Xtales.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l. (XVIII- QISM.)

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi

Qismlar...

XVIII - Qism...

Do`ktir ogohlantirib: hotiningiz juda tasirchan ekan, tushkunlik tushib qolmasin, degan edi.

- Madina... - yoniga cho`kkalab o`tirib, muloylik bilan qo`lidan tutdim, - Bu yerda nega berkinib olding? Jonim tur, bu yerdan chiq!

U go`yo hech nimani his etmayotgandek! Hayolimga uyqusrab kirib oldimi, degan o`y keldi. Nigohlari juda hissiz, bir nuqtaga tikilib, lablari pichirlaydi, lekin uni chiqmaydi, so`zlariga tushunmayman. Shikafdan chiqarib, yotoqqo olib kirdim.

- Jonim o`zinga kel, qo`rqitma meni!

O`ziga keltirmoqchi edim, lekin meni eshitmayotganini, umuman his qilmayotgani sezdim. Yuragimni vahimali, qurquv bosdi. Asta quchoqlab, boshini ko`ksimga bosdim.

- Madina! - yuzlaridan silab, chakkasidan o`pdim, - Biror nima degin?

Ichimdan turib kelgan qaltiroq, vujudimni jumbushga keltirdi. Tomog`imga achchiq bir narsa tiqib qoldi.

``Nahotki qo`limdan hech narsa kelmasa?!``

O`zimni shunchalar, ojiz, notovon sezardim. Qani edi, yonimda oyim bo`lsalar! Har narsaga yechim topoaoladigan akam bo`lsa, to`g`ri yo`l ko`rsatar edilar.

``Eeeey rabbim, o`zing shifo ber! Yolvoraman, uni istiroblardan halos qil!``

Ozroq o`tirgach, o`ziga keldi shekili, ko`zlari jovdirab menga qarab qo`ydi. Shundayam bir og`iz so`z aytmay, g`ujanak bo`lib yotib oldi.

Nima qilarimni bilmay, boshqa xonaga chiqdim. O`ylab, o`ylab Barno opaga aytishga qaror qildim. Ohirgi paytlarda, o`zlari ham Madinani ahvolidan tashvishda, uyga tez-tez kelib ketayotgan edilar. Ularga qo`ng`iroq qildim.

- ``Bezovta qilmadimmi, opa?``

- ``Nima bo`ldi tinchlikmi?``

- ``Madinani ahvoli, yaxshimas! Nima qilarimni bilmayabman. Uymizga kelsangiz bo`lardi!``

- ``Hozir boraman!``

Yarim tun bo`lishiga qaramay, 20 minutga qolmay yetib keldilar.

- Qarang opa, hech nimani his qilmayabdi? - dedim, ulardan najot kutib.

- Vohima qilmang, yaxshi bo`ladi... - deya yoniga kirib ketdilar.

Ko`p, kutishga sabrim yetmay, yonlariga kirdim. Barno opa ham chiqib, yoniga yotib olibdilar. Kirganimdan so`ng istihola qilib o`tirib oldilar. Bir qo`llari bilan, Madinani yelkasini silar, ikkinchisi bilan qo`lin tutib olgan edilar.

- Uhlab qoldi! - deya pichirladilar.

- Opa... Uni ahvoli meni juda tashvishga solyabdi... - devonni chetiga o`tirdim, - O`tib ketadi deb o`ylagandim, aksincha kundan-kun yomonlashyabdi. Ayniqsa bugun, juda qo`rqitib yubordi... Shikafni ichiga berkinib olibdi... -dedim.

Barno opa diqqat bilan tingladi, so`ng biroz o`yga tolib qoldi.

- Avval ham shunday bo`lgandi, - hursinib qo`ydilar, - Oyisi olamdan o`tganda ham, bir necha kun telbaga o`shxab qolgandi...

- Keyin qanday tuzalgan? - shoshib so`radim, - Qanday davo topgansiz?

- O`z-o`zidan yaxshi bo`lib ketgandi!

- Nega endi bo`lmayabdi? Ruhshunosga ko`rsatdik, dorilarini vaqtida ichyabdi! Lekin nega foydasi bo`lmayabdi?

- Bilmadim, bilmadim... -deya, ojizgina bosh chayqadilar.

- O`ylashgayam qo`rqaman, bu ketishda esi og`ib qolmasaydi! Opa biror nima qilsak bo`lmaydimi?

- Erta bo`loversinchi, yaxshi ruhshunosga olib boramiz.

- Hop...

Madina avtohalokatga uchrgagan kundan buyon, ongimga bir o`y joylashib olgan, birzum ham tinchlik bermasdi. Boshimizga tushgan falokatlarni, olloh nima uchun bizga ravo ko`rdi? Qay gunohlarimiz uchun?

Javob bitta, oyimni orzu, umidlarini paymoq qilib, dillarini qattiq og`ritganman!

- Balkim, eskichasiga qaratarmiz? - dedilar, Barno opa, sekingina shivirlab.

- Bunisi hayolimga kelmabdi! - qatiyat bilan o`rnimdan turdim, - Iltimos opa, siz qarab turing... Men ikki soatlarda kelaman...

- Qayoqqa ketyabsiz?

- Oyimni olib kelaman! - dedim.

Oyim ko`pni ko`rganlar, bu masalada oyim yechim topa oladilar, ulardan iltimos qilaman, degan o`yda yo`lga taraddutlandim.

- Tong otsa borarsiz? - dedilar, bemahalda yo`lga chiqishimni istamay.

- Hozir bormasam, tongacha o`zim ham aqildan ozaman opa!

- Qishlog`izga ketadigan yo`l juda rasvo-ku? - havotirlandilar, - Qo`ying Murodjon, tong yorishsin ertaga boraqoling!

- Yo`q... - tezda ustimga kiydimu, eshik tomon yurdim, - Hovotir olmang...

Barno opa: ``Yo`ling, behatar bo`lsin!`` degancha duo qilib qoldilar. Istagim juda kuchli bo`lgani uchunmi, qishloqqa tez yetib keldi. Darvoza ichkaridan berkitilgan. Odatda ichkaridan qovun kattaligidagi toshni tanba qilib qo`yilardi. Biroz kuch bilan itarilsa eshik ochiladi.

Eshikni ochib ichkariga kirdim. Darvoza sal tiriqlagan edi, kichik yangan eshitibdi shekili ostonada paydo bo`ldi.

- Murodjon?

- Assalom alaykum! Ha men yanga! - ko`rsatkich barmog`imni labimga qo`ydim, - Akamga ndameng... Oyimni yonlariga keldim...

Oyimni eshiklarini asta chertdim, ichkaridan oyimni ovozlari eshitildi.

- Murodjon senmisan, o`g`lim?

- Ha... - ko`rmasdan menligimni bilganlar. Oyimni ichki sezgisidan lol qolib, tasirlandim, - Ha, menman...

- Eshik tagida turmasdan, ichkariga kir o`g`lim! - o`rindan yotgan ekanlar, o`rnilaridan turib, o`tirib oldilar, - Kelaqol bolam...

Asta somlashkib, oyimni yonlariga cho`kkalab o`tirdim.

- Menligimni qaydan bilib olasiz-a, oyi?

- Ko`nglim sezadi... - mehir bilan birmuddat termuldilar, - Nima bo`ldi, o`g`lim?

- Sizni ko`rgani keldim! - dabdurisdan aytolmadim, - Sizni sog`indim judayam...

- Bolajonim... - deya qo`llarini oldinga cho`zdilar, o`zlariga chorlab. - Kelaqol...

Yoshboladek oyimga talpindim. Mehribon qo`llari, yuzlarimga tekkani hamoni, ruhimda anchagina yengillik sezildi.

- Sizni sog`indim... - qo`llarini mahkam tutdim, - O`tinaman oyi, men bilan boring...

- Nima bo`ldi o`zi? G`am yelkangni bosib qo`yibdi-ku! - havotirli ko`zlarini tikdilar, - Madina tuzukmi?

- Farzandimiz... Yorug` dunyoni ko`rishga ulgurmadi... - dedim, alam bilan, ko`zimga kelayotgan yoshni ichimga yutib.

Oyim ham bir muddat, esankirab qoldilar. So`ng dalda berib, yelkamni siladilar.

- Ko`rganing shu bo`lsin... - dedilar, kuyunib.

- Men bilan yuring oyijon, Madinaga juda keraksiz...

- Hop, o`g`lim...

Oyim, hovliga chiqib, akamlarimni chaqirdila va men bilan ketayotganlarini bir, haftacha biz bilan turishlarini aytdilar. Akalarim etiroz bildirmadi. Oyimni olib, uyga qaytdim. Yo`l-yo`lakay bo`lgan voqealarni hammasini so`zlab berdim.

* * *

Oyim ertasi kuniyoq, Madinani eskichasiga qaratishdi, uyda is chiqarishdi.

- O`g`lim, sen ishingdan qolma... Xotininga o`zimga qarab turaman... - dedilar.

- Ho`p, oyi...

Madinani oyimga tashlab, o`zim avvalgidek ishimga chiqib ketdim. Bu orada uch-to`rt kun o`tti. Madinani ahvoli asta yaxshilana boshladi. Ishga kuzatib, kutib oladigan. Juda kamgap bo`lib qolgan bo`lsada, oyim bilan bir chiroyli o`tirishardi.

To`satdan sutga chaqruv keldi. Sut haqida oyimga aytmadim. Barno opa, ularni erlari (pochcha) bilan davogar sifatida sutga bordik. Barno opa, aytganidek yutqazdik. Yaramaslar hammasini pishitib bo`lishibdi. Advakati ustomon ekan, hammasi alg`ov-dalg`ov qilib tashladi. Taksis ham ularga yon bosdi, guvohlar ham mujmal, ohir oqibat bari baxitsiz xodisa bo`lib chiqdi. Hunob bo`lib uyga qaytdim.

Uyga keldim, uyda tinchlik bo`lgani uchun, dabdurisdan shovqin solib chaqirmadim. Asta yotoqxonga, bosh suqdim.

Oyim devonda o`tiribdilar, Madina esa oyimni tizzalariga bo`sh qo`ygancha uhlab yotibdi. Oyim ko`z oynak taqqancha, bir qo`llarida sheriy kitob o`qib, ikkinchisi bilan Madinani boshini silab o`tirar edilar. Bu manzaradan to`lqinlanib, eshik tagida turib qoldim. Birozgina vaqt o`tib, oyim meni payqadilar.

- Qachon kelding? - dedilar, jilmayib.

- Hozirgina...

Oyoq uchuda borib yonlariga chiqib o`tirdim.

- Kayfiyating tushgan nima bo`ldi?

- Anovi avarya qilgan kishini sutga bergandik, puldor kishi ekan, yo`lini topib o`z foydasiga hal qildi.

- Endi nima qilmoqchisan?

- Qayta sutga beraman... Kechirmayman, jazosini olishi kerak u!

- Qo`y og`lim, jazolaganing bilan hammasi avvalgi holiga qaytib qolmaydi. Kechrimli bo`l, toshu, tarozisini qiladigan zot u yoqda. Sen kechir, ko`ngling ham taskin topadi...

- To`g`ri aytasiz!

- Barakalla...

Oyimni qo`llaridagi kitobchaga imlab kuldim.

- Nima o`qiyabsiz?

- Ma`noli sherlari bor ekan... Bir ko`z yugurtirib qo`ydim-da!

- Yoqdimi?

- Ota qadri, haqida yozilgani, yoqdi...

- Keliniz ham sher qoralab turadi...

- Rosdanmi? - jilmayib, Madinaga mehirli ko`z tashlab qo`ydilar.

Jilmayib, oyimni tizzasiga bosh qo`yib yotgan, Madinaga ishora qilib, gap qotdim.

- Kelinizni allalab uhlatib qo`yibsizku, oyi?

- Boyaqish hozirgina uhladi... Beozorgina yotishinichi! - sochlaridan ohista silab, o`z bolalaridek erkalatdilar, - Bir chimdim, e`tibordan ko`ngli tog`dek ko`tarilib ketadiya? - dedilar.

- Boshidan og`ir kunlar o`tgan... Shuni uchunam, yo`qotishga dosh berolmayabdi... Oyi bilsayz edi, ko`ngli qanchlar pokligini! Aslida bunday azoblarga loyiq emas!

- Sinovlar ham o`tadi og`lim...

O`pkam to`lib, yuragimdagi so`zlar tilimga chiqdi.

- Oyijon, bizni kechring... Dilizni og`ritganimiz uchun, muhabbat deb ohirini o`ylamay qilgan xatolarimiz uchun kechring... - asta berigi tizzalariga, men ham boshimni qo`ydim, - Oq fotiha bering, ``Baxtli bo`lilar bolalarin!`` deb duo qiling... Bizni kechring... Siz kechurmagunizgacha bizni baxtimiz ko`karmaydi...

- Baxtli bo`lilar, - barvar ikkimizni ham, boshimizni siladilar, - Qo`sha qariylar, o`zlaringdan ko`payilar...

* * *

Dinimizdan har narsaga yechim topish mumkun. Ihlos bilan duo qilib ollohdan so`ralsa, tog`dek sabir ham, har qanday qayg`uga yupanch ham berguvchi o`zi. Bir necha kunda, oyim ruhshunoslar qilolganini bajarishdi. Madinani ruhini tozalay olishdi...

Oyim bir hafta, biz bilan turdilar. Keyin zarur ish bilan akam chaqirganlari uchun, qishloqqa qaytishdi.

Madina hali to`laligicha o`ziga kelib olmagani uchun, ovqat pishirish, kiyimlarni yuvishga qo`l urgani yo`q edi.

Yotishdan avval, dushga kirib so`ng, ertangi kun uchun kiyimlarimni tog`irlab qo`ymoqchi edim. Shikafda toza kiyimim qolmabdi. Madina o`ringa yotib ulgurgandi, bezovta qilgim kelmadi.

``Qani yigit, yotoqxonada o`z kiyimlaringni yuvarding! Bor-yo`g`i ikkita futbolka bo`lsa, chayib qo`yishham ishmi?!``

O`zimni-o`zim ruhlantirib, vannahonaga kirdim va tog`araga kiyimlarni soldim. Hash-pash degauncha, bitta futbolkamni yuvib bo`ldim. Endigina ikkinchisini solgandim. Ortimda sharpa borligini sezib, ters o`grilib qaradim. Madina ko`zida yosh bilan, bir oz tikilib turdiyu, yig`i ovozida shivirladi:

- Hotin bo`lmay o`lay!

Yengini shimarib, tog`araga yaqinlashdi. Qo`limni silqitib, asta chetga o`tdim.

``Nihoyat o`ziga kelibdi!``

O`zidan, o`zini jahli chiqib, menga e`tibor berolmaganidan, o`zini ayiblar g`uldurganch, tog`aradagi kiyimni ishqalardi. Asta vannani chetiga o`tirib kulib harakatlarini kuzatdim. Boshini ko`tarib, ko`zlari jovdirab nafasi qaltiradi.

- Oyim: o`g`lim senga omoat, degan edilar, - burnini tortib qoyarkan, lablarini bir cheti pir-piradi, - Issiq ovqat tutmasam, kiyimizni yuvmasam! Qanday xotin bo`ldim?!

- O`zimni mehribonim! - tog`aradagi ko`pikdan olib, yuzida ishqalab qo`ydim, - Bazi-bizida erkaliginga ko`z yummasam, menam qanday er bo`ldim?

Birzum harakatsiz, jum turdi.

- Begim, rahmat sizga!

- Nima uchun?

- Hammasi uchun... Doyim qo`llaganiz uchun... Yonimda turganiz uchun... - avvalgidek yoqimli jilmayib, shivirladi. - Sevganiz uchun...

Nihoyat, ancha vaqt o`tib, uning tabassumini, entikib qarashlarini yana ko`ra boshladim. Bu juda quvonarli...

* * *

Hoyatimiz asta iziga tusha boshladi. Endi oyim hafta 1, 2 marta ko`rgani keladigan bo`ldilar. Madinaga ham kelinlaridek munosabatta bo`la boshladilar. Ishlarim ham asta yurishib ketdi.

Turop aka (Barno opani erlari) qandaydur bayram munosabati bilan uylariga taklif qilgan edilar. Juda shinavanda hazilkash inson. Gap orasida, shahar shovqunidan nolib qoldilar. O`zi yilning to`rdan, uch qismini tog`da asalari boqib o`tqazadi.

- Turop aka, tog`da yashash mazzadur-a?

- O`ooo`! - bosh chayqadi, - Hudo xohlasa, bohorda borasizlar... Sizlarga jannatni ko`rsataman!

- Albatta, boramiz... - gap orasida so`radim, - Aytgandek nega mashinayzni sotvordiz? Hali yangi edi!

- Zarur bo`lib qoldi. Bitta katta ish boshlayabman...

- Yaxshiku!

- Ha... Mana qizlarimni ham bo`yi yetib qolyabdi, daromatli ishni boshlasam bo`lmaydi...

- Qanday ish? - dedim qiziqib.

- Asalarichilik ho`jaligini tashkil qilmoqchiman. Buni uchun, anchagina asalari uyasini sotib olish kerak... - bosh chayqadilar, - Lekin bu ish uchun katta mablag` zarur!

- Kiridit olmaysizmi?

- Kiridit ham, birovdan olingan qarz bilan barobarda!

- Qancha pul kerak?

- Ancha! Hozircha yarmini topdhm?

- Sheriklikda qilmaysizmi?

- Sherik! - yelka qisib kuldilar, - Bir ikkita yaqinlarimga aytgan edim. Unamadi...

- Menam begonamasma-a? - ularga sherik bo`lishimni, taklifini aytdim.

- Puliz bormi?

- Topiladi!

- Mayli unda... - deya, mamnunlik bilan qabul qildilar.

Akam bergan pullarni qadirini yo`qotmasdan, bir qismini asalli ishga tikdim. Bozorda tog` asali qimmat turadi. Tolib aka: asalarichilikni ko`zini bilgan odam uchun, sezdaromad ekanligini, bir yilda o`rtaga tashlangan pullarimizni, chiqarib olishiga ishontirdilar. Ularga ishondim, chunki halol insonlar, buni ustiga haqiqiy asalari shinavandasi, ko`p yillik tajribaga egalar...

O`zlari qaraydigan bo`ldilar. Men esa ishimni qilaveraman, faqat vaqti-vaqti bilan qarashib tursam bo`lgani. Shunga yarasha, foydani bo`lishda, ularga biroz ko`proq ulush tegadigan bo`ldi...

Kelishgan holda, bismilloni aytib, yaxshi niyatda, asalarichilikka qo`l urdik.

* * *

Bahor keldi, bir necha kunga, Barno opalar bilan oylaviy tog`ga jo`nadik. Turop akalarni qishoqdagi, xonadoniga joylashdik.

Asalari uyalarini, turli yerlarga tarqatishga, yordam berishim kerak edi.

Rosti u yerlarni musaffo havosi, bokira tabiyati o`ziga maftun etib qo`ydi. Bir hafta yashab, shaharga qaytgim kelmay qoldi. Hatto shu qishloqdan, uchaska sotib olib, uy qursammikin deb o`ylab ham qoldim. Bahorda haqiqdan jannatga o`xshab ketarkan, u yerlar!

Turop akaga yordamlashdim. Ular menga, asalarilar bilan qanday muomila qilish yo`l, yo`rig`ini o`rgana boshladim.

Navro`z arafasi edi. Turop aka, zarur yumush bilan ketgandilar.

Shu boyis vagonda tunab qoldim, bir o`zim. Ertalabda turib, bazi yumushlarni bajarib bo`lgach, vagondan to`shak olib chiqib maysa ustiga tashladim. Soya-salqinga yonboshladim. Maysalar isi dimog`imga uradi, biroz narida ariqchada suv shirdiraydi, boshqa tomonda, asalarilar g`ung`ullaydi, qushlar chug`uri quloqqa yoqimli eshitiladi, yo`paramada qishloq ko`rinadi... Betakror manzara!

Bu mazraga ko`rk bo`lib, yolg`iz oyoq so`qmoqda, tuguncha ko`targan ayol paydo bo`ldi.

``Vooy Madinam!``

Farishtamga ko`ylak, lozim juda yarashadida. Soddalik, bug`uborlik barq uradi chiroyida, ko`rib ko`zim quvonadi.

Ko`p kutmadim, yengi qadam tovushlari, maysalar shitiri eshitildi.

- Begim! - dedi vagonni yoniga kelib.

- Buyerdaman! - o`zimni ko`rsatdim, - Ehtiyot bo`l, ari chaqibolmasin...

Vagonni aylanib, yonimga keldi.

- Assalom alaykum...

- Va`alykum assalom! Hush ko`rdik, azizam...

- Hushvaht bo`ling, azizim!

Ko`ylak lozimini yengi kiyibdi.

- Qani beshni tashlang! - qo`l cho`zib, qollaridan tutdim, - Qulluq bo`lsin, yangi ko`ylaklar, juda yarashibdi...

- Rahmat... - dedi, erkalanib kulib.

Vagonda qolganim sabab, bir kecha ko`rishmadik. Unga qarab, huddi bir yil ko`rishmagandek tuyuldi. Bir kechada o`zgarib qolgan, yanda ochilib ketgan. Yetmish ikki tomirimda muhabbatim qon bo`lib oqa boshladi.

- Jonim senga aytovmidim?

- Nimani?

- Seni sevaman deb?

Kulib, boshini irg`adi. So`ng ko`rpachaga cho`kkalab o`tirib, tugunchasini ocha boshladi.

- Qo`lizni yuving, sizga ko`ksomsa opkeldim! Bir kosa chakki ham! - dedi, tugunchani ochganida, dimog`imga tandirda yopilgan, ko`ksomsa ifori urilib, ishtaxamni qitiqladi.

- O`o`o`! Zo`r-ku?

Biroz narida oqayotgan, ariqcha tomon shoshdim. Ariqdagi suvga qo`limni yuvib, kelib o`tirdim. Madina esa vagonga kirib ketgandi, shuni uchun, yeyishga shoshilmadim. Avval isiga to`yib, ishtaxani yuqori cho`qqiga olib chiqishni istadim.

Madina vagondan termes bilan piyola olib kelib yonimga o`tirdi.

Uning nazokat bilan harakatlanishi, sirli ko`z tashlab qo`yishlari, mudom jilmayishini ko`rib. Uning baxtiyorligidan, yuragim allanechuk zavqlandi.

- Jonim o`zing pishirdingmi?

- Hmm! Oling, chakkiga surib, sovutmasdan yeyaqolin...

Maydalangan, qalampir, tuz qo`shib qoyilmoqon tayorlangan chakkiga, somsani bir chetinib botirib og`zimga soldim.

- Qoyilmoqom... - somsalardan birini uning ham qo`liga tutqazdim. - O`zing ham ol, jonim!

- Ho`p... - termesdagi yalpisli choydan piyolaga, quyib tavoze bilan uzatdi, - Shifobaxsh choydan iching...

Qo`limga piyolani tutqazib, o`zi yelkamga suyandi, bir nima demoqchidek og`zimga termuldi.

- Birornima demoqchimisan?

- Uum-umm! - degancha bosh chayqadi.

- Aytaver... Ko`ylakmi? - barmog`im bilan burnini sal turtib qo`ydim, - Navro`zga o`sha ko`ylakni olib beraymi?

- Yo`q, kerakmas!

- Hafa bo`ldingmi? Jonim o`sha kuni pulim kamroq edi!

Bu yoqqa kelmasimizdan avval, bozorga tushgan edik. O`zib-yozib bir chiroyli ko`ylakka havasi ketib, olib berishimni so`ragandi. Aksiga olib, pulim kam edi. Pul kamligini aytgani uyaldimmi, bilmadim!

``Senga yarashmaydi!`` deb olibbermagandim.

- Ko`ylak kerakmas, boshqa narsa!

- Nima, boshqa?

- Haligi... - labini tishlagancha, bir lahza istagini aytolmay turdi, - Sho`r boooodr! -deya pichirladi.

- Sho`r nima? - dedim, so`zlarini ohirini juda past ovozda aytgani uchun tushunmay!

Gavdasini biroz roslab, qorniga ishora qildi va qo`limni ushlab ohista qorni qo`ydi.

- Yooo tangrimmmm! - baqirib yubordim, - Rosdanmi?

- Ha... - ko`zlarida, sevinch yoshlari yarqiradi, - Siz dada bo`lasiz begim!

``Ollohimga behisob shukur, bo`lsin!``

* * *

Oradan 7 oy o`tti, to`g`riqxona eshigi yonida betoqat yurardim, yuqori qavat derazasiga termulardim. Meni nomimdan, kirib ketgan hamshira, yuzida tabassum bilan yugurib chiqdi.

- Suyunchi, o`g`il muborak papasha?

- O`zlari qanday?

- Ona ham, bola ham sog`lom!

- Tilizga shakar, opamisiz, singilmisiz borim sizniki... - hursand bo`lganimdan cho`ntagimdagi bor pullarimni, suyunchisiga hamshirani qo`liga tutqazdim, - Ularni ko`rmoqchiman?

- Do`ktirdan so`raysiz!

Bir necha daqiqalardan keyin, do`ktirdan ruhsat olib, ularni yoniga ko`rib, farzandimni jannan ifori bo`ylaridan hidlab, Madinamga rahmat aytdim. Baxtiyorligimni, hislarimni so`z bilan ifodalay olmayman!

Chiqgach, bir chetga o`tib oyimga qo`ng`iroq qildim.

- ``Alooo! Oyi...``

- ``Ha, o`g`lim!``

Negadur o`pkam to`lib, ketti.

- ``Oyi... Oyi buvi bo`ldiz... O`g`il nabira muborak!``

Oyim sevinib duo qildilar. Sog`lig`larini so`rab, so`ng uzundan-uzoq duolar bilan, farzandimga, ayolimga uzuq umir, sog`liq, baxt, sodat tiladilar.

Qancha urunmay ko`zyoshlarimni tutolmadim.

- ``Yig`layabsanmi?``

- ``Ha, quvonganimdan!``

- ``Oylang baxtiga sog` bo`l o`g`lim...``

- ``Rahmat oyi... Ayting nabirangizga qanday isim qo`yaylik?``

- ``Shamsiddin... Katta bobongni ismlari! Ma`nosi: Dinning quyoshi, nuri, yog`dusi degani!``

- ``Rahmat oyijon!``

* * *

Oradan, ikki oy o`tdi. Uyimizga oylamizni chaqirganmiz, chiroyli dasturxon yozganmiz. Farzandimizni galma-gal qo`lga ko`taramiz, qo`limizdan birzum qo`ymaymiz. Ko`zlarimiz eshikka mahtal, tiqir etgan tovushdan ikkimiz ham allanechuk bo`lib ketamiz...

- Kechikishyabdi? -deyman.

- Yo`g`eee! Hali vohliku... -deya, taskin beradi, - Betoqat belavermang, oyim olib boraman deyishdiku?

Soat millari 8:30 dan oshganda. Eshik qo`ng`irog`i chalindi. Shoshgancha eshikni ochdim. Oyim, yonlarida kichik akam, ikki yangam va jiyanlarim. Salomlashib ichkariga takif qilim. Hammalari Madina bilan iliq ko`rishib, salomlashib so`ng farzandimni qo`llariga olishdi...

Zinada qadam tovushlari eshitildi, ortimga og`rildim, katta akam!

Nima qilarimni bilmay ikkilanib turib qoldim. Akam yaqinlashar ekan, jilmayib quchog`ini ko`ng ochdi.

- Akang bilan so`rashmaysanmi? - degancha o`ziga tortib, quchoqlab so`rashdi.

- Hush kelibsiz aka...

Avvalgidek qadirdon, aka nigohida qarab, yelkamni qoqdi. So`ng ichkariga ko`z tashladiyu, yoshboladay otildi. Madina bilan quyoq salomlasharkan, shoshgancha farzandimni qo`liga olib, erkalay boshladi.

Eshikka suyangancha bu beqiyos, manzaradan ko`zlarimni uzolmasdim. Madina ham baxtiyor, labida tabassum bilan menga qarab turardi...

``Madinam, ollohim umrimga yo`ldosh qilgan mehribonim, suyukligim. Shu lahzada, qalbimda jo`sh urayotgan tuyg`ular xatto muhabbatdan ham a`lo, ishqdan-da olovli, sevgidan-da kuchlidir. Otashi shunday haroratliki seni va ko`nglingni har qanday izg`irindan, sovuqdan asraydi. Senga ont ichib aytamanki, sen va farzandlarimiz qalblari mendagi mehrdan shunday jo`shadiki also bu tuyg`uga muhtojlikni sezmaysizlar. Chunki sen qalbim gavhari, ardoqli jufti halolim, kelajagim, orzularimning yo`ldoshi, farzandim, bo`lg`usi farzandlarimning, mening mehribonim, sen eng a`lo tuyg`ularga loyiqsan... Men seni shunchalar sevaman Madinam... Seni orzularim uchun, farzandlarimiz uchun, ertangi porloq kelajimiz uchun ko`z qorachig`imday asrayman... Ha, ha azizam asrayman. Chunki orzular taxtida sen qirolicha, men qirol bo`lib o`tirish, sen bilan yarashiqlidir.

Eshityabsanmi? Qalbimdagi sevgining eng go`zal malikasi, suyukli mahbubam, sen ila qalbim oshiyoni shunchalar nurafshonki naznimda bu yorqinlikdan ko`zlarim ham qamashmoqda, ko`zlarimga yosh ilinmoqda!

Kulaver, qarayver bugun sevinch ko`zyoshlarimni ko`rsatishdan uyolmayman!

Yo`q eee! Bunchalar tikilmaginda, qarshingda ko`z yosh to`kish noqulay bo`lmoqda!

Ko`zlaringni olib qochdingmi? Nahot meni sassiz eshita olyabsan? Ha, ha unutitayozibman ahir ikkimizning qalblarimiz bir butunmizku!

Jonim hamisha shunday, nigohlaring ila erkalab, tabbasum bilan har so`zimga itoat etishing meni shunchalar hushnud etadiki borliingga shukurlar keltiraman, ooo meni Madinam...

Eslaysanmi? Bazida shunday damlar bo`ldi, gohida seni ranjitib qo`ydim. Ha, sendan hafa bo`lgan kunlarim bo`ldi, lekin bilki, bu senga bo`lgan muhabbatimning zarcha ham pasayishini anglatmaydi...

Mening farishtamisol jufti halolim, sen jahlim chiqqan, shunday paytlarda ham ko`nglimni ko`tarishga urunishing, senga bo`lgan muhabbatimni yanada oshiradig Shunday lahzalarda, seni har bir so`zingni bir mukofotdek qarshilayman. Bilasanmi so`zlaringda ham huddi o`zingdagi kabi joziba borligini? Ha, so`zlarimga inon ovozingda go`yoki mayin musiqaning jarangi bor, tinglagan ko`ngilni bir zumda o`ziga maftun aylaydi, sexrlaydi...

Hech sezganmisan? Har bir aytilgan so`zlaringni shunchalar diqqat bilan tinglaymanki nazarimda qalbingni go`zal dunyosida sayr etayotganga o`xshayman!...

Go`zalim, kulasanmi? Lekin bu haqiqat!

Ehtimol sendagi muhabbat va

samimiyat boshqa qizlarda ham bordir! Lekin mening qalbim tanigan yanonam, bu sensan...

Bazan o`ylab qolaman, Tangrim qaysi yaxshi ishim uchun, seni menga tuhfa etdi ekan? Ollohim, huddi arshdagi bir malakni inson siymosida, seni menga yuborgan chog`i. Ayrim hollarda inson ekanliginga shubha qilib qolamam. Ehtimol chindan, yaratgan egam menga farishtani yuborgandir?!

Ollohimga shukurlar bo`lsin, uning menga qilgan muruvvati sening vasling, seni menga umrimga sadoqatli yo`ldosh qilganidir. Nafaqat umringning balki qalbimning ham... Jonim, go`zalim, suyukligim, baxtim bekasi... Suratingday go`zal siyratingga ming tahsinlar aytaman. Ahir mana shu go`zal siyrating emasmi suratingga ham latofat baxshida etgan?

Go`zal maligim, oftob jamolim... Sendagi hayo va andisha, o`zgacha odobing ila farzandimiz, bo`lg`si farzandlarimiz ham kamol topadilar, inshaolloh...

Farzandimizga qaragina! Qara-qara, uning chehrasi sening nurli yuzlaringdan andoza olgan... Quvnoqligi, mehrli ko`zlari, kulushlari, hatto yoqimli yig`isida ham sening qalbing mujassam... Shuning uchun ham dilbandimni, huddi o`zing kabi suyaman... Bir lahzaham tilimdan shukuronani qo`yman, ollohim shukur, sen va sen kabi go`zal farzandni tuhfa etgani uchun...

Suyukligim, farishtam, muhabbatimning yagona qirolichasi, so`zlari duru-marjon, chehrasi oftobim, qalbi daryo, ko`ngli musaffo yorim... Tangrim ikkimizga qancha umr bergan bo`lsa, ilohim umrimizning hech bir vaqtini bir-birimizdan ayro etmasin... Parvardigorim bu olamda, bekam qilib yaratgan bandalari bo`lsa, shularning biri bu menman... Baxtimni ham, taxtimni ham bekamikust bergan ollohimga har nafasda shukurlar aytaman, toki baxtimiz umrini, uzun qilsin, ilohim...

Qalbim bekasi, suyukli erkam... Poyingga boshim, o`zingga jonim qurbon bo`lsin...``

Tamom...

Mana nihoyat, yo`l ohiriga chiyli yakunga ham yetib keldik. Azizlar, sizlarga ham, qarhramonlar Murod va Madinaki kabi chin muhabbat, qalbingizdan jo olsin. Ayollarimizni shunday sevaylik. Hurmatli ayollar, sizlar huddi Madinadek sevilishga, chin muhabbatga va dunyodagi eng chiroyli izhorlarga loyiqsizlar. Biz erkaklarni hayotda bilagimiz kuchli bo`lishi mumkin, ammo qalbimiz siz ayollarnikidan ojizdir. Shuning uchun har qanday erkak borki baribir siz ayollarsiz yashay olmaymiz. Boringizga shukur ayollar.

``Boringga shukur Soliha...``

Muallif: -MAJNUN-