Xtales.ru

Rashk 7 qism by DoMiNo

Ular shaxarga borishdi, mahliyoni ko'ngli negadir g'ash edi. Ular birgalikda bog' aylanishdi, muzqaymoq yeyishdi, xar xil uchuvchi moslamalarda uchishdi xullas mirqib yayrashdi. Xash pash deguncha quyosh ham bota boshlagan paytda, Ikki yosh skamekada xayollar og'ushida, unsiz so'zlashardi. Bularni uzoqdan kuzatib turgan bir guruh bezorilardam biri, qiz chiroyli ekanmi deb qoldi. Ha krasotka dedi yana boshqasi, yurilar gaplashib ko'ramiz. Ular kelishdi va gap ota boshladi.

-salom, yaxshi qiz ii yaxshi qizni yigiti sizga addelni salom

biror kor xol bulmasin deb mahliyo sarvarni qölidan ushlab ketdik uyimga kuzatib qo'ying dedi.

Yigitlardan qiltiriqrog'i, uziga yarashmaydigan ko'k sharf taqib olgani sharfini orqasiga tashlab,

-biz ham kuzatib quyuramiz oy qiz, manzilingizni aytsangiz bo'ldi

mahliyo tutoqib ketdi

-eeee, bor toshingni ter, ketmonga Sop bo'lishga yaramaysanu senga kim quyibdi...

Sharf taqib olganinga ölemi? Yozdaya? Farosatdan ham bor ekanu. A?

-nima deyabsiz yaxshi qiz, bu modaku nima, qishlaqlaringda bunaqa narsa yumi. A?

-yuq, qishlog'imizda sendaqa surbet, ketmonsop, bodringlar yo'q. Chunding bor endi yulingdan qolma.

-ehe, tildan ham bergan ekanu. A? Nima yigitiz soqovmi, yoki uning o'rniga ham siz gapirasmi?

Shunday deb sarvarni oldiga bordi, xuddi qöy sotib olayotgan odamga öxshab atrofini rosa aylandi, keyin masxara qilgandek yuziga sekin sekin urib qöydi, "yuvosh, yuvosh"

sarvar og'ir bosiq, sovuq qon, har narsani tinchlik bn xal qiladigan, juda bo'lmay qolsagina kuch ishlatadigan, sport bn shugullanmasada tabiatan chiniqqan, baquvat bola edi, uni zal emas tabiat tarbiyalagan edi.

Sarvar jiddiy ohangda

-xo'jayin, juda gapga usta ekansiz, biz sizdaka gapdon emasmiz, bu shahar hammaniki, bu qizcha bizga qarashli buladi, qolaversa biz mehmonmiz. Mehmoni xurmati bor deyishadi. Tog tog bn uchrashmasa ham odam odam bn uchrashadi, oqibatli bolaylik.

-haaaa, ukam gap bundoq

-ukam? Xujayin uzlari nechanchi yillar sir bulmasa?

-95, nimedi?

-ukam deyishga andak yoshlik qilas ekanda, biz 93 mizku.

-mayli, nima bulsa ham, oyoq qölim uzimga kere disen, qizni tashlaginda sekin ketaver, biz uzimiz kuzatib quyamiz.

Bu gapdan mahliyoni qoshlari chimirilib, nimadir demoqchi böldiyu sarvardan qörqdimi yoki yigitlarni ishiga aralashgisi kelmadimi indamadi.

-xöjeyin, gapizga tushunmadim, normalni gaplashelik.

-nima? Aql buvosanmi? Bitta urib buzib tashiman? Mani bilasanmi? A? Höö, tanisanmi?

U sarvarni böynidan qo'lini otkazib boshini egib

-mani toshkenda lyuboyi tanidi diyishini biladi xolos, aplikot zarbadan gir aylanib yiqildi. Sarvarga sheriklari ham tashlandi, birga bir, yoki ikiga-hatto, uchga bir bo'lganda ham sarvarga ular chöt emas edi. Lekin ko'pchilik ko'pchilikda. Shunda ham sardorga bas kela olishiga ko'zi yetmagan, qoshini tepasida tirtig'i bor, har ikki gapning birida "Anaqade" iborasini qölaydigan, figurasini ko'rsatish uchunmi doim uzidan 1 yoki 2 razmer kichkina kiyimlar kiyib yuradigan bola cho'ntagidan pichoq oldi. Sarvarning oyog'ini mo'ljalga olib urgan edi, lekin nishonda adashib uning qorniga sanchib yubordi, bu ham yetmaganidek uning jarohat olganidan foydalanib boshqa bir bola tepdi, Sarvar skamega qirg'og'iga boshi bn tushdi va xushini yo'qotdi. Bu xolatdan bolalar qörqib xar tomonga tarqab ketdi. Mahliyo odamlarni yordamga chaqirdi. Hammasi shu qadar tez sodir bo'ldiki, nima bo'lgani hali u tushunib olmagan edi.

Tez yordam mashinasi uni olib ketdi, mahliyo o'zini aybdor xis qila boshladi, xamasiga men aybdorman, ketdik deganda ketmadim, yuring skamekada biroz ötiraylik dedim, hammasi meni deb bo'ldi. Bu voqeadan xabar topgan karimjon aka tezda shifoxonaga yetib keldi, sarvar aperatsiyada edi. Aperatsiya tugadi, Karimjon aka doktor bn gaplashdi,

-nima bo'libdi doktor?

Bolam... Bolamga nima bo'ldi? Axvoli og'ir emasmi?

-bilasmi? Bemorni axvoli ... Bir narsa deyishga hayronman. Ham pichoqdan zarba yeb jigarni zararlagan, yaxshiyam jigarga uncha jarohat yetmagan, lekin o'g'lingizni miya qobig'i jarohatlangan, men shundan xavotirdaman. Hamma narsaga tayyor turishingiz kerak.

Karimjon aka, o'zini yo'qotib xushidan ketdi. Ahir uni bitayu bita jigargo'shasi, ko'zing oq-u qorasi...

Sarvarga 20 kunda uyiga javob berishdi. Mahfuzahonim, sarvar kasalxonadaligida mahliyo uni ko'rishiga ruhsat bermadi. U bu falokatda qizni ayblardi.

Uyiga kelishgach nimjon ovozida oyisini chaqirib

oyi... oyijon! Agar mahliyo kelsa uni xaydamang, uning aybi yo'qku, uning ichini ham it tirnayotgandir, u ham bu ishlarda özini aybdor his qilayotgandir balki, agar siz ham uni ayblasangiz ko'ngli sinishi mumkin, o'zi shaddod bo'lgani bn ko'ngli buloq suvidek zilol. U bu so'zlarni inqillab, zo'rg'a, yuz tutilib aytdi.

-höp, mayli, jonim bolam! O'zingni urintirma, bu ham xudoni sinovida, Alloh ham yaxshi ko'rgan bandasiga dard beradi. Dardini bergan parvardigorim shifosini ham beradi.

Mana bugun mahliyo keldi, seni uruntirib qöymasin deb ketkazib yuborudim. Ertaga keladi... Endi uxla, jon bolam! Damingni ol, oyoqa turishing un senga ko'p kuch kerak bo'ladi.

Ertasi kuni mahliyo keldi, u sarvarning xonasiga kirdi. Sarvarning tepasiga o'tirdi, u hech qachon bolani bu ahvolda ko'rmagan edi, yuzlari sarg'aygan, ukol olaverganidan qo'larida iganing izlari shu qadar ko'p ediki, tomirlari ham bo'rtib chiqib ketgan edi. Sochlari ham bir ahvolda, Sarvarbek, men keldim, turing, bu nima yotish. A? Ahvolingizni qareng, turing ketdik, bilasizmi necha kundan beri meni erkalatib chaqirishingizni, qiziq qiziq anekdotlar aytib berishingizni, har-xil ajoyib sherlarni o'qib berishingizni sog'indim. Eslaysizmi, anekdot aytib bersangiz, bachkana der edim. Aslida unaqa emas edi, aslida siz odiy narsani ham shu qadar chiroyli qilib aytardingiz-ki, sizni mahoratingizga qoil qolardim, lekin maqtashga uyalardim. Mahliyo, ichidan xuruj qilayotgan faryodni bosishga harakat qilardi, ko'zidan marjondek tomchilayotgan achchiq ko'z yoshini yashirish yoxud yeglayotgani birov körmasligi un kipriklarini pirpiratib köz yoshini yutardi.

O‘xshash hikoyalar

Rashk 4 qism by DoMiNo

Sarvar bu xolatdan xayron bo'lib qo'lini ishqalay boshladi. "men nima qildim?" to'g'rida pishirib qo'yibdimi birovning uyida? Degan xayol bn qanday qilib uyiga yetib kelganini sezmay qolibdi. Bu yoqda mahfuzaxonim ham qilgan ishidan qattiq afsusda.

Rashk 5 qism by DoMiNo

Qizning bilagidan ushlab zo'rlab ichkariga olib kira boshladi, qiz bechora yeg'lar va yordam so'rab chor atrofga najot ilinjida qarar edi. Lekin hammayoq jim, hech kim bechora zaifaning ovozini eshitmaydi.

Rashk 6 qism by DoMiNo

urib bir narsa qilib quyadigan, sochlarini bittalab yuladigan, o'zini g'ijimlab tashlaydigan bir vajohatini ko'rib qo'rqib ketdi, o'zidan chiqayotgan peshtaham so'zlarni eshitib "men shunga loyiqman" deb o'yladida, uni…

Rashk yakunlovchi by DoMiNo

Sarvar quyosh nurida yuzini toblab, sho'rvada pishgan olmadek xuddi to'ygan qo'zichoq bolasidek orom olar edi. U sekin ko'zlarini ochishga harakat qildi, lekin faqat bitta ko'zini bazo'r ochdi. Tepasida mahliyoni körib…

Boylikmi yoki nomus? By DoMiNo (tanlovga) 1

To'y ham o'tgan kelin salom 3 kundan keyin bo'ldi. Hamma viloyatlarda har hil, qöqonda 3 kundan keyin kelin salom (yuz ochdi) bo'lib o'tadi. Bu honadonga kelin bo'lib tushgan sarvinoz juda ham bahtli edi, o'zicha yetinchi osmonda uchardi.

Boylikmi yoki Nomus? By DoMiNo (tanlovga) 3

Birdan, zeboni xayoliga bir qo'rqinchli va beibo xayol keldi. Lekin aytishga uyaldi, ahir qaysi yuz bn aytadi, "meni shayton vasvasa qilyabdi deb o'yladi" va o'ylashda davom etardi. U goh Osmonni to'ldirib unga o'zgacha…