Ayollarning jinsiy gigiyenasi. Ayol organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari (hayz koʻrish, homiladorlik, bola tugʻish, emizish), shuningdek, ularni jinsiy aʼzolar kasalliklari va venerik kasalliklardan saqlash hamda oldini olish uchun alohida ozodalik talab etiladi. Tashqi jinsiy aʼzolarni goʻdaklik davridanoq har kuni ertalab va kechqurun iliq (qaynagan) suv yoki kaliy permanganatning nim pushti eritmasi bilan yuvishkerak. Jinsiy aʼzolarni yuvishdan oldin qoʻlni obdan sovunlab yuviladi. Qiz bola chaqaloqlik va bolalik davrida unda hali jinsiy gormonlar boʻlmagani sababli jinsiy aʼzolari alohida anatomikva fiziologik xususiyatlarga ega boʻladi; qin epiteliysi 2—3 qavat hujayralardan iborat (yetuk yoshdagi ayolda 40—50 qavat), qinda maxsus mikroorganizmlar — qin tayoqchalari boʻlmaydi. Shu sababli bu aʼzoda turli yalligʻlanish kasalliklarioson yuzaga keladi. Qizamiq, skarlatina va b. umumiy kasalliklar oqibatida qinga infeksiya tushishi mumkin. Hatto gijjalar toʻgʻri ichakdan chiqib qinga kirish hollari ham kuzatiladi. Bunda qizaloq qichinganligi uchun teri va shilliq pardalaritirnalib, infeksiya kiradi va yalligʻlanish kasalliklari vujudga keladi. Bu esa ogʻirroq oqibatlarga olib kelishi mumkin — qizlik pardasi, qin berkilib qolishi (q.Bitov) yoki surunkali yalligʻlanish kasalliklari — kolpit (qin yalligʻlanishi) va b. yuzagakelishi mumkin. Jinsiy aʼzolar gigiyenasi uchun ishlatiladigan buyumlar toza joyda aloxida saqlanishi, ularni xech kim tutmasligi kerak. Qiz bolalarning jinsiy aʼzolari qay ahvolda ekanligiga doim koʻz-quloq boʻlib turish lozim: tozalikka rioyaqilish, jinsiy aʼzolarini, oraliq sohasini muntazam yuvib turish, ich kiyimlarini tez-tez almashtirib, ularni qaynatib yuvish va dazmollash, qiz bola kiyimlari, sochiq va b. ni alohida saqlash va h. k. Qiz bolaning balogʻatga yetish davri alohida eʼtiborni talab etadi. Unga hayz boshlanishi, uning mohiyati va u kasallik emas, balki fiziologik holat ekanini oldindan tushuntirish lozim, toki kutilmaganda hayz boshlansa, u sarosimaga tushmasin. Hayz koʻrish kunlarida badanni toza tutish va tashqi jinsiy aʼzolarni yuvishdan tashqari,qoʻshimcha gigiyena choralarini koʻrish zarur. Bu davrda shamollash, gripp va b. infeksiyalardan ehtiyot boʻlish, ochiq havzalarda, vannada choʻmilmaslik, ogʻir ish qilmaslik lozim. Faqat yengil dush qabul qilish mumkin.Eri bilan turgan ayol jinsiy hayot gigiyenasiga ayniqsa jiddiy rioya qilishi, yiliga kamida bir marta ayollar konsultatsiyasiga borib turishi kerak. Jinsiy aʼzolarda oʻzgarish sezilsa (ogʻriq, hayz qonining koʻp yoki oz ketishi, oqchil kelishi va x. k.) vrachga murojaat qilish zarur. Yuqorida aytilgan gigiyena choralari ayol hayotining klimakteriy va qarilik davrlarida ham amalga oshiriladi. Umuman xoh ayol, xoh erkak J. g .ga toʻla-toʻkis amal qilsa, har qanday noxushliklarningoldi olinadi.
Ayollar orgazmi?
Ayollar orgazmining fiziologik jihatlari haqida emas, balki psixologik tomoni haqida gaplashmoqchimiz.Demak,1. Ayol bilan erkak orgazmida farq bormi?Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi.
Xiyonatkor ayollar haqida Xaqiqatlar!24
Bevafo ayollarning xiyonati erkaklarni o‘ylantirib, qiynab keladi. Haqiqatan ham, xalq orasida ayollar makri 40 eshakka yuk bo‘lishi haqida rivoyatlar mavjud. Abdulla Qahhor «Mayiz yemagan xotin» nomli mashhur…
Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish: yo’llari, tavsiyalar, qoidalar, ayollar nimani xohlashadi
Qanday qilib jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish mumkin» degan savolga berilayotgan ko’plab erkaklar bir narsaga ishonishadi — jinsiy aloqa qanchalik uzoq davom etsa, ayolning ko’zlarida jinsiy gigantlardek e’tibor…
Iltimos hamma 6qisin ayniqsa eri bor ayollar
Avvalambor salom sayt azolari man 6ylab 6ylab wuni yoziwga majbur b6ldim saytda k6p 6qigandrsla mani erim rossiyada b6may ketvotti bu ketiwda birortasiga sktraman wekilli karo4i wuna gaplani ayollarimiz uyalmay…
'Jinsiy munosabatlar' haqida 10 ta Fakt !
Er-xotin har kuni yoki har ikki kunda jinsiy aloqa qilishi shart emas. Umuman aloqalar haftada necha marta bo'lishi emas, ularning er-xotin uchun yetarli bo'lishi muhim. Jismoniy yaqinlik natijasida ruhiy yaqinlik ham kuchayadi.
«SIZ HAM HAYRATLANING»
- Hindistonlik xalqlarni birida yigitlarni jinsiy a'zosiga 5-7 yoshligida arqon yordamida tosh osib qo'yishadi. Osilib yurgan toshni yosh o'tkani sari og'irlashtirishadi Yigitlar bu toshni uylanguniga qadar osib yurishadi.