Xtales.ru

Lola. Bolalar uyi bolasining dardlari 2. Yakuniy qism.

Direktorning aytishicha, ichkilikka mukkasidan ketgan onasi bir-bir kelib turarkan

- Topgan-tutganini qiziga berib, "я твоя те"тя" deb ketib qoladi.

"Unga onasi ekanligimni aytmang. Qizimni baribir olib ketolmayman. Yashashga, joyim yo'q. Qolaversa menga o'xshashini istamayman. Otasi esa bolaga zor emas, uning uchta o'g'li bor".

Bu yerdagi bolalarning har birini o'z tarixi, taqdiri bor. Ba'zan ularning dardini tinglashga o'zimda kuch topa olmay, labimni qonagunga qadar qattiq tishlab, og'riq sezmayman. Ba'zan esa o'z bolaligimni eslayman.

... Tizzasiga o'tqazib Navoiy, Firdavsiyni o'qib berguvchi dadam, so'rida, bir ko'rpa ostiga qator joylashtirib olgach uchta ertagini shirali allalarga ulovchi ayajonim mehri naqadar buyuk ekan.

Bu bolajonlarchi? Davlat yaratib bergan sharoitlar qanchalik zo'r bo'lmasin ota, ona atalmish zotlarning bitta tashrifiga mushtoq yashashadi. Tez ulg'ayishadi.

... Sherzodjonimning holati ko'z o'ngimdan ketmaydi. Oyog'i singani bois kasalxonada yotganini eshitib ko'rgani bordim. Eshikdan ko'ringanim zahoti qiyqirib:

- Urra, meni oyijonim ko'rgani keldilar. - deb xonani boshiga ko'targan edi.

Olib kelgan meva va shirinliklarimni atigi ikki donasini o'ziga qoldirib hammaga tarqatar ekan;

- Adam ishdamilar oyijon, kela olmadilarmi? - deya so'roqqa tutgandi.

So'ng quchoqlab qulog'imga astagina pichirladi

- O'zimcha aldab turay, maylimi? Faqat, sotib qo'ymang.

O'shanda Sherzod xonadosh o'rtoqlariga qayerda yashashini aytgisi kelmaganini bilib, tuzalib chiqqunga qadar, erining ishlari tugamas, ayol obrazida men ham yolg'onchi bo'lib turgan edim.

Uni yaxshi bir oila farzandlikka olganini, eshitgandagi quvonchimni ko'ring. " Nihoyat bola orzusiga erishdi, endi yolg'on gapirishga majbur bo'lmaydi, - deb Allohga behisob shukronalar keltirgan edim...

Yaxshiyam bu dargohning haftada bir marta kelaman. Agar har kuni tashrif buyurganimda bormi, kichik yurakchalar ko'tarib yurgan ulkan dardlar tabiatan ko'ngilchan ruhimni telbaga aylantirishi tabiiy edi. Guruhdagi hamma bolalar ham ijodkor emas, balki iste'dodlilari ham sanoqlidir. Ammo to'garak bahona Loladay quchoqlab, bir lahza bo'lsada hayolan onaizor bag'rida bo'lishlarini his qilaman. Shuning uchun hech biriga qattiq talab qo'ymayman. Kimnidir bo'sh, kimnidir zo'r deb maqtamayman. Umuman olganda esa, men uchun ularning yozuvchi, shoir emas, yaxshi inson bo'lib kamolga yetishlari muhimroq...

***

- Qo'lingizdagi kitoblar kimga? Yana sovg'ami!?

- Xa. Bugun ikkita tug'ilgan kun bor ekanku.

- Uchta

- Qanaqasiga? Eshitganim yo'qku:

- Bizning guruhga yangi qizchani olib kelishdi. U ham 5 noyabrda tu'gilgan ekan. Ertalabdan beri yig'lab o'tiribdi. Agar xo'p desangiz, unu birga tabriklab chiqamiz. Zamiraga bitta kitobni bera qoling, Odil akam sovg'asiz qolsa hafa bo'lmaydi. U...u yangi kelmaganku...

Bu norasidalarning ko'zlaridan chiqqan bir tomchi yosh butun olamni cho'ktirishga qodir!

Bu begunohlar qalbidagi unsiz faryod Arshi a'loni titratadi!

Bu farishtalar tilidan to'kilgan bir kalima duo, ikki dunyomizni obod qilishga qodir bo'lsayu nima uchun haliyam bolalar uylari mavjud?!

Yangi kelgan qizchaga sovg'asini topshirib chiqar ekanmiz, Lolani yana qattiq achomladim. Ko'z yoshlari yuvgan sochlarimni olib pichirladi.

- Yana bitta qizingiz bilan tabriklayman oyijon!

Uning ko'zlari judayam chiroyli.

Tabassumi xuddi o'zimnikiday...

TAMOM

So'nggi so'z o'rnida shuni aytmoqchimanki shu opaga o'xshagan sahovatpesha odamlar ko'paysin ilohim!!!

Odnodan olindi bir tanishimni hikoyasi

E'tiborlariz uchun rahmat!!!

Adminga ham Rahmat!!!

O‘xshash hikoyalar

YURAGIMDA SAQLAGANLARIM: QORQIZNING DARDLARI 2. Yakuniy qism.

Erimni Qorbobo kiyintirdim. O'zim Qorqiz qiyofasiga kirdim. Yuzimga niqob taqqanimcha, sovg'a-salomlar oldim. So'ng yuragim chiqqudek urib o'z uyimga ravona bo'ldim. Ovozimdan tanib qolmasliklari uchun umuman gapirmadim.

lola bilan

hullas med instuta uqiman 2kurs da yaqinda 1-semestrdan kegin bizga toshkentdan bir LOLA isimli qiz perevod bulib keldi u juda chiroyli edi gurupada 13kishi uqimiz bitta men va u uzbek qolganlar rus edi…

Ichkuyov.

Yozadigan hikoyam shu haqida zora shu hikoyani o'qib o'ziga kerakli xulosa chiqaradi degan umiddaman, bu hikoya to'qima mahsuli agar hayotda uchrasa bu tasodifdir. Bu yigitning boshiga tushgan qismatni hech kimga ravo…

Lobarhon

Kuyov chiqdiyu chaqiruvlargacha aloqada bo'lmagan ikki yoshni shahvoniy hirslar cho'lg'ab olar birbiriga hirsli termular tezroq visol lazzatidan qonib orom daryosida suzgisi kelar gohida uy ishlari biland band kelindi…

Aldangan qiz yoxud Foxishaning qismati yakun tanlov uchun

Ana endi Saida tungi uchrashuvni sabrsizlik bilan kuta boshladi. Har kungi uchrashuvdan ta'riflab bo'lmas ehtiros olardi. Ammo… Ammo endi uning sevgilisi Javohir Toshkentga ketishi kerak edi. Uning ta'tili tugab o'qishga qaytishi kerak.

Aldangan qiz yoxud foxishaning qismati tanlov uchun mahsus

Yoz… Soat 13:00 lar atrofi. Havo juda issiq. Bu issiqda Saidaning aytishi bo'yicha "aqlli odamlar dam olishi kerak. ". Ammo nachora. Saidaning otasi odamlarning qo'ylarini boqib beradigan cho'pon, uning qo'lida 800 tadan ortiq qo'y podasi bor.