Xtales.ru

Jinsiy aloqa haqidagi sir

Erkak va ayolning jinsiy aloqaga bo'lgan munosabatining farqi shundaki, erkak kishi aloqa yakunida lazzatlanishi shart. Aks holda, qoniqmaslik unga jismoniy noqulayliklar keltiradi. Shuning uchun er-xotin orasida aloqa sifati uchun erkak ma'sul bo'lsa, erkakning qoniqishi uchun ayollar ma'suldirlar.

Ayollar turmushga chiqib albatta eriga doim jozibador va yoqimli bo'lishni xohlaydilar Bola-chaqa, uy-ro'zg'or o'z yo'liga, lekin er-xotin orasidagi yaqin (intim) munosabatlar oilaviy baxt uchun kerakli manba'dir.

Qadimdan Yaponiyada geysha sirlari barchani qiziqtirib kelgan. Nega geyshalar erkakni shunchalik baxtli qila oladilar? Nega erkak o'zini geysha oldida haqiqiy va kuchli his eta oladi? Bu savollarga javob hozir oldin sigari sir emas.

Demak geysha sirlari:

1. Geysha erkakni nafaqat jinsiy aloqa davomida, balki oddiy suhbat davomida ham baxtiyor eta olishi kerak.

Buning uchun ayol kishi o'qimishli, erkak psixologiyasidan va o'z erining fe'li va qiziqishlaridan xabardor bo'lishi, hayotga qiziquvchanligi bilan ajralib turishi kerak. U bilan qaysiki mavzuda suhbat qurmang, qiziqarli ma'lumot olib, suhbatdan mamnun bo'lishingiz aniq bo'ladi.

2. Geysha hayot go'zalligini ko'ra biladi.

Geyshalarni kichikligidan tarbiya qilish chog'ida ularni hayot go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatadilar. Har bir ayol kundalik hayotdagi go'zalliklarni ko'ra bilib, uni eriga ko'rsata bilishi kerak. Mayin tabbassum ila quyosh botishini kuzatish, yomg'ir tomchilarini musiqa eshitgandek lazzatlanib tinglash, erining aytib berayotgan qiziqarli voqealarga haqiqiy qiziqish bilan, hazil va g'aroyibotlarga tabassum qila munosabat qilishi, hayratlana olishi ayolning dunyoni go'zalligini ko'ra olish qobiliyatini ko'rsatadi.

3. Nihoyat jinsiy aloqada yoqimli sherik bo'lish.

Albatta har bir ayol avallambor o'z eri uchungina yoqimli bo'ladi. Demak, eridan unga nima yoqishi va yoqmasligi haqida so'rab, birga bo'lganda uning didi va xohishiga yarasha o'zini tutmog'i lozim. Geyshalarning ajratuvchi bir tomoni - bu jinsiy a'zolariga kirish yo'li mushaklarining yaxshi rivojlanganidadir. Bu mushaklar odatda ayol tuqqanidan so'ng ancha bo'shashib qoladi. Shuning uchun ular bilan muntazam ravishda ishlash kerak. Buning uchun Kegel mashg'ulotlari mavjud. Bu mushaklar qanchalik yaxshi rivojlangan bo'lsa, jinsiy aloqadan ham erkak, ham ayol shunchalik ko'p lazzatlana oladi. Undan tashqari ayol organizmi sog'lig'i uchun, keyingi tug'ruqlar oson kechishi uchun, jinsiy a'zolarning salomatligi uchun ham foydali.

KEGEL mashg'ulotlari:

Kirish yo'li mushaklarini siqib-bo'shatish (siydik chiqish payti siydikni ushlab qolsangiz o'sha mushaklarni his etasiz). Bu mashg'ulotni har kuni 10 tadan boshlab 30-50 tagacha yetqazib amalga oshirishingiz mumkin.

Ikkinchi yo'li - bu sekin 5 soniya davomida siqib borib, keyin sekin 5 soniya davomida o'sha mushaklarni bo'shatish.

Bu mashg'ulotlar nafaqat jinsiy aloqa sifatini yaxshilaydi, balki ayol organizmi uchun ham tibbiy jihatdan juda katta foyda keltirishini yana bir bora ta'kidlab o'tamiz. Qin mushaklari qanchalik kuchli bo'lsa, tug'ish jarayonida yirtilish ro'y bermaydi, undan tashqari tuqqan ayollarga bachadonni tezroq o'z holatiga qaytishi uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Muhim! Homilador ayollarga ushbu mashg'ulotni amalga oshirish homila tushish yoki muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjudligi uchun man etiladi.

O‘xshash hikoyalar

Jinsiy aloqa

Nima uchun odamlar jinsiy aloqada bo'lishadi?Avvalambor jinsiy aloqada bo'lishlik bu yoqimli bir his va harakatdir. Bundan tashqari doimiy ravishda yaqinlikda bo'lishda nafaqat siz va jufti halolingiz o'zlaringizni…

Oral jinsiy aloqa haqida! (Shifokor maslahati)

Ko'pchiligimizga sir emaski, bugungi kunda oral jinsiy aloqani eshitmagan qiz yoki yigit bo'lmasa kerak. Albatta ushbu jinsiy aloqa turi bugun paydo bo'lib qolmagan, uning tarixi qadimgi rim imperiyasiga…

Hozirgi zamon jinsiy aloqa axvoli! (Bu aniq fakt)

Hozirgi zamon seksi juda jadalik bilan rivojlanmoqda, masalan budan 10yil oldin yigitla qizlaga sikishamizmi deyishga imanardi. Hozirchi kechqurin qizilani o'zi tel qilib chaqirvoti, hozirgi paytda dunyong…

Jinsiy aloqa usullari va shakllari

Jinsiy aloqa haqidagi ko'plab kitoblarda uni takomillashtirish yo'llari ko'rsatilgan. Aloqaning turlicha ko'rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig'sa 1000 dan oshib ketadi.

Yaxshi virtual jinsiy aloqa uchun maslahatlaruchun mahsus admindan

Koronavirus bilan bog'liq karantin odamlar hayotining ko'plab sohalarida tuzatishlar kiritdi va hatto uning intim qismini ham chetlab o'tmadi … Oxir oqibat, ba'zilari tom ma'noda turli shahar va mamlakatlarda…

Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish: texnikasi, usullari, qoidalari, yo’llari, nima qilish kerak

Ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqishdan oldin, jinsiy aloqada bo’lish muddatiga bog’liq bo’lgan umumiy qoidalar bilan tanishib olish ortiqcha bo’lmaydi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, jinsiy aloqa qisqaligi sabablari tushuniladi.