Xtales.ru

Extiyot böling! Jinsiy yöl bilan yuqadigan kasalliklar: Zaxm

Zaxm yoki sifilis — barcha a'zo va sistemalarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi. Zaxm qadimdan ma'lum. Uning yeryuzida paydo bölishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar mavjud. Köp olimlar fikriga köra, Xristofor Kolumbning zaxm bilan kasallangan matroslari Ispaniyada zaxm tarqalishiga sabab bölishgan. 1496-yilda epidemiya boshlanib, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Germaniya, keyin Avstriya, Vengriyava Polshaga tarqalgan. Ayrim olimlar Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda qadim zamonlarda ham mavjud bölgan degan fikrdalar. Ötmishning buyuk olimlari Galen, Gippokrat, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning asarlarida yozilgan kasallik belgilari (yara, afta, kondiloma va boshqalar) aynan klinikasini eslatadi. Zaxm XVI asr boshlarida deyarli butun dunyoda paydo bölgan. Zaxmni oqish treponema (spiroxetalar) qözg'atadi (bu mikroorganizm anilin böyog'i bilan yomon böyalganligi uchun oqish deyiladi). U bemor qonida, teridagi yarada, limfa tugunlari, orqa miya suyuqligida, sölagida, nerv töqimalari va hamma a'zolarida, hatto zaxm bilan og'rigan ayol sutida va erkak shahvatida ham bo'ladi. Oqish treponema organizmdan tashqarida quritilganda öladi, lekin nam muhitda (masalan, shahvat, sölakda, qin shilimshigida) uzoq yashaydi.

Bemor zaxm tarqatadigan manbadir; u sog'lom kishi bilan öpishganda, jinsiy aloqa qilganda yoki uning idish tovoqlaridan foydalanganda kasallik yuqadi. Keyingi yillarda qon quyish yöli bilan ham (transfuzion) Zaxm yuqish hollari ahyonda kuzatiladi. Oqish treponema teriga yoki shilliq pardaga kirgach, tez köpayadi va limfa tomirlari orqali butun organizmga tarqaladi. Zaxm bilan kasallangan odam avval özini mutlaqo sog'lom sezadi, 3—4 haftadan keyin (yashirin — inkubatsion davr tugagach) oqish treponemalar kirgan joyda zaxmning birinchi belgisi — og'rimaydigan birlamchi sifiloma (qattiq shankr) paydo bo'ladi. Bemor furunkulyoz, öpka yallig'lanishi, angina, sözak va boshqa kasalliklar sababli biror antibiotik bilan davolangan bölsa, zaxmning yashirin davri ancha chözilishi mumkin. Bunday hollarda antibiotikning tegishli dozasi treponemalarni yöq qila olmay, ularning rivojlanishini bir oz töxtatib qo'yadi, natijada yashirin davr ancha cho'zilib ketishidan tashqari, kasallik boshqacha kechishi mumkin. Qattiq shankr paydo bo'lishi bilan zaxmning birinchi davri boshlanadi: yara (shankr)ga yaqin limfa tugunlari yallig'lanib shishadi, kattalashadi va bir oz qattiqlashadi; ko'pincha darmon quriydi, isitma chiqadi, bosh og'riydi, ayniqsa kechasi suyaklar qaqshab og'riydi, uyqusizlik kuzatiladi. Bu davr 6—9 hafta davom etadi va o'z vaqtida davo qilinmasa, ikkinchi davriga o'tib ketadi: og'iz shilliq qavati, jinsiy a'zolar, qo'l, oyoq va badanda dog', tuguncha va hakozo ko'rinishida katta-kichik, rang-barang toshmalar (yiringli tugunchali) paydo bo'ladi; ko'pchilik bemorlarning sochi to'kila boshlaydi, suyak, bo'g'im, muskul, qon tomirlar, yurak, ko'z , quloq kasalliklari paydo böladi. Taxminan 3—5 yildan keyin ikkinchi davr zaxmning oxirgi, uchinchi davriga o'tadi: olcha danagidek do'mboqchalar yoki tuxumdek, ba'zan undan kattaroq gummalar paydo bölib, töqimalarni yemiradi, yaraga aylanadi va chandiqlanib bitadi. Kasallik oqibati gummalar o'rnashgan joyga bog'liq. Miya, yurak, tomir, jigar kabi hayot uchun muhim a'zolar zararlansa, bemor hayoti xavf ostida qoladi; yuz zararlangan bo'lsa, burun skeleti yemirilib, bemor badbashara, burni egarsimon bo'lib qoladi. Harakat, ko'ruv, eshituv a'zolari, nerv sistemasining zararlanishi kishini umrbod mayib qilib qo'yadi.

Zaxm hamma vaqt ham uchinchi davrga o'tavermaydi. Bemor kasallikning birinchi davrida davolana boshlasa, ikkinchi davri paydo bölmay tuzalib ketadi. Bemor vaqtida davolanmay, kasalligini ötkazib yuborsa, zaxmning uchchala davri birin-ketin röy beradi. Zaxmning birinchi davridayoq nerv sistemasi zararlanadi, lekin bu uchinchi davrda juda og'ir ötadi — orqa miya soxtasi va avj oluvchi falajga sabab böladi; bunda yangi davo vositalari ham bemorga foyda bermay qöyadi.

O‘xshash hikoyalar

Iffat (tanlov uchun)

Ex… Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis, do‘stlar hammasi jamul-jam, toza havo, dam olish, hursandchilik avjida bo‘lishiga qaramasdan, shugina sanoqli kunlarda sevgilimni juda-juda sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga tortib ketardi…

Javohir Alyordan. Dramatik hikoya. TOPDIM Deganimda.

Hammaga ulug' kunlar muborak. Hamma joyda erotik hikoyalar, to'g'ri erotika uchun tashkil topgan bu sayt, lekin boshqa mavzularga ham qiziquvchilar bor-ku. Hikoyam bir necha qismlardan iborat, chunki mobilam atiga 5000 ta harf kiritoladi.

D6stim u4un maxsus.

Assalomu alekum hurmatli sayt axli bu mening ilk hikoyam xato va kam4ikar u.n oldindan uzur. Qahramonlar Weka 7777 va Feruza(saytdagi qizladan werik topilmadi). Demak bowladik weka Buxoro waxrining k6zga k6ringan yow tiriwqoq aqilli yowlaridan edi.

киз эмиш

Хар доимгидей чатда утириб кизлар билан гаплашиб ётибман. Карасам бир кизни расми турипти факат ёши 99 курсатилган. Хазил килиб бувижон канак килиб бу даражада ёш куринасиз деб смс жунатдим. Болажоним бу сир деган жавоб келди.

Spidning davosi topildi(mi?)

Ma'lumki, Spid (OITS) eng xavfli kasallik bo'lib, bu asosan jinsiy buzuqlik sabab tarqalishi ko'pchilikka ma'lum. Hozirda dunyo olimlari bu kasallik oldini olish bo'yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Qiziqarli Faktlar (erotikaga oid) Davom etamiz. Mr. Frank

Davom etamiz… - Odamlar Seks bilan aksar holatda shunchaki rohatlanish uchun shug'ullanadi, lekin faqat biz emas, balki Delfinlar va Bonobo nomli Shinpanzelar ham seksni "kayf"ini bilishadi. - Agar juftingiz boshi…