Xtales.ru

Yangi yil hikoyasi (tarjima)

Yangi yil hikoyasi

(Новогодняя история. Автор А. Васильев)

Bu voqea 1952-yilda yuz bergandi.

Men Moskvadagi Xarbiy bilim yurtini tamomlagandim. Shunisi aniq ediki meni endi uzoq-uzoq o’lkalardan biriga xizmatga yuborashida. Bu men uchun qo’rqinchli emasdi...

Mendagi yagona kamchilik: haligacha sevikli ayolni uchratmaganim edi, uylanmagan ofitser bo’lishsa esa – salgina g’alati holat.

Do’stim Volodya bilan esa ahvol anchagina boshqacharoq - uning qaylig’i bor. U boshqa shaharda geologiya fakultetida o’qiydi.

Yangi yil arafasida Volodya telegramma oldi: qaylig’i Zoya soat uchdagi poyezdda Moskvaga kelarkan. Shu payt juda noxush hodisa yuz berdi – Volodyaning tobi qochib qoldi. Harorati 40qa chiqqan, o’rnidan qo’zg’alishga ham majoli yo’q. Nima qilish kerak? Do’stimga yordam berishga qaror qildim. Ilgari hech Zoya bilan uchrashmagandim. Volodya menga uning ko’rinishini ta’riflab berdi, lekin juda aniq emas. “Muhimi,-dedi Volodya, - U juda ham yoqimtoy!”

Va mana beshinchi raqamli vagon oldida turib olib poyezddan tushib kelayotgan har bir qizga diqqat bilan termulib o’tiribman. Nihoyat juda ham yoqimtoy bir qiz vagondan tushdi. Bu aniq – U! Men “Siz Zoyamisiz?” deb so’radim, “Ha” deya javob berdi – “Siz Volodya bilan uchrashishingiz kerak edi, shunaqami?” – “Shunaqa...”. Unga vaziyatni tushuntirib uning jomadonini qo’lidan oldim va boshqa vokzalga qarab yo’l oldik. Yo’lda unga bir-biridan qiziq kulguli yangi yil voqealaridan aytib berdim. Va ich ichimdan shuni his qildimki do’stimning qaylig’ini sevib qoldim. Qanday daxshat!

Vokzaldan chiqib yotoqxonaga keldim. Kayfiyat – tushkun. Volodya bilan yashaydigan xonamizga kirib kelganimda quvoq qahqahani eshitdim. Ayol kishi kulgusi. “Qiziq, - o’yladim men. – Uning qaylig’i poyezdga o’tirib qaytib ketdi, o’zi bo’lsa xonada boshqa qiz bilan kulishib o’tiribdi!”

Eshikni ochib xonaga kirdim va Volodyaning yonidagi yoqimtoygina qizni ko’rdim. “Igor, - dedi Volodya, - tanish – bu mening Zoyam. Vokzalda bir biringizni o’tkazib yuboribsizlar va u to’g’ri shu yerga kelib qo’ya qolibdi. Bizni tabrikla, yozda to’y qilishga kelishib oldik!”

Hayratdan yiqilib tushay dedim! Unda meni kimni kuzatib qo’ydim? Va eng muhimi endi uni qanday topaman?!

Uni qanday qidirganim, qanday qilib gazetalarga e’lon berganim, kutganim, umid qilganim to’g’risida aytib o’tirmayman. Shuni aytishim mumkinki do’stim Volodya ikkimiz ham ellik uchinchi yilning yozida uylandik. Bunga ham ancha yillar bo’ldi.

Lekin Zoya ikkimizda bitta an’ana o’zgarmasdan qoldi: har yili 31 dekabr kuni xuddi Yangi yilni uyda bayram qilgandek vokzalga boramiz va ko’p yillar ilgari sodir bo’lgan kutilmagan va baxtli uchrashuvimiz sharafiga shampan ichamiz.

P. S. Qo’ldan kelgancha tarjima qildim, kamchiliklar uchun uzr.

O‘xshash hikoyalar

Middelsbro (tarjima davomi)

Ovoz chiqarmay. Men ros sordim emchaklarida sut qolmaguncha amini uqaladim ho'l bolganidan so'ng tiqib ola boshladim. U inqillardi.Bilmadim nechi marta bo'shaldi.To'g'risi aytaman 1,5 pivadan 2ta ichgan man erkecha…

танловга бир манам хикоя ёзи окиган нарсами колдан кеганча таржима кб ёзбераман богами ёми блмиман.3

уни шу савол кийнарди нега хисиз еркак уйгона бошлади деб.аммо анча бахтли болб колганди бу орада кайнисини огли хам окшни битрди ва кетди барно бр куни ишдан келса эри уни романтикавий тарзда кутб олди 2та кадах…

танловга бир манам хикоя ёзи окиган нарсами колдан кеганча таржима кб ёзбераман богами ёми блмиман.2

сиктир диди барно бундан ирганди шунки ози анча гурурли тоза аёл еди ва такдирга тан берб яшашда давом этди жуда бахтли аёл эди аммо факат шу нарса уни бахтини токис клолмаятканди орадан 3ой отб кетди барно орада…

Ҳаммомда (русчадан таржима)

Бу анча олдин, 80-йилларда бўлган эди. Мен 30 ёшдан бироз ўтгандим, бўйим 164 см, оғирлигим 53 кг эди. Бир сўз билан айтганда сарвқомат, ёш брюнетка эдим. Биз оилада тўрт киши эдик: эрим, икки ўғлим ва мен.

EROTIKA 404 (tarjima)

Ular aytganidek - yoshlikning kichik masxaralari har doim kechiriladi, asosiysi katta ahmoqona ishlarni qilmaslikdir. Bu yozda men va do'stlarim o'n sakkiz yoshga to'ldik, energiya to'lib-toshgan edi, men zavqlanishni va g'azablanishni xohladim.