YIG`LAMAGIN.
YIG`LAMAGIN...
Sevgi deymiz muhabbat deymiz
Uni ishq yo sadoqat deymiz
Vale sevib oxir oqibat
Uni azob uqibat deymiz
* * * * *
Yana o`zimning qorong`u xonamdaman. Har so`zi dardli, har ohanggi mungli, musiqa yangramaoqda. Necha kunki, uyqumda halovat yo`q, tushunarsiz og`riqlardan to`lg`onib chiqaman. Har tunim, har kun manosiz. Goh alamdan yig`lagim kelsa, goh o`z ustimdan kulgim...
Honamga oyim kirib keldilar.
Meni siqilayotganimdan istirobda bo`lsalarda bildirmaslikka urunadilar.
- Otabek, senga nima bo`ldi o`g`lim? Necha bor tushlikka chaqirdim, eshitmayabsanmi? -dedilar pardalarni ochib xonamga yorug`lik kiritar ekanlar, - Nonushta ham tushlik ham qilmading! Tezda chiqib ovqatingni yeb olginchi... -dedilar, pultni olib musiqa ovozini o`chirib.
- Qornim to`q, ishtaxam yo`q... -dedim, gavdamni ko`tarkanman.
- Mazang joyidami o`zi? Ishinga bormayabsan! Ikki kundan beri, yotasan! Ertayu, kech honangdan musiqa ovozi keladi?! -dedilar, dardkashlik bilan boshimni silab.
- Bugun uning to`yi! -dedim shivirlab.
Yengilgina uh tortgancha yonimga o`ltirdilar.
- Siqilma og`lim! -mehirli qo`llari bilan, yelkamni ohista siladilar, - Taqdir ekanda... Qo`y. Baxtini tila, baxtli bo`lsin!
- Ha, taqdir... Baxtli bo`lsin, u baxtga loyiq! -dedim, hursunib.
Oraga anchayin skunat cho`kdi.
- O`zing ko`rdingku, ota-onasi istamadi... Qo`y g`amchekma! -oyim jilmaydilar. - O`zim senga, undan ham yaxshisini topaman... -siqilayotganimni ko`rib ko`nglimni ko`tarishga harak qila boshladilar. - Hayoli-iboli, odobli, chiroyda ham kam bo`lmagan qizlarni ko`z ostimga olib qo`yganman...
Qaniedi oyimni so`zlari, ko`ksimda achishib turgan, yurakka malham bo`lsa.
- Albatta oyi... Rostdan qiz kammi bu dunyoda... -dedim, oyimni menga qo`shilib istirob chekishlarini istamay, o`zimni tutib olishga urundim. - Dadam qaytishsa, biz ham to`y boshlaymiz. O`ziz kelin topasiz! Keyin baxtimizni ko`rasiz, atrofizda nabiralariz quvalashib yurishadi...
- Inshaolloh... Albatta o`g`lim. Hali bir qiz topayin...
Oyimni ko`ngillarini ko`tarishga, o`g`illari istirob chekamayotganiga ishontirishga urundim.
- Oyi qornim ochib ketdi...
- Bo`l o`g`lim, dushga kirib, kiyimlaringni alishtirib ol. Ungador ovqatingni isitib qo`yaman... -dedilar.
Taqdirga tan berishga, uni unutishga qaror qilganmanu, ammo qanday? Ko`zimga ko`ringan hamma narsa menga uni eslatmoqda. Dush tagida turib - yomg`irda qolib ketganimiz, anor rangli sochuq esa menga ilk uchrashuvni yodimga soldi.
Tushlik qilgani o`tirganimda, devordagi soat 16:30 ni ko`rsatmoqda edi.
Qayoqdandur, uzoq-uzoqdan to`y sadolari ovozi quoqlarimga chalinmoqda. Diqqat bilan tinglashga urundim. Bu sadolar uning to`yidan kelayabdimi, yo`qmi bilmayman.
Lekin baribir uning yodi hayolimda.
``Ayni damda uning to`yi boshlangandur!
Oppoq libosda, huddi farishtadek bo`lsa kerak?
Hozir men haqimda o`ylayabdimikin!``
Ongimni turli savollar bant eta boshladi.
- O`g`lim ovqatni kavlab nimani izlayabsan? -dedilar oyim kulib.
- O`zim shundoq...
Sezmabman ham, hayolga berilib qo`limdagi qoshiqda tinmay, ovqatni kovlayotgan ekanman.
Ikki qoshiq luqmani og`zimga soldim. Taomni ammallab tomog`imdan o`tqazdim.
Kosani nari surdim-u, yuzimga fotiha tortdim.
- Ovqatingni yemading-ku?
- Kelib yerman! -dedim, kirasofkamni bog`ichini bog`larkanman.
- Qayoqqa Otabek! -dedilar biroz havotir bilan oyim.
Tavanimni bir-ikki ostona qirrasiga urib, ``hammasi joyida!`` deganday jilmaydim.
- O`rtog`larim bilan birpas aylanib kelay... Zerikib ketdim...
- Ho`p, tezroq qaytgin...
Yo`lga chiqqanimda, yonginamdan ikkita mashina signal chalib o`tib ketdi. Bular oddiy mashinalar, ammo signallarni yonginamda bab-bablatganlari sababmi g`ashligim keldi. Huddi kiyovnavkarlar ``LOLANGNI OLIB KETYABMIZ!`` deganday atayin yonidan aravalariini uchirtirib olib o`tayotganday tuyuldi. Darvoza hatlaganimda ham, qayoqqa borish nima qilishim haqida o`ylamagan edim. Ammo Lolani ko`rgim kelayotgani his qilayotgandim.
Taksi to`xtatishga chog`landim, ammo yonida pul yo`q ekan. Uyga qaytsam qaytib chiqishga jurat topishim amrimahol. Shuni uchun, uni yoniga yugurib borishga qaror qildim. Yo`l uzoq, lekin bu narsa, tashvishga solmayabdi, aksincha Lolani ko`rishga bo`lgan ishtiyoqimni yanada oshirib yubordi.
Bir chuqur nafas olvoldim-u, uning uyi tomon chopdim. Aylanma yaqin yo`llar bo`ylab yugurdim.
Uzoq yugurdim, qadamim og`irlashib, toboro nafasim siqa boshladi. Yuragim o`z malhamijoni tomon yaqinlashayotgani sezgandek, menga kuch beradi.
Endi maqsadim aniq, to`xtashga ilojim yooq. Ohirgi bor Lolani ko`rib qolish umidida yonardim.
Nihoyat mahallasiga yetib keldim-u, taqqa to`xtadim. Har nafasda huddi olovni yutayotgandek edim. Devorga tirangancha nafasimni roslar ekanman, ko`zlarim eshikdan chiqib kelayotgan keln-kuyovda dedi. O`ylaganimdek u huddi farishtamisol...
Ular Lemuzinga o`tirishdi. Lemuzin asta o`rnidan qo`zg`oldi...
``Lolam, ular Lolamni olib ketishyabdi!``
* * * * *
Limuzin men tomon yaqinlashar ekan, yuragim juda qattiq tipirchilay boshlar. Huddi birinchi gal uni ko`rganimday! Lekin avvalgidek, sevinchdan baxtdan emas, qayg`udan istirobdan kuyunib tipirchilardi...
Bir boshdan so`zlasam. Biz avval Toshkentda yashaganmiz. 7-sinfgacha o`sha yerda o`qiganman. Keyin oylamiz bilan qishloqqa kuchib keldik.
(Samarqandga)
O`qishim davomini shu yerda 8, 9-sinfni, maktab davrlarini tomomladim. Maktabdan uchurma bo`lgach, qaysi kollejda o`qishni davom ettirishni tanlab o`ltirmasdan, uyimizga yaqin bo`lga Qishloqho`jalik kollejiga bordim...
O`sha kuni shundoqqina ko`z oldimda turibdi. Negadur kayfiyatim yo`q edi. Hafasizlik bilan sinfga kirib stulga yonbosh bo`lib o`ltiribolgandim. Erinibgina yangi kursdoshlarim kimlar ekan deya hammaga bir-bir ko`z tashladim.
Birdan ko`zim unga tushdiyu, entikib ketdim. U o`ltirardi, dugonasi bilan allanimalarni muhokama qilib.
Yurak o`z o`rnidan chiqgudek tipirchiley boshladi.
U beqiyos... Sochlarini ajoyib turmaklab olgan. Qosh ko`zlari qop-qora, kipriklar nayzamisol, ko`zlarida nur borday porloq.
Labida bir ajib tabassum. Dugonasiga bir nima deb pichirlashib gapiradi jilmayada, tinglaydi va yana jilmayadi.
``Bunchalik tabassumi huzurbaxsh bo`lmasa!!!``
Ilk ko`rishdayoq yurakdan urdi, sevib qoldim.
Qarayotganimni sezib men tomonga yuz buradi. Hushyor tortib, nigohlarimni boshqa tomonga qaratdim. Tanimaganlikka olib, boshqa qizlarga tikilib, o`zimni chalg`itishga urundim.
``Men yana uni uchratdim!``
Ha, aslida men uni ancha avval ko`rgandim...
Kollejdagi birinchi kundanoq ko`plab kursdoshlarim bilan tanishdim. Shu jumladan Lola bilan ham. Yo`q tanishdim emas, ikki og`iz suhbatlashish baxtiga muyassar bo`ldim.
Shu kun men uydan Otabek bo`lib chiqib ketib, umuman boshqa Otabekka aylanib qoldim, yurakda muhabbat daraxti gullagan Otabekka.
Har narsada, zavq ola boshladim.
Hech esimdan chiqmaydi, hatto oyimni ham rosa beyzor qilibman.
``Hudo xoxlasa bo`lajak keliningizni uchratdim!`` deb.
Shundan keyin kollej men uchun, hamisha talpinadiga maskanga aylandi. Albatta Lola borligi uchun. Hayot shu tariqa zavq-shavqqa to`la bo`lib o`ta boshladi...
Hech qancha o`tmay, paxta terim mavsumi boshlandi. Bizni kollejni ham fermerlarga yodamga yuborishdi.
Endi Lolani oldida ko`proq, yanada yaqinroq bo`lishga imkon tug`ulgandi. Uni e`tiborini tortishga, muhabbatiga erishishga harakat qila boshladi. Rosti paxta dalasi men uchun misoli jannatga aylangandi.
Lekin, bu baxtni menga ko`p ko`rishdi. Lolani dadasi kelib, uni uyiga olib ketib qoldi. Lolasiz paxta terimni ham manosi qolmadi...
O`qish boshlanguncha, Lolani o`ylayverib, jinni bo`layozdim. Har kunim go`yo bir yildek cho`zalardi, go`yo vaqit to`xtab qolgandek. Balki muhabbatni azobi ham shu sog`inchda bo`lsa kerak. Paxta tugaguncha nima bo`lsa bo`ldi. Bir amallab yana o`qishga qaytib oldik...
Qaytishimiz ajoyib bo`ldi. Lola bilan munosabatlarimiz avvalgidanda yaxshilangandek edi. Qarashlarida, so`zlarida menga nisbatan iliqlikni seza boshladim.
``Sevgingni aytadigan vaqting keldi, Otabek. Dadil bo`l, qizbolaga termulaveradigan yigitdan ko`ra juratli yigitlar yoqadi!``
Ichki bir ovoz, yuragimni ovozi meni dadilroq bo`lishga undardi.
U tabiyatan, quvnoq qiz bo`lgani bilan kamgaproq edi. His qilardim, men o`ziga yaqin olib, yonimda o`zini erkin tutishi sezilib turardi. Ammo aynan shu narsani meni arosatda ikkilantirayotgan edi.
Yurak: Borib sevishingni ayt desa!
A`qil: Sizni o`zimga do`st deb bilgandim! deb hafa bo`lib qolsachi?
``Otabek arosatda yursang xotinsiz o`tib ketasan!``
Yana o`sha ichki bir ovoz.
Va nihoyat shanba, paxta terimidan qaytganimizga ham mana bir hafta bo`libdi. Bugun kayfiyatim ham, juratim ham misoli tog`dek.
U dugonasi bilan yaqinlashib kelishdi. Bir-birimizni ko`rganimizdan mamnun jilmaydik.
- Salom... -dedi qo`l cho`zib salomlasharkan, yurakni yoqgudek tabassum qilib.
- Qalasan Lola...
Yo hudo tog`dek jurratim uning birgina tabassumini kurgan paytim qayga ketti xayronman. Chiqayotganimda nimani niyat qilgandimu, endi nimalar bo`lyabdi. Nahot yurakdan ``Seni sevaman!`` deyish shunchalik qiyin bo`lsa.
``Bugundan qoldirma, o`g`ilbola!``
Yana o`sha ichki ovoz meni oldinga undadi.
Ammo dars tugaganda, uni birdan ko`zdan qochirib yo`qotib qo`ydim.
Dugonasi bo`lgan Gulfiradan suradim.
- Gulfira Lolani ko`rmadingmi?
- Boya oyisi bilan ko`rdim! -dedi.
Kollejdan chiqib chorraxa tomon oyisi bilan piyoda ketayotganiga ko`zim tushdi.
``Otabek bugun sevgingni aytmasang, o`lganing yaxshi!`` dedimu, o`ylab o`tirmay uni ortidan, yugurib yaqinlashib oldim. Izma-iz ortidan taqib qilib yura boshladim. Chorraxaga borishgach ular tuxtashdi. Chamamda omadim kelib qoldi, oyisi magazinga kirib ketganini ko`rib oldiga bordim.
- Lola bu kishi kim? -deb suradim.
U bo`lsa hayron bo`lib javob berdi:
- Oyijonim...
- Nega magazinga kirib kettilar? -dedim gap topolmay xayajonlanganimdan.
``Nimalar deb valdirayabsan Otabek! Sevishingni ayt paysalga solmay!``
- Paynetga... -dedi Lola birozgina jilmayib.
- Haaa yaxshi... -dedim hayajonimni bosishga urunib.
``Nega dovdiraysan ayt!``
- Lola gapni ochig`ini aytsam, SENI SEVIB qoldim. Ha sani sevaman. Agar seniyam manda ko`ngling bo`lsa...
``Barakalla o`g`ilbola, seni ko`ngsingda urayotganimda faxrlaman!``
Uning yuzi duv etib qizarib ketdi. Hoyna-hoy sevgi izhor qilishimni kutmagan.
``Ho`y nimalar qilyabsan? Sevgini ham shunaqa izhor qiladimi. Qiz bechorani noqulay ahvolda qoldirdingku!``
Yurak bilan bilan suhbatimizga, a`qil ham qo`shildi.
Bir necha sonya o`ng`aysiz bir ahvolda turib qoldik.
Hayajondan titrab turgan Lola tilga kirdi:
- Man... Meni o`g`il bola bilan gaplashish niyatim yo`q...
O`zimda jurat topib, bir amallab izhori dil qilgandim. Ammo tayinli javob ololmadim. Yelka qisib aytgan javobi ham: ``Men o`g`ilbola bilan gaplashmayman!`` degani. Yurak amriga quloq tutgandim. Mana oqibati, huddi nohaq tarsaki yegandek, bir ahvolda qoldim.
Jim turib qoldim, hech bir so`z deganim yo`q, gapirishga so`z ham topolmasdim. Go`yo ovozim muzlab qolgandek. Shunchaki boshimni ham qilgancha asta sarak-sarak qildimu, istamaygina ortga qayrildim.
Birdan, mayin ohangda shivirlagan ovoz keldi.
- Lekin bu yo`q deganim emas!
Yoo rabbim, toleyimdan aylanay. Nahot u!.. Qulog`larimga ishonmayman! Uning bu so`zlari rozidan darakku!
Shu qadar sevenib ketdimki, go`yo portlab ketadigande.
Jilmayishdan o`zimni bazo`r tiyib, uning ko`zlariga tikildim. Uning nigohlarida sevgisini ko`rdim. Faqatgina qizbolaligiga borib uyolib, dilidagini, tilida oshkor qilolmayabdi.
- Lola hech bo`lmasa, umid qilsam bular? -degancha muloyim boqdim.
O`zgacha bir entikish bilan hiyla jilmaydida boshini salgina irg`itib qo`ydi (Ha degandek!)
Bir necha sonya, bir-birimizdan ko`z uzolmay qoldik.
- Oyimlar... -dedi birdan oyisi chiqayotganini sezib.
- Mayli dushanbada ko`rushguncha Lolam...
Unga bosh qimirlatib, qo`ydimda, oyisini yonida hijolatda qoldirmaslik uchun, yonidan nari ketdim.
Sevish baxti, sevilish baxti qanday lazzatli ekanligini endi bildim!
Uning hayoli bilan, yashash, har sonyada u haqida, baxtli kelajak haqida o`y surish! Insonni hayotga bo`lgan, yashashga, sevib-sevilishga bo`lgan ishtiyoqini yanada oshirar ekan.
Lekin yomon jihati, sog`inch. Haddan ortiq sog`inch ham qattiq azob berarkan. Men kutayotgan vaqtlarda go`yo yillar o`tib ketdi. Biroq dushanba rosa imilladi.
Dushanba erta tong. Kollej hovlisida ko`rishdik.
- Salom... -dedi yaqinlashar ekan, muloyim jilmayib qo`l cho`zib.
Ohista qo`lini siqdim, barmog`larini, barmog`larim orasiga qovushtirdim.
- Alik, sarviqomatim... Bugun juda latafotlisan... -dedim, hushomat qilib.
Hushomatga hali ko`nikmagan, birozgina uyolib, ko`zlarini yerga qadadi. Ammo qo`lini qo`yib yubormay qattiqroq siqdi.
- Rahmat...
Sevgimiz oshkor bo`lganidan keyin, uyalib o`tirishga na hojat. Baxtga, shodlikka to`la onlarimiz boshlandi. Uyiga kuzatib qo`yishlar, qo`lidan ushlab yurishlar. Hiyobonlarni sayr etishlar boshlandi...
- Lolam...
- Hoo, labbay!
- Jonim rostini aytchi meni birinchi ko`rganingda, nimalar haqida o`ylagansan?
- Uuummm! -birdam ayyorona jilmayib turdi, - Avval siz ayting!
- Lolaginam birinchi bo`lib men so`radim!..
Nigohlarini olib qochib biroz paysalga soldi. Ammo sukut saqlagan ko`yi gapirishga mujbur qildim.
- Rostini aytaymi?
- Yurakka o`t qo`ymasdan aytaqolsangchi!
- ``Namuncha qizlarga qaraydiy-aaaa!`` degan edim.
- Tushunmadim qachon bo`lgandi? -dedim.
- Kollejdagi birinchi kun-chi, esizdami!
- Lolaginam u kuni, nigohlarim boshqa qizlarda bo`lsada, butun diqqatim, borlig`im sen tomonda edi...
Ohista qo`lini siqqancha yo`lda davom etdik.
- Aaaa sizchi?
- Menmi! -kaftidan o`pib, erkaladim. - ``Bo`ylaringdan aylanay!`` degandim. O`sha kuni atring iforidan mast bo`lgandim. Anor rangli libosda qizlar ishida yal-yal yonib turarding.
- Vooy o`sha kuni oq-qara koftada edimku?!
- Sen atayotgan uchrashuv ikkinchisi. Men seni ancha avval ko`rgandim! Yaxshilab esla go`zalim, oqshom chog`i etaglari uzun ko`ylakda eding!
- Haaa... Dugonamni tug`ulgan kuniga borgandim!
Oqshom. Hiyobondan qaytarkanmiz, Lonani uyiga kuzatib qo`ydim.
Oqshom chog`ida unga qo`l siltab hayrlashar ekanman. Shabada epkini, uning atri iforini yana bir bor dimog`imga olib kelib urdi.
Tog`lar ortidan quyoshning so`ngi yog`ulari ko`rinmoqda. Borliqni go`zal bir tarovat, ajoyib sukunat qurshagan bir lahza. Shu lahzadan ertangi kun sog`inchi yurakni o`rtashni boshlaydi.
Ich-ichimdan bir tug`yon yuqoriga intiladi. O`pkamni to`ldirib nafas olsanu. Uni sevishimni borliqqa oshkor etgim keladi.
``LOLA SENI YASHI KO`RAMAN!`` deya baqirib yuborganimni bilmay qoldim.
Ovoz to`lqinlarning sadolari uni cho`chasi devorlarida akislanib ketdi.
- O`ldiraman... Bu nima qilganiz? -deya uzog`dan mushtini ko`rsatgancha uyiga shoshdi.
Ollohga shukur, biz baxtlimiz. Kundan-kunga bir-birimizga, chunanan bog`lanib borardik. Bir zum ham uzoqlashgimiz kelmasdi. Go`yo magnitdek bir-birimizga talpinib turardik. Har kunlarimiz, bir-biridan ajoyib, esta qolarli voqealarga boy o`tardi...
Lekin baxtimizga ko`z tegdi.
Odatdagidek birga sayr qildik, ishq osmonida sarmas kaputarlardek chugurlashib kulishib, uyga qaytdik. Uni uyiga kuzatib qo`ydim. Qaytayotganimda raqiblarimdan biri qarshimga chiqdi. ``Sherka!`` uni hamma shu laqabi bilan tanirdi. Mendan bir yosh katta, o`ziga jaaa ishongan bola. O`zini ko`cha qiroli deb biladi. Meni esa uni kalamushlar qiroli der edi. Doyimgidek Lolani tinch qo`yishimni buyurdi. Men esa o`z sevgilisini himoya qilishga chog`langan QARSILDOQDAY kalamushlar QIROLIGA qarshi qichdim.
- Lolani tinch qo`y, yo`qsa o`lasan! -dedi qo`lini cho`zib.
- O`ldirish sangamas!
Biz yoqalasha boshladik.
- Lola mendan qolgan. U bilan avval men gaplashardim. Lolaga bog`da teginib yurardim... Ishonmasang so`ra o`zidan... -dedi.
Ichimni it taladi. Ko`zim qonga to`lib, bor kuchim bilan yuziga musht tushirdim.
- Yaramas!
Jahl bilan urgan mushtim, uni yerga qulatdi. Ammo o`rtog`lari talaygina tayoqlar yomg`iri ostida qoldirishdi...
Men tayoq yedim. Ammo undan ham ko`ra uni gaplari. Mening farashtam haqida aytgan buhtonlari ichimga do`zah o`tini solgandi.
Lola haqida yomon gapirgan har qanday raqibni bo`g`zidan olishga tayyorman. Sherka tufayli musht yeganim, tanamga azob berayotgan bo`lsada,. Lolam haqida aytilgan so`zlar jarohati oldida chikora edi. Albatta Lolamga ishonaman. Biroq sherkani ohirgi so`zlari mudom qulog`im ostida o`rnashib qolgandi... ``O`zidan so`ra ishonmasan!``
Bu haqida o`ylaganim sayin esa...
``NAHOTKI!!!`` degan so`z timida yangrardi. O`zim shufqa qilayotganim uchun, o`zimdan hafa bo`lib ketardim.
Bir necha kunlik uyqusiz tunlar, u haqidagli bulmag`ur hayollardan so`ng. Barchasini uning o`zida so`rab olishga qaror qildim. Bilaman, u albatta rat etib yuzimni yorug` qiladi. Keyin esa bu bo`xtonlar uchun, Sherkadan alamimni olaman...
Kollejga bordim. Arazlagan ko`yi, qovog`larini uyub yonimga keldi.
- Salom berdik! Achkilariz qullug` bo`lsin munchalar yarashgan-aaa! -dedi kinoyali ohangda, ko`zimdagi achkiga ishora qilib, o`zi arazlab yuzini teskari burib oldi.
Men ham alik oldim-u boshqa so`z aytmadim.
Skunatni o`zi buzdi.
- Him bir so`mli puldek yo`q bo`p ketdiz? -dedi, ikki kun ko`rishmaganimizni nazarda tutib.
- Qadrim bir so`mchalik bo`ldimi? -dedim achkini yechib.
- Vooy! -dediyu yuzimga qo`lini cho`zdi.
Sizari qo`lini qaytardim.
- Bu shunchaki gap ko`nglizga olmang! -qo`lini cho`zib ko`kargan ko`zimga barmoqlarini teqqazdi. - Kimni ishi bu?
- Nima, kimligini aytsam urasanmi?
-Yooo!..
- Sherka bilan urushdim! -dedim.
-...!
Bu ismni eshitib, nigohlarida o`zgarish sezdim. ``Nahot iflosni so`zlari chin bo`lsa?`` aftog`furullo deb Lolaga ishonchni so`ndirgim kelmaydi. Ammo shaytonni elchisi shufha yuragim oralab bo`ldi. Uyog`iga esa tilimni tiyolmay, Lolani so`roq qila boshladim.
- Nega ko`zlaringni olib qochasan? Sherkani tanisanmi?
Biroz ikkilanib turdi.
- Him, taniman 8-sinfdan buyon gapiradi menga...
- Gaplashganmiding?
- Yo`q!
- Aldama! Bog`da ko`rishgan ekansizlar?
- Ha ortimdaan borardi... -dedi. Ovozida qatiroq, nigohlarida havotir sezila boshladi.
- Teginganmi u senga?
-...!
Bey ihtiyor yutib qo`ydi.
Shartta bilagidan tutdim.
- Nega jimsan? Boshida hech qachon bir-birimizga yolg`on gapirmaslikka ond ichgandik! -dedim.
- Himmm... -dedi.
Tamom, barcha orzu, umidlar sarobga aylandi.
``Yo`q!..`` deganda ham bunchalik alam qilmasdi. Sevgim o`rnini nafratga bo`shatmasmidi.
To`g`ri sevgani uchun mendan sir yasharmadi. Ammo buni hazim qilish juda og`ir edi. Ortiq uni yonida turolmadim. Ortimga o`girilib ketib qoldim, alamdan ko`zimga yosh
tiqilib keldi.
Bilmadim baribir u tan olmasligi kerak edi. Man endi, undan nafratlana boshladim.
U ertasi kuni oldimga keldida, o`zi so`z ochdi.
- Nima bo`ldi sizga? -dedi, hech narsa bo`lmagande.
- Nima bo`ldi? O`zing fahmlamading?
- O`zgarib qoldiz, so`zlari nafratga to`la! Aybim nima?
- Juda qiziqsan-u! Yana qancha talmovsiraysan?
- Bu siz o`ylagan narsa emas!
- Oooo... Men nimani o`ylayotganimni tushungan bo`lsang! Ortiq o`zingni oqlama!
- Ahir siz meni...
- Bass. Lola ortiq gapirma, hozir ko`nglingni battar og`ritib qo`yaman!
Endi u bilan qattiqroq, qo`polroq gaplashadigan bo`lib qoldim.
Shu zayil kunlarimiz o`ta boshladi. Men orani ochiq qilish uchun qulay vaziyatni kutardim. U esa orani tiklashga urunardi. Vaziyatni yengillatish uchun, avvalgi muomilasini davom ettirardi!
Lekin uni bu taqlida, erkaliklari menga xuddi ayyorlikdek tuyilardi. G`ururini unutib, meni yana o`ziga qaratish uchun qilinayotgan ayyorliklaridan, ko`nglim battar soviy boshladi.
Uni sevaman, ammo Sherkani teginishiga yo`l qo`ygani uchun, ko`rishga ko`zim yuq edi.
``Naxot meni Lolam aslida shunday qiz bo`lsa!``
Bu o`y birzum bo`lsada hayolimdan ketmay qoldi.
Men o`zimni ovitish maqsadida, yangi muhabbat izlashga kirishdim. Mahallamdagi Guli isimli qiz bilan gaplasha boshladim. Guli onasiz o`sgan, anchayin hokisor qiz. Maktabda o`qirdi. Munosabatimiz juda tez rivojlandi. To`g`ri Gulini sevolmayman, nafaqat uni boshqasini ham, chunki yuragim Lolada qop ketgan. Gulini o`zimga o`rgatib qo`yganim xatodur. Ammo men unga juda muhtoj edim. Buni esa Loladan sir tutdim, balki qasos olgim kelgandur! Bilmadim... Bilmadim...
Lekin o`sha vaqt kelgandi. Guli va Lola bir-birlari haqida habar topib qolishdi. Lola achqiqlanib zahrini sochdi. Guli esa, mayusgina qiyofada ko`z yosh to`kishdan nari o`tmadi.
Guli hafa bo`lganidan, ko`nglim g`ashlandi. Loladan esa, alamimni olayotgan edim.
Endi u bilan orani ochish haqida o`ylay boshladim.
Kollejga bordim.
- Kim u qiz?
Lola chindan meni qattiq sevar ekan. U hech kimga e`tibor bermasdan duv-duv ko`zyosh to`kib yig`lab yubordi.
Ko`rib yana arosatda qoldim. Orani ochish haqida, Guli bilan munosabatimz aslida qanday ekanligini ayta olmadim.
- Guli qarindoshim bo`ladi! -deb aldadim uni.
Bilmadim nega aldadim, balki yig`layotganini ko`rishga chidolmagandurman. U esa ishondimi yoki yo`qmi buni ham bilolmadim. O`sha kuni Lola bilan munosabatlarimiz yana oldinga siljigandek tuyuldi.
Ertasi kuni Lola bizning qishlog`imizga, dugonalari bilan kelibdi. Hecham Laladan kutmagan edim. U Gulini maktabdan qaytayotganda, yo`lda to`sib, rosa u bilan janjallashibdi...
O`sha kuni Guli manga tel qildi va yig`lab bo`lgan voqeani aytib berdi. Meni deb umuman beygunoh Gulining ozor chekayotganiga chidab turolmadim. Lolaga telefon qildim.
- ``Lola bu nima qilganing!``
- ``Hech narsa!`` -dedi jahl bilan.
- ``Alaming bo`lsa, mendan ol! Guliga ozor berma. Undan kechrim so`ra!`` -dedim, qatiy talab bilan.
- ``Ho`p!`` -dedi rozi bo`lib.
Telifon orqali Gulini ham uladim.
- ``Guli!..`` -dedi Lola.
Guli indamadi. U Lolani kechrim so`rashini kutmagan edi, yoki gaplashgisi kelmadi.
- ``Meni eshitib turgan bo`lsayz, sizdan kechrim so`riyman. Mendan o`tibdi, dilizni og`ritdim kechring...`` -dedi. - ``Guli siz ham qizbolasiz...`` -shu yerda nimani nazarda tutdi tushunmadim. - ``Endi silani bezovta qimiman!`` -deb aloqani uzdi.
Yuragim yorilay dedi. Naxot shu ishni men qildim. Munosabatlar jar yoqasiga kelgandi, mana jarga quladi.
Biroz skunatdan so`ng Guli ham qizil tugmani bosdi...
Bo`ldi hammasi tugadi. Oralar ochiq bo`ldi. Ammo yurak hech taksin topmasdi, sevgisini yo`qotganiga hecham ko`nolmasdi.
Shu zayil ancha-muncha kunlar o`tib ketdi. Lola bilan orani ochgan, umuman gaplashmayotgan bo`lsakda. Mudom bir-birimizdan ko`ngil uzolmasdik, qandaydur arzimagan tasoduf yo`llarimizni kesishishiga sabab bo`laverardi...
O`sha kuni Kollejda shanbalik bo`ladigan kun edi. Lola ham kelgandi. Ular dugonasi bilan xonani tozalayotgan edilar. Gulfira meni chaqirdi: Lolan gapi borligini aytdi...
Yo`q demay, guruhimiz xonasiga kirdim. Gulfira atay bizni yolg`iz qldirdi.
- Meni tark etasizmi Otabek? -dedi. Hecham ismimni aytib murojat qilmasdi. Birinchi marta aytib chaqirishi.
- Ha, hammasi tugadi. Meni ortiq bezovta qilma. Seni sevmiman! -dedim yolg`ondan.
- Yo`q meni tashab ketolmisiz! Nima meni qalbim sizga o`ychog`mi? -ko`zlaridan yosh tirqiray boshladi. - Ahtupaymonlar, sevaman deganlariz hammasini osongina unutib ketolasmi? Yo`q, agar ketsayiz o`zimni o`ldiraman! Uvolimga qolasiz! -dedi, qo`lidagi vazamiyu, oynachanimi tangadek shiysha bo`lakchasini tomirlari ustiga bosib.
- Jinnimisan?
Qo`rqib ketdim, qo`lidagini olib qo`ymoqchi bo`ldim. Uni qattiq quchoqlab oldim.
- Tentaklik qilma, sen ota-onanga keraksan!
Dugonasi shovqindan birinchi bo`lib xonga kirib keldi. Hechkim bu jinnilikdan habar topmadi. Gulfira, hammasi o`zi tinchitdi. Lekin Lola qo`lini tilishga ulguribdi, baxtimizga tomiri kesilmagan-u, ammo qon chiqaribdi. Lolani bilagidagi bintni ko`rib bir narsaga amin bo`ldim...
U meni sevganchalik, men uni sevolmasdim. Loladek bamani qiz shu darajaga boribdimi, demak qizbola sevsa butun vujudini berib sevarkan, o`zidan kechib sevarkan...
Shu kuni uyoqdagi Gulini o`yladim. O`z manfatim yo`lida, o`ylamay uning ham ko`ngli bilan o`ynashib qo`yganimdan juda qattiq afsuslandim...
* * * * *
Yozgi tatilda afetsantlik qilib, ishlay boshladim. Ishga chalg`ib qizlar haqida o`ylamaslikka harakat qilardim. Gulini ham Loladek ahvolga solib qo`ymaslik uchun, issig`ida undan uzog`lashdim. Telifonlashmasam, uchrashmasam unutvoradi deb o`ylagan edim. Ammo Guli unutmasdi, vaqti-vaqti bilan yashrin raqamdan qo`ng`iroq qilar. Kunda kunora, har-xil to`rtlik sh`erlarni SMS qilib yuborib tutardi.
Bazam SMS javob yozvorardim, ``Tengingni top, mendek ablah senga munosib emas!`` deb. Ammo u baribir o`z bilganidan qolmasdi. Men esa Loladan ko`ngil uzolmasdim. Juda qattiq qumsar edim...
Ikkinchi kurs paytimiz edi. Men ishlardim. Lola ham inistitutga kirish uchun tayorgarlikni boshlab yuborgandi. Kollejga juda kam kelayotganimiz sabab, oyda bir, ikki ko`rishib qolardik. Shunda ham yurak yutub gaplashmasdik. Lekin baribir nigohlar hissiyotlarimizni sotib qo`yardi, butkul uzilib ketolmasdim.
Yurak talpinaverardi, uni ko`rish uchun ham kollejga qatnardim.
Bir kuni kechqurun, eski hotiralarni titkilab, o`tmishga qaytishni juda-juda istadim. Lolani qattiq sog`inib, hech yo`q ovozini bo`lsada eshitgim kelib ketdi. Chidolmadim baribir uning raqamini terdim. Telifon qildim.
- A`lo...
- A`lo...
- Salom...
- Qalaysan!
- Sog`inibsizda? -dedi. Ovozida o`zgacha bir sevinch bor edi.
- Raqamda adashibman...
Beparvo oxangda gapirdim, adashganimi boxona qilib, yana umidvor bo`pqolmasligi uchun, sovuq gaplashdim.
- Adashdim deng? -kulganday bo`ldi, - So`zlariz soxtaligi shundoq bilinib turibdi...
Nima deyishimni bilmay qoldim. Telifonni o`chirgim ham kelmadi. Orada bir necha sonya sovuq skunat cho`kdi.
- Ovozingni eshitgim keldi... -dedim.
Ovozi qaltirab chuqur xursinarkan:
- Nimaga tashab ketdiz? -dedi.
- O`tmishing sabab!
- O`tmishim!..
- Sherka aytdiku...
- Eee hudoyim, Sherka bilan oramizda hech nima bo`lmagan!
- O`zing tan oldingku!
- Otabek o`shanda men siz, ``Tegajonlik qilarmidi?`` deb so`rayabsizmi deb o`ylagandim. Rost tegajog`lik qilardi. Pok sevgim haqqi hech sizni aldamadim. U bir ablah xolos! -dedi yig`lab. - Nahot meni qandayligimni bilmagan bo`lsayz? Men yana boshqa ayib qilibmanmi, deb o`zimni ayibladim...
Ortiq gapirmadi. Telifonni o`chirdi. Hoyna hoy, endi mendan qattiq ranjidi.
Yuragimda qasos o`ti alangaladi. Sherkani o`ldirgim kelardi. Lekin o`ylab qaralsa, u ablah ham o`z ishini qilgan. Eng katta ayibdor aslida o`zim. Vaziyatni yaxshi o`rganmaganim, mulohaza qilmaganim. Manmanligim sabab, osongila Lolani aybdor qilganim uchun ham qancha aziyat chekdik. Bekorga bir qizni ayibdor qildim, yana boshqasini yuragini parchaladim...
Ancha vaqt uni ko`ziga qarolmay yurdim. Bu orada Sherka bilan yaxshilab orani ochiq qilvoldik. Shundan keyin biroz yengil tortdim.
Uchunchi kursga o`tib, yana oramizda iliq munosabatlar tiklandi. Lekin bu safar avvalgidek doyim birga bo`lmadik. Lola inistitutga kirishni judayam hohlayotganini sezib, o`qishdan chalg`itgim kelmadi.
Kollejni tomomlab inistitutga hujjat topshirdik. Lola NPI musiqa yo`nalishiga topshirdi va kantirak asosida talaba bo`ldi. Men tavakkaliga NDKI ga topshirgandim. Ammo yeqildim. Hullas qayta-qayta urunib, 3 yili talaba bo`ldim.
Bu orada qancha suvlar oqib o`tdim. Lola bilan o`tmishni butkul unib yana avvalgidek Layli Majnunga aylangandik...
Navbatdagi uchrashuv. Shu kuni birinchi bor uning qo`liga gul tutqazdim. Birga yuraveribmanu, hecha gul olib bermabman. Shunaqa hursand bo`lib ketdi.
Qo`lidagi gulni ahyon-ahyon hidlab qo`yarkan. Quvonganidan ko`zlari suzilib erkalandi va qo`limdan mahkam siqib oldi. Biz skamekaga o`ltirdik.
- Atirgulni bo`yi o`zgacha bo`ladi-aaa! -dedi atirgulni hidlashim uchun gulini meni yuzim tomon uzatarkan. - Menga juda yoqadi...
Atirgulni nari surdimda, Lolani yelkasiga qo`ltashlab bo`ylaridan o`pkamni to`ldirdim.
- Jonim menga seni bo`ying yoqadi...
- Yoy qo`lizi oling... -dedi, uyalib atrofga jovdiragancha, yelkasidan qo`limni tushurib. - Birov ko`radi...
- Nima qipti ahir sevgilimsan-u?
- Lekin hotinizmasman-ku!
- Hotinim bo`lasan, tez oradi...
Uyalib jim bo`lib qoldi. Shu payt oldimizdan bir qiz qovuni ko`tarib o`tib ketdi.
- Qara buni tarsillaganini! -dedim.
U qoshlarini chimirib, yelkamga yengil musht tushurdi.
- Kimni aytyabsiz?
- Qovunni!
- Hali qovunlarga qaraydigan bo`pqoldizmi? -dedi yolg`ondan araz qilib.
- Bo`ldi jonim, endi faqat tarvuzlarga qarayman! -dedim unga tikilib.
- Voy shunchalik semizmanmi?
- Quchoqlamagunimcha bilmayman, semizmisan, orriqmi? -dedimda asta belidan quchoqladim, - Ana qizarib ketding, huddi tarvuzday, o`zimni do`mboq tarvuzim! -dedim jig`iga tegib.
- Maymunday yopishormay qo`lizi oling, maymuncham... -dedi, uyam g`ashimga tegib...
Shu tariqa qovun-tarvuz mavzusi odatga aylandi. Kunlarimiz hazil bilan boshlansa, albatta ``tarvuz!`` deb jahlini chiqarardim. U esa ``maymuncham!`` derdi. Bora-bora tarvuz degan laqabga o`ziham o`rganib qoldi. Bazi-bazida ``Qovun yemgang, tarvuz yeng!`` deb turardi. Bu bilan ``Tarsillagan qizlarga emas, menga qarang!`` degan manoga oborardi.
Doyimgi joyda uchrashdik. Negadur kayfiyati tushkun edi.
- Nima bo`ldi tarvuzim bugun uncha pishmagansan? -dedim, kayfiyatini ko`tarish uchun hazil qilib.
- Sovchilar ostonani buzvorishdi! -dedi.
- Bo`ldi Lolam siqilma, men uydagilar bilan gaplashay, borishadi...
Dadam Rossiyada edilar. Hali birinchi bosqichda o`qiyotgan bo`lsamda, dadamga telifon qilim vaziyatni tushuntirdim. Dadam ko`ndilar. Shundan keyin oyimni yubordim. Baxtimdan aylanayin, oyim ijobiy javob bilan qaytdilar. Bu quvonchi habardan Lola ikkimiz yeru-ko`kka sig`may ketdik. Shu kunlarda bizdan baxtli juftlik yo`q edi...
Lekin yana baxt ortida tuynuk borligi ko`rindi.
Biz boshida kelishgan edik. Unashtiruv dadam Rossiyadan qaytganlaridan keyin bo`lishi kerak edi. Chunki dadmga bo`lgan ihlosim juda baland. Har tomonlama dadamga o`xshashni istayman. Baxtli kunim dadamsiz o`tmasligini istagan edim. Manimcha har bir yigitga bu tuyg`u tanish bo`lsa kerak.
Avvaliga Lolani oylasi bu shartga ko`nishgandi. birdan aynib qolishdi. ``Unashtiruv shu haftada bo`ladi, to`y oy ohirida o`tishi kerak!`` degan talabni qo`yishdi. Avvaliga tushunmadim, ularni bu tushunarsiz qaroriga. Chunki dadam shartnoma bilan ishga ketgan, shartnoma tugamaguncha kelmaydilar, malumki to`yni dadamsiz o`tqazishga ko`nmaymiz. Ularga esa aynan shu kerak ekan. Sababi bizga ``Ho`p,`` deganlaridan keyin ancha badavlat oyladan sovchi kelgan. Qizni qaytarish uchun aynan shu yo`lni tutishdi va niyatlariga yetishdi. Uydagilar kelisha olmay, bizni qaytarishdi...
* * * * *
Bugun 19-Sentiyabir mana u turmushga chiqyabdi. Lolani oppoq libosda ko`rishni juda istagan edim. U oppoq libosda ammo ko`zi to`la yosh.
Hudodan bir narsani so`ragan bo`lardim. Hech bir qizni boshiga, Lola o`tqazgan kunlar tushmasin.
Yuragimni qashqatib Limuzin yaqinlashdi. Alam bilan yarim tushurilgan oynadan, ko`z tashladim. Harir yopinchich ostida ko`zida yosh bilan ohirgi marta qarab qo`ydi.
Lolamni olib ketayotgan Limuzin ortida ohirgi aytgan so`zlarim arang tilimda yangradi...
``YIG`LAMAGIN...``
Hay-hay о`lап, jon о`lan, baxting bo`lsin yor-yor,
Payg`amharning qizidek taxting bo`lsin yor-yor,
Payg`amharning qizini kim ko`rgan bor yor-yor,
Ota-ona uyiga kim to`ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo`lmas yor-yor,
Xudo qilgan taqdirni buzib bo`lmas yor-yor,
Hay-hay о`lan, jon о`lan, mis panjara yor-yor,
Har jafoga ko`nadi qiz bechora, yor-yor.
Yig`lama qiz, yig`lama, to`y saniki yor-yor,
Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor,
Hay-hay o`lan, jon o`lan atoyi qiz, yor-yor,
Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.
HALI HAYOT DAVOM ETADI, HOZIRCHA TAMOM...
Muallif: -MAJNUN-
Goya Muallifi: Otabek.
Bu qissa do`stimiz Otabekni hayoti asosida yozilgan. Asosni o`zgartirmagan holda ozroq bo`yoq berdim. Og`ayni taqdir ekanda...
