Xtales.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (9 - Qism.)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

Avvalgi Qismlar...

(9 - Qism...)

Biroz uning so`zlarini hayrat bilan tingladim. Bordiyu Shirinning bu so`zlarini eshitib tursamu, uni homiladorligini bilmaganimda va, ayni damda o`zini ko`rmayotgan bo`lganimda. Bir mehribon ayol bolasini erkalatyabdi deb o`ylagan bo`lardim. Bezovta hayollar og`ushiga cho`kib darvoza yonida turgancha uning so`zlariga quloq tutaman.

Ollohim, onalarni munchayam mehribon qilib yaratgan-a! Erka ohangda gapirganda, ovozi shunchalar shirali chiqadi. Aytayotgan so`zlari yoqimli tasirchanki, allanechuk qalbni erka bir tuyg`ular og`ushiga solib qo`yadi.

Hayolimni chalkash o`ylar bant etdi. Rosti Shurinning bu harakatini telbalik deyishimni ham demaslikni ham bilmayman. Chunki hayotimda ikkitagina homilador ayolni yaqindan ko`rganman xolos! Ulardan biri opam bo`lsa ikkinchisi manashu Shirin...

To`g`ri hozir menga g`alati tuyulayotgandur, lekin boshqa ayollar ham huddi Shirinday, tug`ulmagan bolasi bilan gaplashishar!!! Baliki onam ham men qornilaridaligimda shunday qilishgandur! Shularni bir-bir o`ylab ko`rarkanman, Shirinni bu harakatida salbiy jihatini ko`rolmadim...

U birdan sergaklanib, bir necha sonya jim bo`lib qoldi. Lekin men tomonga yuzini burmadi. Qornini ohista silagancha, endi salgina balnatroq ovozda qornidagi bolasiga murojat qildi.

- Bolajonim amaking bizni hali uzoq kuzatib turarmikin? - yolg`ondan qovoq solib, kiprik ostidan menga ko`z tashlab qo`ydi, - Amakingni qarashidan bizni a`qildan ozgan deb o`ylayabdi shekili! -dedi.

Uning so`zlaridan yuzimda kulgu zohir bo`ldi. Yoniga borib, ko`rpacha chetiga o`tirdim.

- Seni o`zingdan ham yaxshi biladigan va tushunadigan birorta inson bo`lsa, u ham kamina. Ishonaver Shirinim bu borada hech kim menga tenglasha olmaydi. Shunday ekan seni nega a`qildan ozgan deyishim mumkun?

- Ichizda o`yladizku!

- Yo`q! Balki jinday shufqa o`tgandur lekin yo`q...

Ohista qo`lidan tutdim va o`rnidan turib olishiga yordamlashdim.

- Rahmat...

- Arzimiydi... Shirin sendan iltimos boshqa, bunday qilmagin. To`g`ri men sen haqingda yomon o`ylamayman, lekin begonani ko`zi tushib qolsa u noto`g`ri hayolga borishi mumkun... Kel shu gaplaringni ichingda hayolan aytib qo`yaqolgin-a?

- Bo`midide!

- Nega ovozingni chiqarmasen his etmaydimi?

- Yoo... - kuldi, - Shunchaki chiroyli chiqmaydide!

- Eee seni qarayu... - qo`l siltadim, - Mayli buyog`i diydor kuni ham yaqin qoldiyu, farzanding tug`ulgandan so`ng bu g`alati odating, odatiy holga aylanadi...

- Diydor kuni kelguncha, bolajonim bilan yaxshilab chiqishib olaylik deyabmanda! -dedi, mening ham zavqimni oshirib, erkalanib kulgancha.

- Ha Shirin sen ajoyibsan ayolsan, - unga qo`limni uzatdim, - Shuni o`zing bilasanmi?

- Bilaman, -deya qo`limdan tutdi.

- Yur mashinaga chiqaylik, pilita olib kelgani boramiz!

Mashinaga o`tirgach, doyimgidek qo`lini duoga ochdi: ``Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza*`` deya pichirlagacha duoo o`qib yuzimizga fotixa tortdi. Uning yo`limiy be hatar bo`lishini so`rab o`qigan duosidan, ko`nglim tog`dek bo`lib ko`tarildi. O`zimni allanechuk baxtiyor his etib, bir lahza yonimdagi farishta misol ayolga termuldim.

Endigina katta yo`lga chiqqan edik.

- Sizga erkalik qilsam maylimi? -dedi to`satdan.

- Nima! - kulib yubordim, - Qanaqa erkalik?

- Hozir rosayam qurt yegim kelyabdi... Iltimos olib bering? -dedi, erkanamo jilmayib.

- Shumi erkaliging?

- Hmm! -dedi jilmaygancha bosh irg`ab.

- Seni qarayu, erkalik qilib kattaroq narsa so`ramisanmi? - burnini barmog`im bilan ohista turtdim, - Istasang oydan pishloq sotvolib beraman!

- Vooy! - labini to`sgancha qiqirlab kuldi, - Oyda pishloq bularkanmi?

- Oyda hamma narsa bo`ladi... -dedim, hazil qilib.

- Eee boringeee!

Kulishib-kulishib bir zumda manzilga ham yetibmiz.

- Shirin sen mashinadan tushma, man tezda pilitalardan olib qaytaman. Keyin yo`lni u yuziga o`tib, - yo`lni u yuzidagi mini marketga ishora qildim, - Huuuv, do`kondan senga qurt olib beraman!

- O`tirurib zerib ketdim. Tushib, o`sha yerga o`tib tursam bo`lmaydimi?

- Bo`ladi. Mana senga pul... - cho`ntagimdan biroz pul olib qo`liga tutqazdim, - Faqat yo`ldan ehtiyot bo`lib o`tgin-a?

Men qurulish mollari do`koniga, Shirin esa yo`lni u yuzidagi mini market tomonga ketti. Mo`ljallimdagi pilitalardan keragicha sotib oldimu, tezda qaytib chiqib mashinani orqa bagachiga solayotgan edim. To`satdan yo`l tomondan signal va qattiq tormiz ovozi eshitildi. Birdan ko`z oldim qorong`ulashib, tirnoqlarim uchugacha zirqirab ketdi.

``Shirin!``

Yuragim taka-puka hovotir bilan o`sha tomonga qaradim.

``Ollohga shukur!``

Hechnarsa bo`lmabdi, o`pkasini qo`ltiqlagan taksi haydovchisi, to`satdan qo`l ko`targan mijoz qarshisida biroz keskinroq tormiz bosib to`xtabdi holos.

``Hee shoshilgan eshak!``

Negadur qulog`im ostiga tormiz va sig`nal ovozi o`rnashib oldi. Ichimda esa yoqimsiz titroq tarqamasdi. Bagachni berkitdimu, Shirin kirib ketgan do`kon tomon shoshildi. Do`konga yaqinlashar ekanman, uning kattakon oynalaridan ichkarida turgan Shirinni ko`rib, yurak hovurim sal bosilgandek bo`ldi. Asta ichkariga kirdim. Sotuvchi qiz chaqaloqlar kiyim kechaklarini ko`rsatish bilan bant. Shirinni esa ko`zlari chaqnagan, labida tabassum, zavqlanib jajji liboslarni ushlab, turli tomonlarini aylantirib ko`rardi.

- Shirin...

- Labbey! - men tomonga o`grildi, - Aytgan narsayzni olib bo`ldizmi?

- Ha... O`zingchi? Qurt bor ekanmi?

Jilmaygancha yelka qisdi. Bundan malumki, chaqaloq kiyimlarini ko`rib, nimaga kirganini ham unutib qo`ygan.

- Sizlarda qurt bormi? -dedim, sotuvchiga yaqinlashib.

- Bor... *** so`mga to`rtadan!

- Manashu pulga yarasha bering...

Sotuvchi bir paketga ikki hovuch qurt solib berdi. Paket ichidan bir dona qurt olib og`zimga soldim va qolgani Shiringa uzatdim. Sotuvchi qiz Shirinni yoniga qaytib, boyagi kiymchalarni yana qo`liga oldi.

- Opa qaysi birini oladigan bo`ldiz, tanladizmi? -dedi.

- Yo`q... - Shirin birozgina hijolat bo`lib bosh chayqadi, - Hech birini olmayman, hozir pulim kamroq edi...

Sotuvchi qiz meni ko`rsatib ishshaydi:

- Pochchamdan olaqoling!

Shirin sotuvchi qizga nima deb javob qaytarishni bilamay, o`ng`aysiz bir ahvolga tushib qoldi. Mendan ko`mak kutti shekili, ko`z ostidan bir qarab qo`ydi.

- Qancha ekan? -dedim, qiziqqan bo`lib.

- Donalabga *** so`m... Aaa kamplekti olsangiz *** so`m! Qay birini olasiz pochcha? -dedi qiz ayyorona jirjayib.

Sotuvchi qizning bu qadar, ayyorlik bilan aytayotgan so`zlari meni ham biroz dovdiratib qo`ydi. Ochig`i unga nima deyishni bilamay qoldim.

- Qay birini olishni o`ylab ko`rdizmi pochcha... -dedi qiz biroz shoshiltirib.

Shiringa bir qarab olgach, o`zimni dadilroq tutishga urundim.

- Albatta yaxshirog`ini olamiz!

- Lekin pochchajon, - sotuvchi qiz ayyorona jilmayib paket halgaga solingan kiymlarni men tomonga uzatdi, - Opamlarga manabu pushti rangdagisi ko`proq yoqdi. Bunisi esa biroz qimmatroq *** so`m turadi...

Sotuvchi qiz jarangdaor ovozda dadil-dadil gapirib o`z molini maqtab o`tqazishga urunardi.

- Opayzga yoqqan bo`lsa olamizda singlim! -dedim hotirjam jilmayib, sotuvchi so`ragan pulni sanay boshladim.

- Shoshmeng... - Shirin pichirlagancha bilagimdan tutdi, - Keraymas!

- Senga shu yoqdimi?

- Hmm, lekin...

- Unda olamiz, nega hijolat bo`lasan? - sotuvchiga pulni berib, qo`limdagi kiymlarni Shirinni qo`liga tutqazdim, - Rahmat singlim, savdoyizni barakasini bersin... -dedim quvnoq sotuvchi qizga munosib minnaddorchilik bildirib.

- Arzimida pochchajon! Opam esan-omon qutilib olsinlar, baxtli bo`lilar, - qo`l siltab hayrlashdi, - Yana kelib turilar...

Sotuvchi qiz judayam ayyor ekan, shu bilan tillari ham shirin. Lekin uning yaxshi niyatda aytgan ohirgi tilaklari qalbimizdagi eski jarohatlarni tirnab qo`ygandek bo`ldi.

Shirin chaqaloq kiymlarini bag`riga bosgancha, ortimdan ergashdi.

Qizni so`zlari qalbimizga shunchalar tasir qildi, go`yo tillarimizni ham muzlatib qo`ygandi. Yarim yo`lga yetgunimizgacha, ikkimizdan ham biror so`z chiqmadi.

- Shimasizmi? - Shirin oraga tushgan noqulaylikni tarqatish uchun, paketdan qurt olib menga uzatdi, - Qurt, shiming...

- Beraqol, -deya qurtni olib og`zimga soldim.

- Yaxshi qurt ekan-a? -dedi, pichirlagancha nigohini yashirib.

Qurtni shimarkanman, unga qarab, boyagi voqea asorati hamon taqib qilayotganini ko`rib turardim. Yuzidagi tabassumda beg`uborlik yo`qolib, sergap qiz birdaniga kamgap bo`lib qoldi. Shirin sezdirmasdiyu lekin biroz jahli chiqqandi. Mendan hijolat tortib, uyalardi. Hatto ko`zimga qarayolmayotganini sezdim.

- Shirin... Boyagi qizni gaplarini o`ylayabsanmi?

- Ha... - boshini ko`tardi, - Nega siz indamadiz? -dedi.

- O`zingchi?

- Men nimayam derdim? Birga emasligimizni bilib noto`g`ri tushunadimi, deb qo`rqdim! -dedi, hursunib.

- Men ham shuni o`yladim, - uni tinchlantirish uchun asta qo`lini siqib qo`ydim, - Aytganimizda nima o`zgarardi, baribir bizga yetti yot begona bo`lsa! -dedim.

Shirinni esa yarasini yangilab qo`yilganigami hanuz jahli chiqardi.

- O`zi g`alati qiz ekan, surushtirmay gapirganini qarang! -dedi.

- Aslida qizda ayb yo`q. U ham ko`rib turganiga ishonib gapiraverdi..

- Balkim!

- Kel bundan muammo yasamaylik!

- Ho`p...

Oraga tushgan sovuqlikni quvish haqida o`ylay boshladim. Buni qanday qilsh yo`lini topdim ham.

- Senga bitta qiziq latifa aytib beraymi? -dedim.

- Mayli ayting. Bir kulishaylik...

- Unda eshit; ``Yigit qizga SMS yozayabdti:

- Shalom shevgilim! Yaxshimishan?

Qiz hayron bo`pti:

- Jonim nega ``S`` harifi o`rniga ``SH`` harifini yozyabsiz?

Yigit:

- Og`zimda nosim borda-da, ashalim! -deyarmish.``

Shirin birpas o`ychan turdiyu, kafti bilan lablarini to`sgancha qiqirlab kulib yubordi.

- Tushindingmi? -dedim.

- Ha... Og`zida nosi bo`lsa, u yozayabdi ekan! -dedi, latifani ma`nosini shahrlarekan miriqib kulardi.

Shu ko`tarinki kayfiyat bilan uyga ham yetib keldik. Yana beton qorishtirish uchun harakatni boshladim. Shirin esa stulga o`tir olgancha, qo`lidagi chaqaloq kiyimchalarini paket haltasidan chiqarib olib taomosha qilardi. Hursandligidan kiyimchalarni bag`riga bosib, og`zi tinmay gapirardi. Kiyimlar qanday chiroyli tikilgani, beyjirimligi, matosining yumshoqligi yana men tushunmagan allanimalar haqida. Betonga suv quydim va ivib olguncha biroz nafas roslay deb Shirinni yoniga o`tirdim.

- Manabuni qarang, matosini ushlab ko`ring! -dedi, menga ham qo`lidagi ko`ylakchani uzatib.

- Qiziqsana Shirin, men qayoqdan bilaman! Bunaqa narsalarni ayollar tushunsa. Kelgin shularni oyinglarga ko`rsataqolgin! -dedim, qo`lini qaytarib.

- Uuufff... - qornini silagancha qovog`ini soldi, - Bolajonim amakingni qaraya, bir marta ushlab ko`rib: Shirin judayam chiroyligini tanlabsan barakalla deb qo`yishi shunchalik qiyinmikin? -dedi, jahil qilib yelkamni yelkasi bilan ohista turtib.

- Qani berginchi! - qolidan ishtonchani oldim, - Bolajon bu ishtonchangni chiroyliligini qaraya! Shirinxon onangni didli judaham balant ekana? -dedim menam Shirinni qorniga qarab.

- Bolajonim ayt; yomon amaki ekansiz, oyijonmi ustimdan kulmeng degin? -dedi.

- Yo`q bolajon. Sening oyijoni ustidan kulmayabman, bor gapni aytyabman! - ishtonchaga sinchiklab qarasam, rostdan notog`ri tikilgan ekan, - Iya bolajon men aslida aldayatgan ekanman-ku!.. Qaraya shoshqoloq oyingni a`qlini o`g`irlab qo`yibsan, bilmasdan senga teskari tikilgan ishtoncha tanlabdi, farosati oyijoning! -dedim, kinoyali iljayib.

- Nima? -dedi, hayron bo`lib.

- Nima, nima? Buni qara didi balant qishni qiz! Teskari tikilgan ekan-ku! -dedim, ishtonchani chokiga ishora qilib.

- Aaaa! - bosh chayqagancha jilmaydi va qornini siladi, - Bolajonim amaking rosdan ham hech nimani tushunmas ekanlar! -dedi ustimdan kulgandek labini tishlab.

- Kim tushunmas ekan?

- Sizda!

Shirin qo`limdagi ishtonchani olib tushuntira boshladi. Aytishicha chaqaloqlarga kiyimini bo`rtmalari botmasligi uchun, chokini tashqariga qilib tikishar ekan!

Shirinni so`zlari qiziq tuyulib yuzimda kulgu zohir bo`ldi.

- Kulyabsizmi? Siz ham chaqaloq bo`lganizda shunaqa kiymlar kiyganizni unutmen! -dedi.

- Sen chaqaloq paytimni ko`rganmisan?

- Ko`rmasam ham bilaman!

- Bilmas ekansan u paytda ham modaga qarab kiyinardim...

- Olasiza, gapniyam!

Hazil, huzib bilan kayfiyatimiz hushlab suhbatlashib o`tirgandik. Uni qorni qimirlab qo`yayotgani ko`rib qoldim.

- Shirin qorning qimirlayabdi!

- Bolam tepyabdi, - mehir bilan qornini silagancha o`rnidan turdi, - Mana turdim, jonim turdim!

Qiziqib so`radim:

- Pastdan qanday buyruq bo`lyabdi?

- Oyi o`tirmasdan turib, u-yoqdan-bu yoqqa yuring deyabdi! -dedi kulib.

- Ishqilib tug`ulaman demayabdimi? -dedim, birozgina havotir bilan.

- Yo`q hali bor... -dedi, bolasi tepinib harakat qilayotganidan allanechun sevinib.

- Unda yaxshi!

Yaqinimga keldi, so`roqsiz qo`limni ushlab kaftimni qorniga qo`ydi.

- Sezyabsizmi? - jilmaydi, - Tepyabdi, sezyabsizmi?

U bu harakatini go`yo beihtiyor bajardi. Lahza o`tib tushunganda esa, uyalganidan duv etib qizarib ketti.

Bir necha sonya bir-birimizga termulib qoldik. Qo`lim hamon uning qornida, biroq bola tepkisini sezmasdim. Kaftlarim bo`rtib turgan, kindikni his etardi holos.

Yuragimda achishgan og`riq turdi, ikki hovuch orasiga tushib qolgan qushchadek tipirchilay boshladi. Huddi yuragim qushchadek uchub ketayu, qaytib o`rniga kelmaydigandek tuyulardi. O`zimni tiyolmay Shirinni bo`ynidan quchub, boshini chap ko`ksimga qo`ydim.

Bechoragina titrab, yuragi hayajonga to`lib yuzini ko`ksimga bosdi.

- Nima qilganiz bu? - dedi, birov eshishitib qoladigandek shivirlab.

- Eshit...

- Nimani?

- Yuragim nolasini bir lahza tingla! - ohista chakkasiga yuzimni bosib ko`zlarimni yumqdim va qulog`iga shivirladim, - Armon yig`layabdi...

``Senga yaqin bo`lish menga qanchalik yoqimli bo`lsa, shuncha azob ham beradi. Maysal yaprog`iga qo`ngan shabnam tomchisini to`kib yuborish uchun tong saharda erkalangan subh sabosining ojizgina epkini kifoya qiladi. Shu onda mening yuragim ham o`sh yaproqqa qo`ngan shabnam tomchisidek omonat! Salgina turtki uni chil-chil qiladiyu, butun dard-og`riqlarini to`zondek olamga yoyadi. Bu to`zonda sen qolib ketishimdan qo`rqaman! Sendan yolvorib so`rayman, yuragimni hadikda qoldirib bunchalik azoblama!``

Shirinni asta qo`yib yubordim. Bu ishimdan shunchalar hijolat bo`lardim, buni so`z bilan tariflash qiyin. Shirin ku gapirmasam ham bo`ladi, uyalganidan ko`zimga qarayolmay yer chizardi. Lekin o`zimda jurat topib birozgina engashib kaftimni yana uni qorniga qo`ydim.

- Bolajon sen ham yuragim ovozini eshitdingmi? -dedim.

- Ha, lekin tushunolmadim, deyabdi... -dedi Shirin ko`zimga qarashga urunib.

- Bolajon bu yuragim sen uchun ham o`z eshiklarini katta ochib seni juda yaxshi ko`rishini aytdi! -dedim.

- Oyijonimnichi deyabdi? -dedi, Shirin.

- Hafa bo`lmaginu, oyingni biroz kamroq!

Shirin jilmaydi, endi u ko`zlarini olib qochmasdi...

* * *

Hovlidagi ishni tugatgandan so`ng oradan bir oycha vaqt o`tgandi.

O`sha kuni, qo`shni qishloqda bir hoji otani hotirasiga bag`ishlab o`g`illari tomonidan qishloqlararo uyushtirilgan futbol musoboqasida edik. Sovringa kattagina qo`chqor tikilgan edi. Birinchi bosqiqdan o`tganimiz nishonlab kunni kech qilib uyga qaytgandim. Shu kuni onam suyunchiladilar; Shirin shiringina qizaloqning onasi bo`lgani aytib. Eshitib ko`nglim tog`dek ko`tarildi.

``Umri uzoq, baxti-saodatli qiz bo`lib ulg`aysin ilohim!``

Shu orada ikki, uch kun vaqt o`tti. Kechki ovqat ustida edik. Nuriya ammam chaqirib kirdilar.

Salom alikdan so`ng, kichik qog`zchaga yozilgan telefon raqamini tutqazdilar.

- Rustam, telefoningda manabu raqamga qo`ng`ir qilib bergin. O`zimni telefonimni puli tugab qolibdi!

- Ho`p bo`ladi...

Raqamni terib, telefonni ammamga uzatdim. Telefonni olib o`rnilaridan turib nari ketdilar. Biz quloq tutmasdik, ammo masofa uzoq bo`lmagani uchun ammamni: yeg`lama, hammasi yaxshi bo`ldi, ko`nglini to`q qil degan so`zlarini shundoq eshitib turardik. Ammam 4, 5 daqiqa suhbatlashgach telefonni qo`ydilar. Shirin bilan suhbatdan kayfiyatlari tushub ketgandi.

- Nima bo`ldi Nuriya? - dadam hovotirlanib so`radilar, - Hech qanday muammo yo`qmi? Shirina qiziz, chaqalog`i sog`-omoni?

- Ha ularni ikkovlari ham ollohga shukur yaxshilar!

- Unda nima gap, nega yig`lama dediz qizizga?

- Ko`rmaysizni bu qiz tushmagurni ko`nglini nozikligini! - ular mahzun jilmaydilar ammo ichki bir ezilish bilan so`zlarni davom ettirdilar, - Hamshiralar boshqalarga yaxshi qarab, ung yaxshi qaramagan emish, shu ko`ngillariga og`ir botib yeg`latibdi...

- Iyaaaa! Nega yaxshi qaramaydi?

- Tushunarli, - onam suhbatga aralashdilar, - Bazi hamishiralar poraho`r bo`lib ketishyabdi, cho`ntagiga biroz pul qistirmasez ko`ngildagidek e`tibor berishmaydi!

- Tavba... -dada dimog`ida kinoyali kuldilar, - Insof bersin...

Oraga skunat cho`kdi, hamma ko`zi so`ri chetiga o`rnatildan televizirdayu, lekin hayollari boshqa tomonlarda.

- Haligi aka!.. - Nuriya ammam bu skunatni buzdi, - Ertaga Shiringa ruhsat berishar ekan. Mashinayzda borib olib kelsak degandim. Shunga votiz bo`ladimi? -dedilar.

- Ha, mayli bemalol, - dadam men tomon imladilar, - Mana Rustam olib borib keladi... -dedilar.

- Rahmat... - ammam birozgina iymanib menga murojat qildi, - Shirin qattiq tayinladi. Tong yorishmay vahli borilar deya! O`g`lim sal vahliroq harakat qilasanda ho`pmi?

- Ha, hovotir bo`lmang, hammasi siz aytgande bo`ladi, -dedim.

Nuriya ammam kelishib olgach, o`rnidan turdi. Onam eshikkacha kuzatib qo`ydilar. Eshik oldida ham bir nimalarni gaplashib, bir muddat turib qolishdi. Onam qaytib kelganlarida ular ham o`ychan, tushkun bir holatda edilar.

- Onasi tinchlikmi?

- Nuriya ham ancha cho`kib qolibdi, - degancha bosh chayqadilar, - Afsus Shirin qizni ham taqdira, ohshamadi...

- Shuni ayt onasi, Shirana boshqacha qiz edi!

- Boyaqish hozir har doyimgidanda ko`proq e`tiborga muhtoj, - onam o`ychan bosh chayqadilar, - Eshitdizmi dadasi, tong yorishmay kelilar deganini?

- Haa! - dadam tajublanib onamga qaradilar, - Nima dimoqchisiz?

- Dadasi hozirgi yigitlar, to`g`riqxonadan oylasini olib chiqishni ham dabdabali qilib yuborishyabdi. Uzun mashinalarda, video tasmalga oldirib, karnay surnalar bilan, eh-hee!!! - onam kuyunish bilan tebrandilar, - Shirin qiz eridan ajrashgan. Uyerda esa har kuni derazadan chaqaloqlarni qanday olib chiqib ketishayotgani ko`rib turadi...

Onamnini bu gaplaridan keyin, nima uchun Shirin; tong yorishmay kelilar deganini tushundim. Shirinning ko`nglidan nimalar o`tayotgan ekan? Bu faqat uning o`zigagina ayon!

- Oyi, dada! Ertaga Shirinni chiqishiga videochi chaqirtirib, karnar surnaylar bilan chiroyli tasvirlaga tushurtirsam qalay bo`larkin?

- O`g`lim sohtalikni nima keragi bor? -dedilar, onam.

- Sohtalik bo`lsa ham Shirin yaqinlari e`tiborini his etsa o`ksib yurmasdida! Aytishidayu qiz ko`ngli gul deb...

- Fikring menga maqul o`g`lim, - dedilar dadam men tomon bo`lib.

- Shiringa zo`r surpiriz tayorlayki, hali o`ziham hayron qoladi... -dedim, o`z rejalarimdan o`zim zavqlanib.

- Shoshma o`g`lim! - onam yana e`tiroz bildirdilar, - O`z bilarmonlik qilmasdan avval Nuriya bilan gaplashib qilganing yaxshi, bu ishni!

- Ho`p oyi...

Shirinni baxtiyor ko`rish, ko`nglini ko`tarish uchun chiroyli niyatni ko`ngilga tuyib qo`ydim. Tong otgach, Shirinni olib kelgani ketmasimizdan avval niyatimni ammamga aytdim. Unchalik hohishlari bo`lmasada, lekin e`tiroz bildirmadilar.

- Mayli o`g`lim o`zin bilasan, biroq juda oshirib yuborma! -dedilar.

Hullas ammam bilan kelishgan holda, ularni to`g`riqxona eshigi oldida qoldirib, o`zim rejamni amalga oshirishga kirishdim. Videochi va fotagirif yigitlarni, hiyobonda ishlaydigon multfilm qahramonlari libosini kiyadigan ikkita aktiyor topdim. So`ng chiroyli guldasda, quchganda quchoqni to`ldiradigan oppoq yumshoq ayiqcha sotib oldim.

Hullas ana-mana deb to`g`riqxonaga borganimda soat 9 dan oshgandi. To`g`riqxona xovlisiga mashinani olib kirdim. Eshik oldida, Shirinni onasi, opasi va yana ikki ayol turishardi. Ulardan biri Shirinni sobiq qaynonasi edi. Shiringa ozor bergan insonni onasi. Sovuq nigohlari bilan atrofga bemano alanglar, Shirinni chiqishiga bo`layotgan tayorgarlikni ko`rib kibirli chehrasida istehzolga to`la, zaharli tabbasum balqib turardi.

Ichkarida chaqalog`ini ko`targancha Shirin chiqib kelayotgandi. Uni munosib qarshilash uchun qo`limga guldasta oldim.

- Hoy yigit! - boyagi ayol deyarli yo`limni to`sdi, - Siz kimsiz?

- Akasiman! -dedimda ayolni yo`limdan surib tashladim.

Shirin chiqdiy kutilmagan surpirizdan biroz esankirab qoldi. Hamma tabriklay boshladi. Ammam qo`lidagi chaqaloqni olganlaridan so`ng men ham guldastani tutqazib tabrikladim. Yonidagi ikkita hamshiralarga suyunchi berdim.

Shirin esa hamon o`ng`aysiz bir ahvolda, qimir etmay turardi.

- Shirinxon! - unga yaqin kelib shivirladim, - Jilmaying sizni tasvirga olishyabdi, -dedim.

Shirin jilmaydi, lekin ko`zlarida yolqin yo`q. Nigohida to`la istirob, zimdan chaqalog`ini ko`tarayotganlarni kuzatadi, qaynonasiga qaraydi.

Davomi bor...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (6 - Qism.)

Ammamni bu gaplaridan keyin, maktubim Shiringa yetib ham bormaganini tushundim. Biroz yurak to`la alam bilan allaqachon mening yuragimdan yulib olib, o`zganiki bo`lishni taqdiriga bitib qo`yishgan, muhabbatim Shirinimga…

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (7 - Qism.)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim… Avvalgi Qismlar… (7 - Qism…) Meni ko`rib spurishdan to`xtadilar. Ular bilan ming hijolatda salomlashdim. O`sha kungi ishimdan ranjigan bo`lsalar kerak deb o`yladim.

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (8 - Qism.)

Bahor oyida uyni bir sidirg`a remontdan chiqargandik. Pundamentiga granit yopishtirildi, lekin ustalarni tig`iz vaqti sabab, hovli yuzasiga biton plita yotqizish kechiktirildi. Yozga chiqib, shu ishni tugatib qo`yishga qaror qildim.

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (10 - Qism.)

Qaynonasi chaqaloqni qo`liga olib erkalay boshladi, shu asnoda oylani yana birlashtirishga shama qilib bir-ikkita gap qistirdi. Uning bu ilmoqli gaplaridan, Shirinni jahli chiqib qizarib ketdi, biroq indamadi.

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (11 - Yakuniy qism.)

Oydin tunda suhbatlashib, biz o`zimiz `jin ko`cha` deb ataydigan muyulishga kelganimizda, oy yon tomonimizga o`tib, soyalarimiz ariq bo`yidagi tollar poyiga yonboshladi. Shu top birdan Shirin vahima aralash, huddi…

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar. ( I - QISM.)

- Yoshlik chog`larimda do`stim Husniddinning, bobosi Nabijon buvani o`z bobom qatorida yaxshi ko`rardim, u kishiga havas qilardim. Sababi muruvatli, doyimo o`zgalarga yaxshilik qilishga oshiqadigan, bag`ri nihoyatda…