gaplaridan so'ng u bilan tortishib o'tirmadi chunki uning gaplari to'g'ri ekanligi ertalabki yangiliklardan ham ma'lum. U sekin mehmonxonadan chiqib piyodalar yo'lagidan o'yga tolgancha yurib keta boshladi. Xa, agar men hozir to'g'ri borib men muxbirman sizdan intervyu olmoqchiman desam albatta rad etadi to'g'risiyamda intervyu bergandan unga nima foyda bundan faqat menga foyda o'yla o'yla u o'yla degan so'zini pichirlab aytdi. Nima qilsam ekana boshim qotdi. Yaxshisi uni mehmonxonadan chiqishini kutaman. Umuman chiqmasachi yo'q axir butun umr o'sha yerda qolmaydiku bugun,bugun bo'lmasa ertaga,ertaga bo'lmasa indinga xo'p unday bo'lsa uni yo'lning narigi betidagi bekatda kutib o'tiraman. U chiqdi ham deylik keyinchi keyin nima qilaman. Keyin vaziyatga qarab u bilan tanishishga harakat qilaman. Ha boyvachcha baribir mendan qochib qutulolmaysan deb kulib yo'lni narigi betiga o'ta boshladi.
Shahar markazida joylashgan "bahor" nomli kafeda ikki dugona utirishib mazza qilib suhbatlashishardi
-Voy dugonajon o'zim bunday qo'ng'iroq qilib chaqirmasam bir ko'rishayligam demaysan
-Nilu kechir duganajon bilasanku hozir ishlarim judayam ko'payib ketgan shunga mana bugun yakshanba bo'lgani uchun zo'rg'a vaqt ajratdim
-Xa sen ham shu gazetaga ishga kirdingu boshing ishdan chiqmay qoldi. Bunday men bilan ham uchrashishga vaqt ajratib tur. Ikkovimiz gaplashamiz o'qish davrlarni eslaymiz ancha yengillashamiz.
-Xa gaping to'g'ri jurnalist bo'lish bolaligimdan orzuyim edi shuning uchun ishimni yoqtiraman qancha ishlagim sari yana ishlagim keladi. Hozir ham mana yangi maqola izlash bilan bandman sen bilan gaplashyapmanu lekin xayolim maqola izlash bilan band. Shu payt uning diqqatini kafeda o'rnatilgan televizor jalb etdi. Unda yangiliklar ketayotgan edi. Unda muhbir qiz shunday deyayotgan edi "Bugun shahrimizga chet eldan millioner Begzod Bekmatov tashrif buyurdi. Bu millioner asli O'zbekistonlik bo'lgan bu shaxs yangi millionerlardan biri. Mana 3 yildirki u chet elda edi. Shu uch yil ichida u millionerga aylangan. Qizig'i u qanday qilib bu qisqa fursatda bu darajada boyib ketganini hammadan sir tutmoqda bizga shunisi malumki u 3yil oldin chet el kazinosida katta miqdorda pul yutgan. 25 yoshli bu millioner hozir mehmonxonaga joylashmoqda"
-Ana topildi -deb Maftuna tezda sumkasida yon daftar hamda ruchkasini olib tezda mehmonxona manzilini yozib oldi so'ng sumkasidan pul chiqarib stolni ustiga qo'yib shoshib o'rnidan turib "xayr duganjon" deb keta boshladi.
-Hoy to'xta qayoqqa? Nima topildi? -deganicha Nilufar uni orqasida o'rnidan turib kafega pul to'lab chiqqunicha Maftuna taksiga o'tirib ketib bo'lgan edi.
-Bu qizni xayoli joyidamas. Bunday tushuntirib ham gapirmasdan ketib qoldiya deganicha qolaverdi.
Maftuna yo'lning narigi bekatiga o'tib ancha kutdi. Oradan bir necha soatlar o'tdiki hali ham boyvachchadan darak yo'q bugun u tashqariga chiqmasa kerak deb o'ylay boshladi lekin baribir uni kutishdan to'xtamadi va nixoyat kechga yaqin kutilgan inson mehmonxonadan chiqdi va shaxsiy moshinasini orqa o'rindig'iga o'tirdi moshinani shaxsiy haydovchi yo'lga tushirdi. Maftuna ham shoshib mehmonxona tarafga o'tib taksi to'xtatib ularni ortidan yo'lga tushdi. Begzod o'tirgan mashina hashamatli restoran oldiga kelib to'xtadi. Begzod mashinadan tushib restoranga kirib ketdi. Ortidan Maftuna ham kirdi. Begzod restoranning yozgi bo''lmasiga borib o'tirdi. Uning ortidagi stolga Maftuna kelib o'tirdi. Begzod bitta konyak va ikki uch xil salat aydi. Maftuna bir likopcha salat va sharbat aytdi. Bir zumda aytilgan narsalar stollardan joy oldi. Afitsant qiz konyakni ochib Begzodga quymoqchi edi. Begzod o'zim deb afitsantga ruxsat berib yubordi. U stakanini to'ldirib quydi va bir ko'tarib ichib yubordi so'ng stol ustidagi shkalatdan ozroq sindirib yedi. Bu holat yana ikki marta takrorlangach biroz miyyasiga sarhushlik yugurdi. So'ng sekin salatlardan yeya boshladi. Endi sekin atrofni kuzata boshladi yozgi bo'lmada havo salqin bo'lgani uchun hech kim yo'q edi faqat orqa tarafdagi stolda o'tirgan qizdan tashqari. Begzod uni boya mehmonxonadan chiqqanida ham ko'rgan edi va juda chiroyli qiz ekan degandi ichida Maftuna sochlari ko'zlari qora yuzlari oq o'rta bo'yli nozikkina qiz edi. Begzodning sochlari biroz malla qomati sporchilarnikiday edi.
Maftuna qanday qilib Begzod bilan gaplashish yo'llarini qidirayotgan edi. Oradan biroz vaqt o'tgach Begzodning oldidagi bir shisha konyak bo'shadi. Begzod anchagina mast bo'lgan edi. Sekin o'rnidan turib Maftuna o'tirgan stolni oldiga bordi. O'tirsam bo'ladimi? deb so'radi
-Marhamat bemalol
Begzod sekin Maftunani ro'parasidagi stulga o'tirdi.
-ofitsant degan edi. Ofitsant qiz labbay deb keldi. Mani stolimni ko'chirib keling dedi. Siz jurnalistsiz to'g'rimi? deb Maftunaga savol berdi.
-xa
-Men haqimda gazetada chop etmoqchisiz menimcha? Shuning uchun meni kuzatib yuribsiz.
-Men haligi nima deyishni bilmay qoldi. Shunday desayam bo'ladi. Sizni intervyu bermaydi deb aytishdi. Shuning uchun sizdan qanday qilib intervyu olishni o'ylab sizni kuzatayotgandim. Stoldagi narsalarni ko'chirib bo'lgan ofitsant qiz boshqa narsa kerakmasmi deb so'radi.
-Menga bir shisha konyak bering boyagi shishangizni tagi teshik ekan oqib ketibdi dedi. Ofitsant xo'p deb ketdi.
Meni ismim Begzod sizniki nima?
-Maftuna
Xo'p Maftuma unda men haqimda tinglang lekin meni hayotim gazetaga sigmaydi. Buni butun boshli kitob qilish kerak deb kuldi.
Begzodning onasi u tug'ilgan vaqtida o'lgan edi. Otasi etikdo'z edi. Ular oilada 2ta farzand akasi Behruz va u. 6 yoshli paytida akasi uylandi. Shundan so'ng huvillab qolgan oilasiga yana fayz kirgandek bo'ldi. Oradan 1 yil o'tib akasi qiz farzandli bo'ldi. Unga Marjona deb ism qo'yishdi. Ana endi haqiqatdan ularni oilasi baxtli yashay boshladi. Lekin bu baxt ham ko'pga cho'zilmadi. O'sha yili jigari hasta bo'lgan otasi bu dunyoni tark etdi. Begzod maktabda a'lo baholarga o'qirdi. Ayniqsa matematika fanidan juda bilimi kuchli edi. 5chi sinflik paytida paralel sinfdagi Ma'mura ismli qiz uni yaxshi ko'rishi haqida sinfdosh qizdan eshitdi. Shundan so'ng Ma'mura tog'risida qiziqa boshladi. Haqiqatdan oldin ko'p e'tibor berib qaramagan ekan. Bu ohu ko'zli qizni asta sekin yoqtira boshladi.
Bora bora unga ancha o'rganib qoldi. Shu damlarda hayoti cheksiz zavqqa to'lgandek bo'ldi. Bu zavqli kunlar maktab tugasa o'tib ketadiganday maktabni tugashini istamasdi. Sekin asta Ma'mura bilan gaplasha boshladi. Bir kunda bir ikki suhbat ba'zida shu ham bo'lmasdi. Agar ikki uch kun suhbatlashishmasa ikkovi ham mendan xafa bo'ldi. Shunga men bilan gaplashmayapti shekilli deb o'ylashardi bir birlari haqida lekin ikki uch kundan so'ng yan gaplashib qolishsa bu shubhalar vaqtinchalik tarqab ketardi. Bayramlarda bir birlarini tabriklashardi. Til va adabiyot o'qituvchisi 3ta sinf o'rtasida fanlari o'rtasida musobaqa tashkillashtirdilar bu musobaqada Begzod juda faol qatnashdi. Ayniqsa bahrubayt aytishuvida har bir sinfdan bir ishtirokchi qatnashishi kerak edi.Begzodlarni sinfidan Begzod Ma'muralarni sinfidan Elnora yana bir sinfdan Jasmina ismli qiz qatnashdi. Bu aytishuvni birinchi bo'lib Jasmina tark etdi Begzod va Elnora vaqt kech bo'lgani uchun durrang natija bilan yakunlandi. Qish paytlari qor yoqqan vaqtlarda Ma'mura Begzod bilan qor bo'ron o'ynashni istardi. Begzod uning harakatlaridan buni sezsada lekin unga qor otib ozor berishni istamasdi. Shuning uchun sinfdoshlari bilan o'ynasa ham u bilan o'ynamasdi. Bahrubayt aytishuviga kelsak ertasi kuni Ma'muralarni sinfidagilar mutloq g'olibni aniqlab olmoqchi bo'lishdi a ertasiga tanaffus paytida o'rtoqlari bilan maktab hovlisiga chiqayotgan Begzodni to'xtatib uni bahrubayt aytishuviga chaqirishdi va unga raqib qilib Ma'murani tayinlashdi. Ikkovi biroz vaqt aytishuv qilishdi bu aytishuv Ma'murani g'alabasi bilan yakunlandi. Musobaqa kutilmagan holatda bo'lgani uchunmi yoki sharoit noqulay bo'lgani uchunmi Begzod yutqazdi. Boshqalarga nisbatan Begzodning bahrubayt aytishuviga tayyorgarligi ham o'zgacha edi. U o'qishdan bo'sh vaqtlarida savdo do'koniga yordamchi bo'lib ishlardi tasodifni qarangki xo'jayin qo'shiq tinglashni yoqtirardi do'konda har doim mumtoz qo'shiq yangrab turardi qo'shiq esa she'rdan kuylanardi. Begzod ana shu qo'shiqlarni yod olardi. Uning yutug'i shunda edi. O'sha qish vaqtlari maktab o'quvchilari bo'sh vaqtlarida shashka o'ynashardi Begzod ham shashkani yaxshi bilardi. Uning matematika fanini yoqtirishini hisobga olsak bu tabiy holat edi.
Maktab oshxonasiga kirgan Begzod shashka o'ynayotgan bolalarni ko'rdi. Bolalar galma galdan o'ynashardi.Begzod ham biroz tomosha qilganidan so'ng unga ham navbat keldi. Uning raqibi paralel sinfdagi Nafosat ismli qiz bo'ldi. Bu o'yin Begzodning g'alabasi bilan tugadi. Begzodning nazarida esa Nafosat ataylab yutqazib bergandek tuyuldi. O'yin vaqtida tasodifan oshxonaga kirib qolgan Ma'mura ham ularning o'yiniga guvoh bo'ldi. Shundan so'ng Begzod Ma'muradan boshqa qiz bilan shashka o'ynagani uchun ancha gap eshitdi. Begzod Ma'murani maktabdan chiqishini kutib turardi yoki teskarisi va ikkalasi birga ketardi. Begzod Ma'murani kuzatib qo'yardi. Bir kun Begzod Ma'mura va ikki dugonasi bilan pavilionga borishdi muzqaymoq yeyishdi sharbat ichishdi suhbatlashishdi va qaytishdi. Qaytganlarida so'ng Ma'mura Begzodga bugungi kun hayotidagi unutilmas kun bo'lganini aytdi. Har yilgi bayramlarda bir birlarini tabriklashardi. 8chi sinfga o'tganlarida Begzodning do'stlari karta o'ynashga qiziqib qolishdi. Darsdan so'ng biror joyga borib o'zaro o'ynashardi. Ularni ichida Begzodning yaqin do'stlari Farhod va Jo'rabeklar bo'lgani uchun Begzod ham ularning o'yinini tomosha qilgani borardi. Ular arzimas mayda puldan o'ynashardi. Begzod ham bir ikki do'stlarini kartasini ko'tarib o'ynashni o'rgana boshladi. Keyinchalik o'zi ham qo'shilib o'ynay boshladi. U eng kami ikki zot karta bilan o'ynagani uchun u bir aytganda hamma kartasi pastroq bo'lsa kartani yotardi. Keyinchalik pastroq qartalar bilan ham o'ynay boshladi. Hayoti chiroyli tarzda kechayotgan edi. Toki o'sha ma'shum voqeaga qadar...
Hikoya shu yeriga yetganida o'zi shundoq ham dona dona qilib gapirayotgan Begzod jim bo'lib qoldi. U allaqachon ikkinchi shisha konyakni ham bo'shatib bo'lgan edi.
-ofitsant dedi. Zo'rg'a ofitsant qiz labbay deb yetib keldi.
-Nima xizmat yana aaa bir aaa shisha kkkonyak dedi qignalib ofitsan qiz xo'p deb chiqib ketdi. Ularni uzoqdan kuzatib turgan Begzodning haydovchisi Bektosh vaqt yetganini sezdi. U Begzod yetarlicha mast bo'lganini bildi. Endi tezda uni bu yerdan olib ketish kerak deb o'yladi. Qo'lida bir shisha konyak bilan ketayotgan ofitsantni to'xtatdi va unga janobni me'yorlari bo'lganini tushintirdi. Va o'zi Begzodni oldiga kelib uni ketishga undadi Begzod bilan birga Maftjna ham qo'zg'aldi. Begzod to mashinasiga borgunicha har xil gsplarni gapira boshladi uni gaplariga Maftuna ham Bektosh ham xo'p deb uni bir amallab mashinaga mindirishdi. Begzod mashibaga minganidan so'ng Maftuna Bektoshdan Begzodni
Telefon raqamini so'radi. Raqamni olgach restaranga qaytib kirdi kassa hodimiga qancha to'lashi kerakligini so'radi. Kassa hodimi pul to'lanib bo'lingan dedi. Maftuna ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylaganidi. U restorandan chiqqanida boyvachcha allaqachon ketib bo'lganidi. Shunchalik ham ichadimi odam degan shuncha puli bor mazza qilib yurmaydimi. Har kuni shundaymikin yo faqat bugun shunchalik ichdimikin? Uning bu savoli hozircha javobsiz qoldi. Begzod mashinaga minganidan so'ng mashinani Ma'murani uyi tomonga haydashni aytdi. Bektosh hayron bo'lib u yerda nima qilasiz deb so'radi. Ma'murani ko'rgim kelyapti uzoqdab bo'lsa ham bir ko'rsam bo'ldi, ko'nglim negadir g'ash
-Hozir soat 21 00 bo'ldi. Biz u yerga borganimizcha soat 23 dan o'tib qoladi. Bunday paytda ayollar issiqqina o'rinlariga yonboshlab erlari bilan yotishadi. Bu gaplarni gapirganidan ming pushaymon chekdi chunki Begzodni jahli chiqib so'kib berdi. U so'kish eshitganidan emas balki Begzodga asabiylashish mumkin emas edi. Shundan pushaymon chekdi. Mashinani to'xtat dedi. Bektosh mashinani yo'lchetiga to'xtatdi lekin nima uchun to'xtahanlarini bilmadi. Begzod yana so'kina so'kina mashinadan tushdi va savdo do'koniga kirib ketdi. Bektosh ham mashinadan tushib uming ortidan kirdi. Chunki Bekzod yonida pul olib yurmaydi puli Bektoshda turadi. Bir shisha konyak olib chiqqan Begzod mashinaga o'tirganidan so'ng ichishni boshladi. Mehmonxonaga kelib yuvindi. So'ng uxlashga tayyorgarlok ko'rdi lekin qancha urinmasin uxlayolmadi. Televizirni yoqib tomosha qildi. Soat tungi 2 00 bo'ldihamki uyqusi kelmadi odatda bunday paytda ozroq televizir ko'rsa tezda uyqu bosardi. Bugun unday bo'lmadi ko'ngli qandaydir g'ashlikni his etib uxlolmadi. Telefonini olib internetga kirdi. Nihoyat soat tongi 6larda uyqu bosib uxlab qoldi.
Ertasi tongda Maftuna ishxonasiga xursand kayfiyatda bordi. Millionerdan intervyu olayotgani to'g'risida hammaga aytib maqtandi. Boshliq ham bundan xursand bo'ldi. Tushdan so'ng Begzod7ga telefon qilsammi yo'qmi deb ikkilana boshladi. Agar hozir termasam u chet elga ketib qoladi va mening maqolam chal qolib ketadi shuning uchun tezda qo'ng'iroq qilib u bilan uchrashishim va qolgan voqealarni ham so'rab olishim kerak. Kecha yozib olgan raqamlarini telefoniga yozib yashil tugmani bosdi.
Begzod bu paytda tush ko'rayotgan edi. Tushida bir qorong'u xonada 6 7 kishi bo'lib qimor o'ynayotgan ekanlar tepada osilib turgan xira yoritgich sigaretlarning tutunidan battar xiralashib ketibdi. Xonani tumandek o'rab olgan tutun bir zumga kamaymaydi aksincha borgan sari ko'payib bormoqda o'yinchilar pullarini yutqazib birin ketin o'yinda chiqa boshlashdi. O'yinda faqat Begzod va to'lachadan kegan egnida kostyum shim kiygan sochini kal qilib olgan kishi qolibdi. Kartalar ikki o'yinchiga suzilibti Begzod sekin kartalarni ochibdi tuz karta ortidan yaba tuz karta va nihoyat uchinchi kartasi ham tuz u stafkani oshirdi raqibi ham shu ketishda ular bor budlarini tikishibdi Begzod ham Bankdagi pullarigacha hamma pullarini tikdi.
-Endi ikkalamizni ham boshqa pulimiz qolmadi kartalarni teng ochsak rozimosiz deb so'radi Begzod raqibi xo'p dedi va u qo'lidagi 3ta tuz kartani ochib raqibini kartasini ham so'ramasdan pullarni yig'ishrltira boshladi shunda birdan raqibi to'xtang hali shoshilmang pulni yig'ishtirishga hali ulgurasiz mana bu 3ta kartadan ziyod bo'lsangiz albatta deb 3ta kartani yerga sekin ochdi kartalarning ikki burchagiga katta M harfi tushirilgan va har uchalasida ham Ma'muraning surati bor edi. Hamma o'yinchilar ooooo qoyil deb yuborishdi. Begzod ham yutqazganini his etib tanadini qo'rquv bosdi. Raqibi esa beso'naqay kulib pullarni yig'ishtira boshladi. Shunda birdan qo'rqib uyg'ondi va telefoni jiringlayotganini eshitdi. Sekin telefonini olib qaradi notanish raqam kim ekan deb hayron bo'lib yashil tugmani bosdi va a'lo dedi.
-a'lo
-Eshitaman dedi Begzod hayron bo'lib bu chiroyli ovoz sohibasini tanimasdan
-Men Maftunaman kechagi qiz
Ha tanidim qandaysiz yaxshimisiz - shunda Begzodni xotirasida kechagi xotiralar tiklana boshladi.
-Yaxshi rahmat o'zingiz yaxshimisiz?
-Xa
-Men haligi kechagi hikoyangizni davomini qachon aytishga vaqtingiz bo'ladi? Shuni so'ramoqchi edim.
- Vaqtim bor agar biror joyda uchrashsak so'zlab berardim.
-xo'p qayerga uchrashamiz
-Kechagi restoranga
-Qachon boray
Begzod soatiga qaradi soat 12 dan oshibdi
-Iloji bo'lsa hozir
-Unda yo'lga chiqdim.
Begzod xo'p deb telefonini o'chirdi va Maftunani nomerini telefoniga saqlab qo'ydi. Bugun akamni tug'ilgan kunlari qishloqqa ham borishim kerak. Jurnalist bilan tushlik qilaman so'ng jo'nab ketaman.
Begzod restoranga yetib kelganida Maftuna allaqachon kelib restoranni kirish joyiga qarab turgan ekan. Ular restoranni pastgi qavatidagi alohida xonasiga kirishdi. Atrofda hech kim yo'q faqat sokin musiqa yangramoqda dasturxonga konyak va noz ne'matlar buyurtirishdi. Konyakni stakanga quyib icharkan Begzod hikoyasini davomini boshladi.
Pol'at bilan yo'lga chiqqan Begzod musiqani balandlatib qo'ydi. Sho'xmusiqagamonand Po'lat tezlikni tobora oshirib borardi. Tekis yo'ldan mashina yelib borardi. Birdan Po'lat qoch deb baqirib moshinani signalini bosdi va mashinani jarlikka qarab burib yubordi. Bu halokatda Po'lat vafot etdi Begzod esa nogiron bo'lib qoldi. Ikki oyog'i umuman ishlamay qoldi. Do'xtirlar uni tuzalmaydi deyishdi. Begzodni akasi do'xtirdan biror iloji yo'qmi deb so'raganida do'xtir afsuski yo'q bumday be'morlardan 1000tadan bittasi qayta oyoqqa turib ketishi mumkin umid qilamki ukangiz shu 1000tadan bittasi bo'lishini. Shu shu Begzodning kunlari zulmatga aylandi. Faqat uy ko'chaga o'zi chiqolmaydi. Birov chiqaray desa ham ko'nmaydi. Odamlarni ko'ziga nogironlar aravachasiga ko'ringisi kelmaydi. Uyda esa zerikardi do'stlarini Ma'murani sog'inardi. Tog'ri ularni ko'rib turardi ora orada lekin ko'proq vaqtini ular bilan o'tkazgisi kelardi. Ayniqsa Ma'murani sog'inardi. U bilan o'tkazgan vaqtlarini qumsardi. Nogironlar aravachasida vaqtning kunlarning o'tishi ham qiyin bo'larkan. Balki ertangi kunida umudsizlikka tushgani uchun ertaga manabu ishimni amalga oshiraman degan fikri bo'lmagan xullas ertangi kuniga intilish ertangi kunini kutmadligi uchun ham vaqtning o'tishi sekindek tuyular qo'lidagi soatiga tez tez qarardi huddi muxim ishga kech qoladigandek bir kun soatiga qarab turib bu soatga bir nima bo'gan juda sekin yuradi. Balki quvvatlagichini yangi qo'ysam tezroq yurar deb o'yladi. Lekin yangi quluvvatlagich qo'ydihamki o'sha immillab yurish. Bora bora tunda ham uxlolmaydigan bo'lib qoldi. Tuni bilan miyyasi uyg'oq nimalrnidir o'ylaydi. Birov 300 gacha sanasang uxlab qolasan deb maslahat berdi. Lekin sanog'i mingdan oshib sanog'dan adashib ham ketti uyqudan darak bo'lmadi. Birov piyozni o'rtasida okkiga bo'lib ikki oyog'ingni tagidan paypoqni ichida qo'yib yot dedi. Buni ham sinadi lekin bo'lmadi. Birov yotishdan oldin ozroq kitob o'qi darrov uxlab qolasan dedi. Tongga yaqin kitobni tugatay deyaptihamki uyqudan darak yo'q lekin shu maslahatni bergan odamdan minnatdor bo'ldi chunki kitob o'qib miyyasi ancha ochildi dunyo qarashi kengaydi bilimlari ortdi va vaqti biroz bo'lsada mazmunli o'ta boshladi. Xullas birov u dedi birov bu dedi lekin uyqudan darak bo'lmadi. Hattoki ko'zinga sikoch yopishtirib qo'y shunda uxlab qolasan deb ustidan kulganlar ham bo'ldi.
Oxiri uyqudorisi ichish kerak degan fikr keldi miyyasiga va bu fikrdan o'zi ham xursand bo'ldi ana kitob o'qishni foydasi tegyapti deb qo'ydi. Akasiga aytib uyqudori olib keltirdi va muammo ham xal. Bir kun Ma'murani Begzoddan bir yosh katta o'tgan yili Begzod o'qiydigan maktabni tamomlagan Qahramon ismli bolaga turmushga chiqayotgani haqida eshitdi. turmushga chiqayotgani haqida eshitdi. Begzod u bolani tanirdi otasi biznesmen puldor odam o'zi haqida ko'o bilmaydi. Bir ikki marta qarta o'ynayotganini ko'rgan edi. Lekin yaqindan tanimasdi. Bu xabardan u g'amga botdi. Qayg'uga cho'kdi. Uni begonaga turmushga chiqayotganidan qaxri kelsa unga uylanmayotganiga o'ziga rahmi kelardi. Baribir mendek nogironga turmushga chiqmasdi deb o'zini tinchlantirardi. Oradan bir necha oy o'tib to'yi ham bo'ldi. O'sha kuni to'yib yig'ladi. Ko'ngli o'ksidi soat 10lardan o'tgandan so'ng dori ichish kerakligi esiga tushdi. Dorini qo'liga olarkan ko'zidan yana yosh quyila boshladi. Bu kunimdan o'lganim yaxshi shu vaqtda o'lom uning ko'ziga chiroyli ko'rina boshladi. Dorilariga qaradi. Bir yarim pochka qolgan ekan. Birin ketin hammasini icha boshladi. Oradan biroz vaqt o'tgach uyqu bosdi. Ertasiga shomga yaqin ko'zini ochgan Begzod sekin atrofga qaradi. Uyiga yotibdi. Boshi qattiq og'riganidan ux deb yubordi. So'ng sekin kechagi ishlarini eslay boshladi. Bir yarim pochka dori ichgani esiga tushib obbo haliyam tirikman shekill shuncha dori ichib ham o'lmasa ya inson xa lekin Ma'murani turmushga chiqqani yomon bo'ldida u kula boshladi. Iye nega kulyapman o'zi bu ishga yig'lash kerakku degan edi ko'ngli bo'shab ko'zlarida yosh oqa boshladi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. Oradan sal kam bir oy vaqt o'tgach bahor o'z ishini qilib yomg'ir sharros quyayotgan paytda Begzod darvozani bir eshigini lang ochib qo'yib o'zi ko'chani tomosha qilib o'tirardi. Usti shiypon bo'lgani uchun yomg'irning tomchilari uning ustiga tushmasdi. Ko'chaga tushayotgan yomg'ir tomchilariga qarab ularning shitirlashiga quloq solib o'yga tolardi. Uning xayolini ayni damda yana Ma'mura band qilgan edi. U bilan o'tkazgan vaqtlaini eslardi. Qani endi o'sha damlar qaytib kelsa hozir nima qilayotgan ekin balki eri bilan suhbat qurib o'tirgandir. Ma'murani yanida o'tirgan Qahramonga kulib qarab turganini xqyoliga keltirdi. Jahli chiqa boshladi. Qo'lini peshonasiga qo'ydi. So'ng sekin ko'zi ustidan tushirib nogironlar aravasiga qo'ydi. Bir payt uzoqdan soyabon ko'targan bir ayoni ko'rdi. Kelayotgqn ayolni yuzi hali bilinmas darajada uzoqlikda bo'lsa ham u qandaydir tanish inson kelayotganini sezdi. Yuragi qandaydir bezovta bo'linlb tez tez ura boshladi. U yaqimlashganidan so'ng ne ko'z bilan ko'rsinki bu Ma'mura ekan qo.lida soyabon egnida ayollar ko'ylagi ustidan kostyum kiygan yuzi o'sha o'sha odatda yangi kelinchaklar yuziga har xil bo'yoqlar surtib yurishardi uni yuzida biror xil bo'yoq alomatlari sezilmasdi. Darvoza oldiga yetgandan so'ng yonga qaradi va
Darvoza oldida nogironlar aravachasida o'tirgan Begzoni ko'rib
-assalomu aleykum
-yaxshimisan
-ha yaxshi o'zing yaxshimisan
-bu yerlarda nima qilib yuribsan bir o'zing
-dugonamni oldiga kelganidim uyi hov anavi yerda deb qo'li bilan ko'rsatdi. Ko'ylagimga tosh yopishtirmoqchi edim shuni o'rganishga borgandim. Uyda yo'q ekan. Endi ertaga kelaman yana.
-xa o'zing yaxshimisan yangi oilaga ko'nikishga qiynalmayapsanmi?
-ajrashdimku to'yni ertasiga qaytib keldimku eshitganingiz yo'qmi
-yo'q endi eshityapman nega ajrashding deb so'radi hayratini ichiga sig'dirolmasdan
-xa shunday bo'lib qoldida
Oraga biroz sukunat cho'kdi. So'ng Ma'mura xo'p bo'lmasa men boraqolay dedi va ketaboshladi. Begzod hayron bo'lib uni orqasida to ko'zdan g'oyib bo'lganicha qarab qoldi. To'yni ertasiga ajrashib keldim dedimi nega ajrashganikin muhimi bu emas muhimi u ajrashgan demak endi unga uylansam bo'ladi. Faqat bir muammo yo'q ikkita muammo bor ekan birinchisi mening nogironligim ikkinchisi uylanishga menda hozir pul ham yo'q. Pul masalasiniku tugirlash mumkin lekin oyoqchi oyoq masalasi nima buladi. U sekin oyoqlarini kutarishga urindi lekin har qancha urinmasin oyoqlari uziga buysinmasdi. Xonasiga qaytgach deraza tokchasini ushlab urnidan turdi. Birpas turgandan so'ng quli charchab qaytib utirdi. Dam olgandan sung yana qaytardi. Shu kundan boshlab astoydil oyoqqa turishga hafakat qila boshladi. Shu kundan unga orzu havas paydo buldi. Hayotga qarashi uzgardi ertasiga Mamura kelganida uni telefon raqamini surab oldi. Endi tunlari uyqu dori ichmay quydi. Tuni bilan yaratgandan shifo surab quliga tayanib turib oyoqlarini harakatlantirishga urinardi. Bir paytlar biologiya uqituvchisi suvni maqtab unga yaxshi gaplar gapirib ichsanglar u shifobaxsh xususiyatga ega buladi aksini qilsanglar aksincha odamga ziyon keltiradi. Degan edi shu gaplari esiga tushib har suv ichishidan oldin uni oldin yaxshilab maqtab sung ichardi bir kun tunda qulidagi suvni maqtab utirib qilayotgan ishiga uzini kulgisi keldi. Agar shu gaplarni biror qizga gapirganimda aniq mani desa ulib qolardi. Boshini osmonga qaratib Ollohim dardimga uzing shifo bergin oyogimga shifo bergin oyoqqa turib 4 5 yil yashab keyin ulsam ham armonim qolmasdi. Deb yiglab yubordi kuzidan oqqan tomchi yoshlari yuzidan sirgalib qulida turgan piyoladagi suvga chilt etib tushdi u ikki dona uyqu doridan ogziga solib qulida turgan piyoladagi suv bilan ichib yubordi. Shu bugun qandaydir tanasi yengil bulib qolganini sezdi va mazza qilib yotish uchun urniga chuzildi. Ertasi tongda urnidan turib yuz qulini yuvib akasi va jiyanlari bilan nonushta qildi. Sung yana xonasiga qaytib ertalabki mashqlarni boshladik deb deraza tokchasiga qulin quyib urnidan turdi ana dedi oyoqlarni harakatlantiramiz deb oyoqlarini harakatlantirishga urindi qani deb bor kuchi bilan urindi ung oyogi biroz chap tarafga burilgandek tuyuldi u xursand bulib ketdi oyogim rostdan ham burildimi yoki menga shunday tuyuldimi qani yan urinamiz haqiqatda ung oyogi 1 2 smga ung tarafga burildi. Endi ishonch hosil qilgach xursand bulib kula boshladi. Qani endi chapga burishga urinib kuramiz qani burilmayapti hechqi yuq asta asta chapga ham buriladigan buladi.
U bu xursandchilikdan uzini yuqowyozdi. Darhol telefonini olib Ma'muraga telefon qilidi.
-a'lo
-qandaysan tuzukmisan deb tez tez nafas olib gapira boshladi.
-xa uzingiz tuzukmisiz nima biror joyga yugurib ketyapsimi dedi bu aytgan gapi bexosdan aytib quyganidan pushaymon buldi sgekilli iye uzr man bilmasdan og'zimdan chiqib ketti. Iltimos ohangida gapirdi.
-nega uzr so'raysan gaping ungidan kelib tez kunlarda yugurib ketsam ajabmas bugun ung oyogim biroz burildi ozroq bulsada mustaqil harakatlantirdim.
-yoge juda ham xursanman. Uning xursand bulgani gapida ham aks etdi.
Shu shu Begzodning oyogi kundan kunga tuzala boshladi. Ma'mura bilan bulsa deyarli har kuni telefonda gaplashardi. Unga uylanmoqchiligini aytdi. Ma'mura ham rozi buldi. Ular turli xil rejalarni tuzib quyishdi tuydan kdyin qayerga borishlarini nechta farzandlari bulishini ularga nima xeb ism quyishlarini shunga uxshash Begzod 2 3 oylardan so'ng butunlay tuzalib yura boshladi. Endi uni oldida ikkinchi muammo pul topish muammosi turardi. Uylab uylab chet elga ishlagani borish kerak degan qarorga keldi.
Begzodning hikoyasi shu yerga kelganida u yana ikki shisha konyakni bo-shatib bulib uchinchi konyakni birinchi ellik grammini ichayotga edi. Telefoni jiringlab qoldi. Telefon ekranida Bektosh degan yozuv paydo buldi.
-eshitaman
-noxush xabar bor. Dedi jiddiy ohangda
-nima gap gapiraver Begzod ichgan konyaklari ta'sirida o'ta xotirjam edi.
-Ma'murani qimorbozlardan biri garovga olib ketibdi.
-nega garovha oladi. Endi boroz asabiylasha boshladi.
-kecha tunda katta uyin bulgan shu uyinda qahramon Baxshi degan qimorbozdan juda katta qarz bugan tongda kelib xotinini garovga olib 3 kun ichida qarzingni to'la bulmasam xotinsiz qolib ketasan debdi.
-voy yaramasey tezda borib top o'sha Baxshini Qahramonni qancha qarzi borligini so'ra tezfaqat tezda bil
-Xo'p
Telefonni o'chirganidan sung Begzod tinmay
So'kina boshladi yaramas qanday quyib berdi xotiningni olib ketamiz desa ma deb berib yuboraveradimi. Maftuna ham gap nima haqida ekanligini surab bildi. Stakanga konyakni quydi ichdi ortidan yana quyib ichdi. So'ng biroz tinchlandi shekilli gapirmay quydi. Maftuna ham gap qushmay jim turaverdi. Biroz vaqt utgach akasini tugilgan kuniga borishi kerakligi esiga tushdi.
-Bugun akamni tugilgan kunlari shunga borishim kerak shunga men borsangiz?
-Yuq men nima qilaman.
-shunchaki birga boramiz menga hamroh bulib borasiz
-bilmadim ishxonaga borishim kerak edi. Telefon qilib surab kuraychi keyin aniq buladi.
Ular urinlaridan turishdi. Begzodni kayfi ancha oshib qolgan edi. Chayqalib-chayqalib yura boshladi. Zinadan chiqishda miyyasida ogriq paydo buldi. Boshini ushlab zinaga utirib oldi. Ortidan kelayotgan Maftuna nima buldi sizga deb xavotir ola boshladi. Biroz vaqt utgach ogriq sal kamaygandek buldi. Sung sekin urnidan turdi. Kassaga kelib cho'ntagidan bitta yuz dollarlikni chiqarib berdi va xojatxonaga kirib ketdi. Maftuna qaytimni Begzod chiqqanida unga berdi. Agar Maftuna olmaganida Begzod uzi olmasdan shu ketishda ketardi. Maftuna boya ishxonamdan surab kuraychi deb yolgon gapirgandi. Aslida uzini borish niyati yuq edi. Uchun bahona qilgandi. Endi Begzodni ahvolini kurib birga borishim kerak dedi. Qolaversa Bektosh ham yuq agar bulganida xavotirsiz ketaversa ham bulardi. Begzod qayta men bilan yuring deganiga xop deb javob berdi. Begzod biroz xursan bulgandek lekin ichini halixam nimadir kemiryapti Ma'murani qimorboz olib ketibdi degan xabardan xali ham uziga kelgani yuq. Ular taksiga utirib yulga tushishdi ikki soatlarda manzilga yetib borishdi. Begzodni miyyasidagi ogriq tobora kuchayib borardi. Qadr
Qadrdon uyiga yetib kelgan Begzod darvoza qarshisida biroz xayol surib turib qoldi. Bu uyda qancha davrim o'tdi. Onasini otasini beg'ubor davrlari yodiga tushdi. Sekin darvozani ochib ichkariga kirdi. Aka deb chaqirdi. Uy eshigi ochilib akasi chiqdi.
-iye Begzod ukaginam deb quchoq ochib keldi akasi ular quchoqlashib kurishgach uyga kirishdi. Uyda akasini do'stlari kelgan edi. Ular bilan ham quchoqlashib kurishib chiqdi. Hamma bilan salomlashib bulgach dasturxon boshiga utirishdi. Maftunani yangasi bilan tanishtirib quydi. Ikkovlari birgalikda oshga undashdi. Yangasi Maftunaga mehmon sizni ham yumushga quydimda dedi. Hijolat bulib
- voy opajon bu nima deganingiz axir aytarli hech ish qilayotgan bulmasam odamni hijolat qilmang.
Yangasi u bilan suhbatlasharkan qaynog'asi o'zi uchun munosib umiryo'ldosh tanlaganiga amin buldi. Bunday ohko'ngil qizni har doim ham topib bulmaydi uyladi u.
Mehmonlar davrasi esa tobora qizib borardi. Ayniqsa unavi bo'yningsingirdan ichib olishganlaridan so'ng gap gapga ulanib ketaverdi. Akasini do'stlaidan biri gap boshladi. Bir kun deng Lufullo novchani tanisanglar kerak usta edi keyin koreyaga ishlagani ketdi. Yaqinda qaytib keldi. Qishloqda xo'roz urushga mukkasidan ketgan bir aka bor ekanla o'sha akamiz Lutfullo qaytishidan oldin uni qaytishini eshitib unga telefon qilibdi. Uka menga koreyani tovigini tuxumidan olib kelsang men jo'ja chiqarsam debdi. Lutfullo xo'p surishtirib ko'raman debdi. Ertasiga qaytib telefon qilib nima buldi deb so'rasa aka tuxumni har bir donasi 27 dollar ekan debdi. Xaridor bu narxga rozi bo'libdi. Shunday qilib Lutfullo tuxumlarni olib yo'lga chiqibdi. Toshkentga tunda kelib tushibdi. Uni o'sha yerda o'qiydigan yaqin do'sti kelib uyiga olib ketibdi. Borib dam olishibdi. Tongda nonushta qilishibdi. So'ng do'sti Lutfulloga do'stim bir bozorga tushib kelsak debdi. Lurfullo nima qilamiz bozorga desa go'sht sotib olsam ozib yozib bir kelding go'shtli taom bilan mehmon qilsam degandi debdi. Lutfullo e do'stim qo'ysangchi man choyingni ichdim tuxum qovurib berding yedim. Shu ham bo'ladi. Menga sen aslo hijolat bo'lma debdi. Do'sti to'g'rikuya lekin tuxum ham sen olib kelgan tuxum edi debdi. Boyagi koreyadan qiynalib ko'tarib kelgan tuxumini u oddiy tuxum deb o'ylab nonushtaga qovurib beribdi. Davraga kulgi ko'tarildi.
Baxshini uyiga yetib kelgan Bektosh darvozani ochgan yigitdan uni chaqirib berishini so'radi. Baxshi chiqqach salomlashishdi.
-qani mehmon uyga kiring dedi
Mehmonxonaga kirib o'tirishgach
-aybga buyurmaysiz mehmon sizni sal tanimadim dedi xushfe'llik bilan
-men Qahramonni masalasi bo'yicha kelganidim
-xa gap bu yog'da deng siz kimi bo'lasiz uni
-do'stiman uni sizdan qancha qarzi bor Bektosh qarshisida o'tirgan bu xushfe'l inson haqida hali ko'p narsani bilmasdi. Yoshligidan qimorga mukkasidan ketgan bu insonni laqabi "kuzur" edi. U bu laqabni bir o'yinda ustma-ust 5 marotaba kuzur qarta ochgani uchun olgan qimorda ancha muncha odam uni oldiga tusholmasdi. Kartani ham yasashda ustasi farang bo'lib ketgan turli xil joylarda turli xil davralarda turli xil stavkalarda o'ynagan so'nggi paytlarda ancha omadi chopgan o'yinchi edi. Birgina kechagi o'yinni o'zida Qahramonni 100ming dollar qarzi bilan hisoblasa 300ming dollar yutibdi.
-xa gap bu yog'da deng 100ming dollar
-shu pulni to'lasa xotini qo'yib yuborasizmi
-albatta endi xotinini garovga olganimga meni yomon odam ekan bu deb o'ylamang shunga majbur bo'ldim. Chunki qarzini to'lamasdan chet elga chiqib qochib ketsa pulimni qanday olaman bu borada og'zim kuygan. U jon kuydirib o'zini aybsizligini tushintira boshladi.
Yoshi 50ga yaqinlashgan bu inson insonlarga iloji boricha yaxshi gapirib ishini bitirardi.
-men hozir deb Bektosh Begzodga telefon qildi. Qarz haqida u bilan gaplashib telefonni o'chirib qarshisidagi insonga yuzlandi.
-hisob raqamingiz bormi?
-albatta
-raqamin ayting
Bektosh raqamlarni yozib olib Begzodni telefoniga yubordi.
-Hozir pul tushadi.
-xo'p dedi. Baxshi hotirjamlik bilan lekin uni hisobiga kim pul o'tkazayotganidan bexabar Qahramonni biror do'stidirda deb qo'yaqoldi.
Birozdan so'ng Baxshini telefoniga 100ming dollar o'tgani haqida xabar keldi. U telefon qilib Ma'murani uyiga olib borib qo'yishlarini aytdi. Bektosh esa ish bitgani to'g'risida Begzodga xabar berdi.
Dasturxonga qo'ling o'rgilsin osh tortildi. Oshni paqqos tushirishganidan so'ng 4 5 kishi uyni chekkarog'iga borib qarta o'ynashni boshlashdi. Begzod ham xulusni sog'ingan edi. Lekin ayni paytda ko'ngliga sig'madi. Faqat Bektosh telefon qilib ish bitganini aytganidan so'ng kayfiyati ko'tarildi. 1piyola aroqni bir ko'tarishda ko'tardiyu so'ng chayqalib chayqalib o'rnidan turdi. O'yinchilarni oldiga kelib akalar men ham qo'shilsam bo'ladimi? Dedi bemalol degan javobni eshitgach o'yinga qo'shildi. O'yin 2000 so'mdan bo'layotgan edi. Begzod cho'ntagidan 200 ming so'm pul chiqarib oldiga qo'ydi. Qartalar suzildi. O'yin juda maroqli davom etardi. 5 6 qo'ldan so'ng 2ta mayda zotdor qarta bilan pul tushdi. Hammani qo'lida past qarta kelgan ekanmi hamma birin ketin qartani tashladi. Oxirida qolgan Jasurbek qartasini ko'rib 20000ming tushdi. Behzod ham 20000mingni tushib zotdor 10ni mirladi. Jasurbek unga yetmaydi. Dedi va kartasini tashladi. Begzod pullarni yig'ishtirib olarkan ichib olgan millionerni qo'rqitasanmi dedi. Ichida va yuzida tabassum paydo bo'ldi. So'ng qani yana bir marta akamni tabriklamasak akam xafa bo'ladilar dedi. Bu paytda akasi xonada emas tashqariga chiqqan edi. Bo'yningsingirdan ichuvchilarga quyildi. So'ng yaxshi tilaklar bildirildi. Soat 22 00 dan o'tganida Bektosh yetib keldi. So'ng meni shaharda qiladigan ishlarim bor deb o'rnidan qo'zg'aldi. Oldida yig'ilib ketgan 1000000 so'mga yaqin pulni olib akasiga berdi. U bilan yana bir bor quchoqlashib ko'risharkan akajon men sizni yaxshi ko'raman. Dedi uning bu aytgan gapi yosh bola erkalanib aytganidek yangradi. Men ham seni yaxshi ko'raman dedi. Akasi mashinaga o'tirishgach dorilarida ichdi. Asablari biroz tarqadi. Bosh og'rig'i ham bosildi. Bugun ko'p ichganidanmi? Uyqu bosib kela boshladi. Yanida o'tirib borayotgan Maftunani tizzasiga boshini qo'yib uxlab qoldi.
Kechki payt Ma'murani uyi oldida mashinadan tushirib ketishdi. Shundan so'ng asablari biroz joyiga kelaboshladi. Darvoza oldiga kelib o'ylanib qoldi. Kechagi ishlarni eslay boshladi. Kecha tunda darvoza taqilladi. Televizirda kino ko'rib o'tirgan edi. Erinibgina o'rnidan qo'zg'alib darvozani ochdi. Eri mast holda turardi avzoyi buzuq rangi o'chgan
-zo'rg'a tili aylanib manabu yigitlar bilan bor. Ertagacha yashab tur ertaga o'zim olib kelaman. Qo'rqma ular senga qo'llarini ham tekkizishmaydi. Faqat bugunchalik botasan. Ertaga ertalab o'zim olib kelaman dedi. So'zlarini sekin sekin va dona dona qilib.
-Nima nimalar deyapsiz kim bilan qayerga boraman nima qilaman deb savollar berdi hayron bo'lib
-ey gapni qisqa qilinglar Qahramonni orqasida turgan neksiya haydovchisi po'pisa qildi. Borlaring uni olib kelinglar dedi neksiyadan ikki yigit tushib Ma'murani qo'lidan ushlab sudrashdi. U qo'yvoringlar deb har qancha qarshilik qilmasin yigitlarga kuchi yetmadi. Qahramon aka yordam bering deb baqirdi. Qahramon esa jim qarab turaverdi. ma'murani qo'rquv bosdi. Ko'xidan yosh oqa boshladi. Uni bir uyni shinam bir xonasiga eltib qamab qo'yishdi. Shu o'ylarni o'lylab ichkariga kirishga shaylangan oyog'i oeqaga tortdi va ota uyi tomon keta boshladi. Kechagi ishi uchun eridan juda qattiq ko'ngli qoldi.
Qahramon suv-suv olib kel Ma'mura deb uyg'ondi. Yoniga qaradi. Yo'q chaqirdi kemadi. So'ng sekin kechagi voqealar xayolida jonlana boshladi. Kecha Ma'murani garovga olishganini esladi. Obbo deb qo'ydi. Qayerdanam o'zi kechagi o'yinga bordim. Kechagi o'yin uchun korxonani garovga qo'yib bir do'stidan 50ming dollar qarz olib borganidi. Uni yutqazdi. Kamida yana 100ming qarz ham bo'ldi. O'zi oxirgi paytlari ishi yurishmay yuruvdi. Agar kechagi o'yinda ozroq bo'lsa ham yutganida ishlarini joyiga qo'yib olardi. Anavi baxshi degani yomon tushirdi lekin o'yin vaqtini esladi. Yaxshigina yutib turganidi taxminan puli 100mingdan oshib ketganidi. Bir martada hammasi ketdi qoldi. Qartasini sekin ocha boshlaganidi. Birinchisi 7 qarg'a sekin ikkinchisini ochdi. 7 chillik yana sekin uchinchisini ochdi shu qartani9 ochishga ancha vaqt sarflab sekinlik bilan ochsa ne ko'z bilan ko'rsinki zotdor 7 g'isht turibdi. Bir ikki pul tushganlaridan so'ngm faqat Baxshi ikkovi qoldi. Ikkovi ham ancha pul tushdi. Qahramon oldidagi bor pulni va yana yuz ming tilda tushib kartasini ochdi. Hamma o'o'o' deb yubordi. O'zi ham atrofidagilar ham uni yutdi deb o'ylashdi. Chunki Baxshi pastroq qartaga ham ancha pul tushadigan odam edi. Baxshi ham sekin qartani yerga qo'ydi. Va surib birin ketin ochdi. 3 ta kartasi ham tuz edi.
Bo'lishi mumkin emas deb qo'li bilan yuzin8 artdi. Ranglari oqarib aqldan ozay deb qoldi. Sekin o'rnidan qo'zg'alib aroq ichib o'yinni kuzata boshladi. Qolgani shu ahvol Qahramon o'rnidan turib ishga borishga tayyorgarlik ko'rdi. Kchida bo'lsa bormasam bo'parkan kechagi o'yinga deb o'zini o'zi qarg'ay boshladi. Bundan keyin qaytib qimor o'ynamayman. Bu gapni u avval ham qimorda yutqazgan vaqtlarida o'ziga o'zi aytgan edi. Yana xumor tutsa qaytib boraveraman. Shu o'yinga yo'q bu safar aniq o'zimni tiyaman bormayman. Baribir borishga pulim ham yo'qku endi.a'murani qanday qilib qutqaraman 100mingni qayerdan topaman. O'zi 50mingni ham birovdan olib borgan bo'lsam uyni sotaman lekin 3kun ichida xaridorni qayerdan topaman qancha tez sotilishi kerak bo'lsa narxi ham shuncha pasayib ketadi. Ishga botaveraychi bir gap bo'larda deb yo'lga chiqdi. Vaqt ham 9dan oshib qolibdi.
Begzox uyg'onganida soat millari 12 00ko'rsatardi. Erinibgina o'rnidan turib yuzini yuvdi. So'ng bitta stakanda vino quydi. Negadir bugun uyg'onganidan vinoga xavasi ketdi. Ortidan yana bir stqkan quyib ichdi. Baribir chanqog'i bosilmadi. Bittta sokni qopqog'ini ochib idishidan ichdi. So'ng nafsi qonib chanqog'i bosilvanday bo'ldi. So'ng kechagi voqealar esiga tushib kela boshladi. Bir qarta o'ynagani bir Maftuna bilan gaplashayotgani uzuq yuluq xotiralar paydo bo'la boshladi. Ishqilib kecha notog'ri gap gapirib birovni xafa qilib qo'ymadimmikan deb o'ylay boshladi. Lekin xotiralar o'sha o'sha uzuq yuluq 1graamm ham ziyotroq narsani eslolmadi. Xa Maftunani tizzasiga boshini qo'ygani esiga keldi. Qanday qilib uyalmasdan tizzasiga boshimni qo'yib uxlab qoldima oshqilib tegajonlik qilmadimmikan dega o'y kela boshladi. Uni xafa qilib qo'ygan bo'lsama xali qancha suhbat qurishimiz kerak. Kecha haqiqqatdan jam ko'p ichib yuboribman. Odam deganam shunchalik ichadimi sal kamaytirishim kerak shu zormondani bo'lmasa biror kun birortani xafa qilib Qo'yishim aniq vino o'z ta'sirini ko'rsatib miyyasi biroz ochilgabdem bo'ldi.
So'ng telefoniga qaradi. 2ta javobsiz qoldirilgan qo'ng'iroq bo'libdi. Biri Maftunadan 2chisini tanimadi. Maftunaga qo'ng'iroq qilib bu safar odatga xilof ravishda istiroxat bog'iga uchrashishga kelishishdi.
Qahramon kechgacha pul topish haqida o'yladi. Uyni sotish uchun dallollarni chaqirdi. Imkon qadar tezlikda sotib beramiz deyishdi. Ishdan chiqib restoranga ovqatlangani kirdi. 2six shashlikdan so'ng piva ichishni boshladi. Ancha pivo ichdi lekin qoniqmadi. 100gramm aroq aytib uni ham ichdi. So'ng hovuri ancha bosilgandek bo'ldi. Shu payt telefoni jiringladi. Noma'lum raqam
-eshitaman
-hey Qahramonbek ahvollaringiz yaxshimi
-yaxshiman uning bu gapi ko'ngildan chiqmadi. Baxshi aka sizmisiz
-xa menman xotiningiz uyga bordimi
-qayoqdan keladi. Pulni hali to'laganim yo'qku uning gaplari zardali chiqa boshladi.
-nega bormaydi. Yarim soat oldin yigitlarim uyingiz oldida tushirib ketishibdi.
-nima nega qo'yib ketishdi. Jahli chiqa boshladi. Shu onda uni xayoliga har xil yomon xayollar kela boshladi. Nahotki shunday bo'lsa bu yaramas yo'q unday bo'lishi mumkin emas unday bo'lsa bu yaramasni o'zim tiriklayin go'rga tiqaman.
-pulni to'laganingizdan so'ng qo'yib yuboramanda nima qilaman ortiq xotiningizni u kuldi.
-qanaqa pul men hali hech qanaqa pulni to'laganim yo'q. Dedi.
-bir yigit kelganidi ismini Bektosh deb tanishtirdi. Sizni qarzingini so'radi. Men aytdim keyin u kimgadir qo'ng'iroq qildi. Shu qarzni to'lasak Qahramonni xotini qo'yib yuborasizmi dedi. Men albatta dedim. Oradan 5 daqiqa ham vaqt o'tmasida xisob raqamimga pul kelib tushdi. So'mg xotiningizni uyiga jo'natib yubordimda.
-xa deb biroz yengil tortdi. Qahramon men bo'lsam har xil yomon xayollarni o'ylab yorltuvdim. -yo'q siz aslo yomon xayollatga bormang men siz o'ylaganchalik yomon odam emasman.
Begzod istiroxat bog'iga ancha barvaqt yetib keldi. Mashinadan tushib atrofga alangladi va quyib beriladigan pivoga ko'zi tushdi. Bir bokal pivoni qo'liga olarkan Maftuna haqida o'yladi haqiqatdan ham chiroyli qiz unga uylansamchi degan fikr keldi xayoliga lekin qancha umrim qoldi hali bilmayman men o'lib qolsam u qolgan umrini baxtsizlikda o'tkazmasmikin yo'q nega baxtsiz bo'larkan unga pul qoldiraman men qoldiradigan pul uni qolgan orzularini ushaltirishga yetib qoladi. Qolaversa Polvonga ham qaraydigan odam kerak. Agar uni o'g'il qilib olsa bo'ldi. polvonga ham kimdir g'amxo'rlik qilishi kerakku albatta uni kelajagi porloq bo'lishi kerak kelajakda o'qib buyuk inson bo'lib yetishi kerak. Xa buni uchun men Maftunaga uylanidlshim kerak. Lekinu mendek dardman insonga turmushga chiqishga rozi bo'larmikin bilmadim undan yashirsamchi meni xastaligimni qayoqdan bilib o'tiribdi. Xa shunday u kelsin unga uylanmoqchi ekanligimni aytaman mendek spirtsimen odamni u xushlarmikin balki ichishni tashlarman xa tashlashim kerak u qolgan pivoni yerga sochib yubordi essiza shuncha pivo ichkilikni qadrini ichuvchi biladi. Qo'liga telefonini olib texas poker nomli o'yinga kirdi. Bu onlayn orqali boshqa odamlar bilan o'yin bunda soxta fishka uchun o'ynaladi. Maftuna yetib kelib telefon qildi. Ular uchrashishdi. Yuring biror joyga o'tiramiz ikkita kola ichimligini olib Baland baland daraxtlar tagida o'rnatilgan o'rindiqlarni biriga borib o'tirishdi. Havo kuzning biroz shamolli kuni lekinquyosh yaraqlab turibdi. Havo unchalik ham sovuqmasidi. Atrofda yoshlar qo'l ushlashib yurishibdi. Yoki biror ayol bolasini qo'lidan ushlab ketyapti. Bolasini qo'lida nimadirlar olib bergan bola miriqib o'shani yeb ketyapti muzqaymoqmi paxtaqandmi. Ayni paytda shu boladanda baxtli insonni topish qiyin aslida umrni har bir onini o'ziga yarasha baxti bo'ladi. Biz faqat shu baxtni o'z vaqtida anglay olishimiz kerak. Bog'ning uchar poyezdiga mingan qizlarni ovozi eshitildi. Shu poyezdga yigitlar ham minadi ammo faqat qizlarni qichqirig'i eshitiladi. Balki yigitlar baqirishmas.
-Maftuna mana ikki uch kundan beri uchrashamiz sizdan bir narsani so'ramoqchi edim.
-Mayli so'rang
-yoqtirgan yigitingiz bormi?
-yo'q desa ham bo'ladi.
-Nahotki shunday go'zal qizni yigiti bo'lmasa bugun judaham go'zalsiz dedi. Bu gapni aslida gapni boshida aytmoqch8 edi. Xotirasidan ko'tarilibdi.
