Xtales.ru

UYATLI TUSH NIMA?

Kechasi shahvoniy tush ko'rish natijasida shahvatning ajralib chiqishi EHTILOM yoki tibbiyot tillida POLLYUTSIYA deb ataladi. “Pollyutsiya”so'zi yunonchadan olingan bo'lib, “bulg'anish, kirlanish” degan ma'noni bildiradi. O'smirlarda dastlabki ehtilom 14-16 yoshda kuzatiladi. Lekin bir oz ilgariroq yoxud kechroq sodir bo'lishi ham mumkin. Tungi ehtilom o'smirning balog'atga etganidan darakdir. Ammo bu bilan o'smir jinsiy hayotga tayyor deb bo'lmaydi, chunki uning organizmi hali o'sishda davom etyapti. Me'yoriy tungi ehtilom muntazam jinsiy aloqagacha haftasiga bir-ikki marta sodir bo'ladi, shirin tushlar, lazzatlanish bilan kechadi va kishini tetiklashtiradi. Ba'zida uylangan yigitlarda ham ma'lum sabablarga ko'ra muntazam jinsiy aloqadan uzilib qolsalar, ehtilom yuz beradi. Umuman, jinsiy bezlarda urug'lik suyuqliklari paydo bo'ladi, to'planaveradi va agar undan jinsiy yaqinlik yo'li bilan ozod bo'linmasa, ehtilom yuz beradi. Me'yoriy ehtilom jinsiy tiyilishni yengillashtiradi, asab-jinsiy markazlari ishini engillashtirib turadi. Ehtilomning oraliq muddati sog'lom kishilarda turlicha bo'ladi. Ayrim o'smirlarning jinsiy munosabatlar haqida ko'p o'ylashi, shu mavzudagi gap-so'zlar, fil m va adabiyotlarga berilishi natijasida ehtilom tez-tez yuz berishi mumkin. Agar ehtilom bir kunda bir necha marotaba yoki kunora yuz bersa, bulg'anishdan so'ng tetiklanish emas, balki lanjlik sezilsa shifokorga murojaat etgan ma'qul. Ehtilom kunduzi, uyg'oq holda ham ro'y berishi mumkin. Bunday ehtilom ADEKVAT va NOADEKVAT turga bo'linadi. Adekvat ehtilom silab-siypalash, quchoqlash, o'pish natijasida sodir bo'ladi. Ba'zida ayol kishining harakati shahvoniy bo'lmasligi mumkin, masalan, ayol sartaroshning harakatlari, bexosdan teginib ketish, qo'l berib so'rashish natijasida ayrim o'smirlarda ehtilom yuz berar ekan. Noadekvat ehtilom esa shahvoniy qo'zg'alish natijasida emas, ijobiy ta'sirotlar (tomoshada keskin, zo'riqib kulish) yoki salbiy ta'sirotlar (keskin qo'rquv) natijasida kamdan-kam hollarda uchraydi. Agar kunduzgi ehtilom tez-tez takrorlanaversa, shifokor bilan maslahatlashishga to'g'ri keladi. Musulmonchilik odobiga ko'ra, ehtilomdan so'ng g'usl qilib, poklanish kerak. Buni tibbiyot ham ma'qullaydi. Abdusodir Ashurov, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi

O‘xshash hikoyalar

Куп жинсий алока килищни зарари.

Алоқа вақтида охирги озиқланиш жабҳаларидан бир қисми бўшатилади ва бу шундай заифлаштирадики, бошқа бўшатишларнинг ҳеч бири бунчалик заифлик бермайди. Меъёридан кўп жинсий алоқа болдирларда сустлик ва оғриқ пайдо…

1001 kecha

Bir podshoh bo'ladi. Uni oldiga tunda kiradigan barcha malikalarni ertasi kuni boshidan judo qilar ekan. Faqat birgina malika 1001 kecha davomida uning yonida qolibdi. Sababi esa u malika podshohga har kuni bir ertakni…

Jinsiy aloqa haqida qisqa malumotla. (1 qism)

Erkak va ayolning jinsiy aloqaga bo'lgan munosabatining farqi shundaki, erkak kishi aloqa yakunida lazzatlanishi shart. Aks holda, qoniqmaslik unga jismoniy noqulayliklar keltiradi. Shuning uchun er-xotin orasida aloqa…

Ayollar orgazmi?

Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz.Demak,1. Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi.

Jinsiy hayot xaqida

Inson yaralibdiki jinsiy hayot bilan yashaydi. Jinsiy aloqa asosan fardazdli bo’lish uchun kerak, deydiganlar juda qattiq adashishadi. Jinsiy yaqinlik avvalambor ikki inson, ikki qalbning bir-biri bilan jismoniy…

Qovushishning 10 hikmati

MUTAXASSIS JAVOBI: G'arb olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, erkaklarning uzoq umr kechirishi jinsiy hayotdan oladigan lazzatlanish miqdori bilan uzviy bog‘liq emish. Mutaxassislar buning sababini inzol paytida qonga…