Xtales.ru

Endi nima qilaman?. (Real hikoya) 2

Akbarali garangsib qoldi. So‘ng simillab og‘rigan yuragini siqimlarkan, quruqshab ketgan lablarini yalagancha:

– Adashmayapsizmi? – deb so‘ray oldi, xolos.

Endi novcha kishi Akbaraliga ajablanib qaradi…

* * *

Bo‘ldi qiziq hangomalar.

Tez orada ayon bo‘ldiki, Mansur aka deganlari xuddi shu olti sotix yerni to‘rt kishiga sotgan ekan. Aslida yer… Mansur degan odamga tegishli emas ekan.

Mansur aka deganlarini topib bo‘lmadi.

Aytishlaricha, aldanganlardan bittasi militsioner yordamida uni bir amallab topibdi. Ammo Mansur aka deganlari:

– Men senga yer sotmaganman! – deb turaveribdi. – Sotadigan yerim ham yo‘q! – debdi keyin.

Shunda tilxatni ko‘rsatishibdi.

Mansur aka deganlari ilonning yog‘ini yalagan ekan.

– Bu notarius tasdig‘idan o‘tmagan, bir pullik ahamiyati yo‘q, – deb turib olibdi. So‘ng o‘zini topgan odamga do‘q urishga tushibdi: – Esingdan chiqdimi, to‘rtta sheriging bilan kelib, meni urib-tepib, “o‘ldiramiz” deb qo‘rqitib, shu tilxatni yozdirib olganding…

Xullas, shunaqa gaplar…

Ozgina ilinj, umid bor. Ammo buni eshitgandan so‘ng Akbarali chuv tushganini angladi.

Mol achchig‘i – jon achchig‘i.

Shusiz ham necha kundan beri uyga kech, Xolnisa uxlagandan so‘ng borib, tong saharda chiqib ketayotgan, xotini uchrab qolganda esa “qurilishni boshlab yubordim” deb qutilayotgan Akbarali bu zarbaga chiday olmadi…

Akbarali chap ko‘ksini changallagancha yerga gursillab yiqildi.

Yurak kasali yomon bo‘larkan.

Haliyam shifokorlarga rahmat, jonini saqlab qolishdi. Ammo asablari qaqshab yurgan yigitning chap qo‘li va chap oyog‘i ishlamay qoldi, tilida ham o‘zgarish yuz berdi – endi g‘o‘ldirab, juda qiynalib gapirar, nima deyayotganini anglash juda qiyin edi.

Erini o‘ylayverib dardi-dunyosi qorong‘i bo‘lib ketgan Xolnisa Akbarali akasining sal o‘ziga kelganini ko‘rib yengil tortdi.

– Xayriyat, dadasi, – dedi u eriga mehribonlik bilan boqib. – Xudo joningizni qaytarib berdi. Endi tuzalib ketasiz. Hali katta-katta uylar qurib, bolalarimiz bilan rohatda yashaymiz…

Bezovtalanib qolgan, rangi quv o‘chgan Akbarali jon holatda nimadir deb g‘o‘ldiradi, ammo xotini uning gaplarini tushunmadi.

Shu oqshom Akbaralining ahvoli yana og‘irlashdi…

* * *

Kunlar shu zaylda o‘tib borardi.

Akbarali o‘zi shifoxonadan chiqadigan kunni dahshat va vahm bilan kutardi.

Ana unda… ana unda izoh berishga to‘g‘ri keladi.

Hovli-ku qaytmaydi, unga qo‘shilib uch ming ham qulog‘ini ushlab ketdi.

Ammo eng yomoni – Akmalga qarzni qaytarishi kerak bo‘lgan kun tobora yaqinlashib kelmoqdaydi. Olti ming-a…

Demak… demak bir xonali uy ham ketadi.

Unda… er-xotin ikki bola bilan qaerda yashaydi?

Akbarali tinmay shuni o‘ylar, o‘ylagan sayin boshi misday qizib, miya tomirlari otilib ketguday bo‘lib bo‘rtib chiqar, yuragi gursillab urar, chap oyoq-qo‘lidagi jonsizlik, sovuqlik asta-sekin o‘ng tomoniga ham o‘tib borayotganini his qilardi…

– Endi nima qilaman? – deya shivirlardi u alam bilan bunday kezlari…

Abduqayum Yo‘ldoshev

«Sharq yulduzi» jurnalidan olindi.

O‘xshash hikoyalar

Эхтирооосли реал вокеа 2

секиииин пастга баданини упиб туша бошладимда . ёнларини, сонларини бир биригатегадиган жойларини тилим билан яладим уни инграши ва нафас олиши чукурлашди секин. ни яладим тугриси . ялаш…

Нима ексен шуни урасан

Хикоя кочирилган Man bir Firmada Raxbar bölib ishlayman Bir kuni Ishxonada kabinetimda ötirgandim birdaniga eshik ochildi Döstim ekan yuzida Havotir alomatlari sezilardi Nima böldi Tinchlikmi? Ey Döstim Mashinangni…

Endi nima qilaman?. (Real hikoya)

Janjal yana ertalabdan, nonushta mahalidan boshlandi. – Dadasi… – dedi zorlanib Xolnisa. Akbarali avvaliga o‘zini eshitmaganga solib ko‘rishga urindi, hatto jon-jahdi bilan gazeta o‘qiyotganday tutdi. Ammo Xolnisa…

Uylanganmdan keyngi xiyonatlarim real voqeaga asoslangan 1-voqea

Xammaga salom. Man Aliwerman zangataliman. 5-6 yil kirmi qoygandim bu saytga. Uylangandan keyin qiyin bolarka vaqt topib kirish. Lekin endi kirib turishga xarakat qlaman. Xullas. Oldingi xikooyalarimda uylaniwdan oldin…

Реал хайотан олиган. Киз номидан

Salom meni ismim nilufar yoshim 24da 21 yoshimda yigitim qizligimni olibqoygan va rassiyaga ketgan u meni ku 2 yilda qaytaman db ketgan hop deb kuttim lekin undan darak bolmadi juda kam tel qilardi kumlarning birida…

Oqishimdagi real voqea

Real bugan mani xayotimda man kalijda 1 kurs vaqtim rus tili domilam bor edi manga qarab kulibquyardi qi4iq gaplani gapirardi bir kun ? 15 kunlik kelinlik vaqti eri ulgan , shunday qib bir kun darsdan 4iqandan kiyin…