Xtales.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (11 - Yakuniy qism.)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

Avvalgi Qismlar...

(11 - Yakuniy qism...)

Oydin tunda suhbatlashib, biz o`zimiz ``jin ko`cha`` deb ataydigan muyulishga kelganimizda, oy yon tomonimizga o`tib, soyalarimiz ariq bo`yidagi tollar poyiga yonboshladi. Shu top birdan Shirin vahima aralash, huddi sharpalar taqib etayotganday o`sha tomonga ko`z tashlab pinjimga kirib ketguday yaqinlashdi.

- Nima! -avvaliga tajjublandim, lekin qo`rqayotgani tezda fahimladim, - Tinchlikmi?

- Shu... Shu tollarni kesib tashlashmadida! Kimga kerak o`zi! -dedi, qo`rqayotganidan ovozida salgina qaltiroq turib.

- Iya!.. Gullar malikasi, qo`rqib kettingmi? - kuldim, -Men yoningdamanku!... - o`zimni botir ko`rsatib Shirinni bu yoniga o`tqazdim. Yelkasiga do`stona qo`l tashlab oldim. - Qo`rqma men har kuni shu yerdan o`taman. Qo`rqsang kalima qaytar, yaratganni o`zi asraydi har qanday balo qazolardan.

Aslini olganda o`zim ham juda botir emasman, ins-jinslar borligiga ishonaman. Shuni uchun beymahalda, doyim kalima qaytarib yuraman, ayniqsa bu tunda vahimali bo`lib qoladigan yo`ldan yurganimda.

O`zimham ichimda kalimda qaytara boshladim. Shirin esa astoydil ovozini chiqarib shivirlagancha kalima qaytarardi. Shu top, tollar panasida allina shitirladi. Shirin yanada qaltirab, pinjimga suquldi. Oy oydin bo`lsada, tollar panasida bizga qarab turgan sargimtir jonvorga ko`zim tushdi. Engashdimu, yo`ldan biri tuhumday, biri yong`qday keladigan toshlarni olib, o`sha tomonga ketma-ket uloqtirdim. Biriga chap berib qochidiyu, ikkinchisi borib oyog`iga tegdi... Eeh bechora it vangillaganch qochib qoldi.

- It ekankuuuu! - dedi Shirin ko`ksiga ``tuf-tuf`` deb tuflab qo`yarkan.

- Eee gullar malikasi... Seni deb Qodir novvoyni begunoh kuchuki, kaltak yediya!

- Ayib egasida, kech bo`lganda, eshigini berkitib qo`ymaydimi?!

- Qo`rqib ketdingmi? - uni tinchlantirish uchun asta uning qo`llaridan, tutdim, - Yoningdamanku, qo`rqma!

- Rosa kech qoldikda! - allanechuk sovuqqina, qo`lini tortib oldiyu, ildamlab qadamini tezlatdi, - Tezroq yursak bo`lardi...

Indamay ortidan yurdim, biroz yurgach sekinlab ortiga qayrildi, boyagi ishidan keyin gapirshdan to`xtab jiddiylashib qolganimni ko`rgach, ko`nglimni ko`tarishni istadimi jilmayib qarab, yelkalarimiz tegar darajada yaqinlashib oldi.

- Shirin senga bir qiziq narsa aytib beraymi? -dedim, salgina ko`z tashlab. U bosh irg`adi. - Bir kuni yoshina yurak onasidan beyso`roq yolg`iz sayrga chiqibdi. Sakrab o`ynab, hiyobon aylanib yurar ekan, nogoh qarshisidan o`ziga oxshagan yana bir jajji yurakcha chiqib qolibdi... -dedim, unga termulib, birzum jim qoldim.

- Keyinchi? - qiziq tuyulgandek u kuldi, - Shu holosmi?

- ``Kel ikkimiz do`st bo`limiz`` deb aytibdi birinchi yurakcha ikkinchisiga qo`l uzatib. Ikkichi yurakcha ham birinchisini qo`lidan tutibdi... Ikki yurakcha do`stliklaridan baxtiyor bir, birlariga jilmayib qarashibdi. Birga sayr qilishibdi, o`ynab kulishibdi. Tushga yaqin, biroz charchoq yozish uchun yo`l yoqasidagi o`rindiqqa o`ltirishibdi. Shu choq ko`zlari biroz narida ularni diqqat bilan kuzatib turgan alomat kimsaga tushibdi...

- Alomat kimsa? -dedi yanada qiziqib.

- Ha, darvesh kiyimidagi alomat kimsa... O`sha alomat kimsa, ikki yurakchani yoniga kelib ulardan so`rabdi: sizlar bir-biringizni sevasizmi? Ikki yurakcha baravariga yo`q degan javobni aytishibdi... Shunda alomat kimsa nima debdi bilasanmi? -dedim Shiringa qarab.

- Yo`q!

- U alomat kimsa qah-qah otib kulibdi va shunday debdi. Muhabbat aslida bu tuyg`u oshiqlar tillarida unsiz kechadi. Zero, chin oshiqlarning tillari emas dillari so`zlaydi, debya ularning orasiga suqulib o`rindiqqa joylashibdi. Avval ikkinchi yurakchaga qarab jilmayibdi va birinchi yurakchaning qulog`iga shivirlab shunday debdi: Yonindagi yurakcha sening qalbinga egalik qiladi, sen esa unikiga, bundan benihoya baxtiyor bo`lasan, lekin shuni unutmaginki hali sizlarni hijron atalmish yovuz taqib etadi...

- Hijron... - Shirin shivirladi, bu aytayotganlarim biz haqimizda ekanligini tushunib, - Naqadar yovuz so`z! -dedi, homushgina menga qarab.

- Ha, yovuz! - Yana jurat etib Shirinni qo`llaridan tutdim va so`zimni davom ettirdim, - Alomat kimsa yana shunday dedi: Hijronni yovuz deb atashga shoshmang! Hijron bu oshiqlarning ko`ngillariga misilsiz istiroblar yog`diruvchi va ularning muhabbati nechog`lik sof ekanligini sinovchi tuyg`udir!

So`ng alomat kimsa ikkinchi yurakcha tomonga o`grilda va uning qulog`iga ham shivirladi... -dedim.

Gapirishdan to`xtadim. Oraga bir muddat jimlik cho`kkandan so`ng Shirin boshini ko`tardi.

- Alomat kimksa ikkinchi yurakchaga nima dedi?

- Bilmadim! - ko`zlariga qarab, bosh chayqadim, - Bilmadim... Lekin sen bilasan!

- Menaaa?

- Ha... - aytganlarimni sharhlay boshladim, - Birinchi yurakcha bu sen bilgan inson. Ikkinchi yurakcha men bilgan... Bu ikki yuarakcha tanishgan sayr qilgan, o`zlarini baxtiyor etgan makon ishq saltanating bog`lari edi. Ularga uchragan alomat kimsa esa, o`sha ishq saltanating darvesh qiyofasidagi qiroli yani muhabbat... Hozir o`sha ishq saltanating qiroli muhabbat, birinchi yurakchaning qulog`iga shipshigan so`zlarni senga aytib berdim. Ikkinchi yurakchaga aytganlarini esa, sendan bo`lak hechkim bilmaydi! Agar meniga ham aytish istaging bo`lsa, jon qulog`im senda...

Shirin so`zlarim ma`nosini, nimaga shama qilganimni allaqachonlar tushunib bo`lgan. Biroq javob qaytarishga ojiz ekanligini juda yaxshi bilaman. Bunga esa yetarlicha sabablari ham bor. Oraga uzoq jimlik cho`kdi.

- Shirin... - so`zimda davom ettim, - Yoshligimizda o`ynagan o`yinlarimiz esingdami?

- Qaysi biri? -dedi.

Qo`llarimiz omonat tutashib kelayotgandi. Uyga yaqin kelib qolganimizni sezib, sekin qo`lini bo`shatib oldi. Tezgina qo`lidan tutdim va barmoqlarini barmoqlari orasiga o`tqazib mahkam ushlab oldim. U qo`llarini bo`shatishga bir, ikki bor urunib ko`rdi lekin qo`yib yuborishimni so`ray olmay jimgina shu holatga ko`ndi. Titrayotgan qo`llarini, ohista siqib olgancha, so`zlashda davom ettim.

- O`shanda 7 yashar bolamiz. Qish fasli maktabdan chorak tatiliga chiqqan edik. Birinchi qor yog`ib berdi. Manashu ko`chada rosa qor o`ynab balonda sirpangan sirpangan edik...

- Haa yodimda! - Shirin jilmayib men tomonga qarab qo`ydi, - Balonga arqon bog`lab olib, meni rosa sirpantirgan ediz. Keyin anavoi yerda katta qorbola yasagandik...

- Rost, barchasi esingda ekan. Bolalik qilib rosa qor ham yegandik. Ertasiga esa ikkimizam tomo` og`rig`idan qiynalgandik. Oqibatda esa bir hafta jazolanib ko`chaga chiqishimiz taqiqlangan. O`sha paytlarda dadam, oyim ishda, ammam esa non sexida ishlar edilar. Uyda opalarimiz bilan yolg`iz qolardik. Sizlar qizlar o`yinlarini o`ynab o`tirar edilar, men esa Xolida opamni chalg`itib ko`chaga qochib qolish payida bo`lardim...

- Yodimda! - kuldi, - Sho`xlik qilib, Xolida opamni rosa bezor qilardiz...

- Sizlar meni uyda olib o`tirish uchum kelin, kuyov o`yinini o`ylab topgansizlar a?

- Ha!

Shirinni yodiga tushib, jilmaydiyu uyalib ko`zlarini olib qochdi.

- Menga dadamni do`ppisini kiyg`azib, belimga belbog` bog`lashlab kuyov qilishgan. Seni esa boshinga onamni harir rumolini yopib kelin... Esingda bo`lsa Noz opam bilan Xolida opam hammasi kattalardek bajarishardi. Devordagi gilamga paxta bilan yozib, magnitafon qo`yib, dasturxon tuzab to`y qilardik!

- Yodimda, - Shirin uyalibgina shivirladi, - Bolalikdagi o`yinlar edida. Tushunib tushunmay o`ynayverardik!

- Bu o`yinlar emas, aslida orzular edi... Yurakda hamon o`sha orzular yashamoqda!

- Qo`limni qo`yib yuboring, - Shirin ko`zimga qaramay, hursungancha darvozasi tomon tikildi, - Uyga yetib keldik!

Qo`lini qo`yib yuborishga shoshilmay asta yo`lini to`sdim, u ham noiloj to`xtadi. Asta u qo`lidan ham tutdim.

- Qo`yvoring... -dedi, sekingina e`tiroz bildirib.

Qachon unga bunchalik yaqindan ko`zlariga qaraganimni eslay olmayman. U qo`rqa boshladi, nafas olishida tartib buzuldi. Qo`llarida titroq turdi, ko`zlarini olib qochib, boshini salgina egib oldi. Peshonaga yozgan taqdirimiz sababli, hozir unga dilimni ochishimni foydasi yo`qligini juda yaxshi bilaman. Lekin aytmasam, yorilib ketadigandekman.

- Hoz shu topda senga uch so`zni rosay aytgim kelyabdi. Shirin men seni...

- Yo`q, - shosha pisha, qo`llarini tortib oldiyu, kafti bilan og`zimni to`stdi, - Hech narsa demang, yo`qsa hammasi tamom bo`ladi...

Insonga alam qiladi. Taqdir qismatingni shu qadar chigallashib qo`yarkanki, hatto suygan insoning ko`ziga qarab ``MEN SENI SEVAMAN`` deyolmas ekansan! Shirin meni nima uchun to`xtatdi, buni bilaman. U taqdir yo`llarimiz boshqa-boshqaligiga allaqachon ko`nib ulgurgan. Ertami indinmi baribir boshqa inson bilan birga bo`lishimni biladi. Shirin qalbi pok inson, hozir qalbdagi sevgimiz tilimizda yangragudek bo`lsa, keyinchalik uchinchi inson yonida gunohkordek yashashimiz mukunligidan cho`chiydi! Shuni uchun qalbimizdagi pinhon muhabbatimiz pinhonaligicha qolgani, ikkimiz uchun ham yaxshi... A`qlan o`ylansa, men ham buni tan olaman, lekin ko`ngil ko`nmaydi, har qanday vaziyat bo`lmasin kichik bo`lsa umid yashayveradi...

- Asal qizing ham katta bo`lyabdi, bir kun u so`raydi: dadam qani deb! Shirin o`shanda unga nima deysan?

Yig`lab yurdi, bir zumda ko`zlari jiqqa yoshga to`ldi.

- Siz uylanmagan yigitsiz, men esa bolali juvon!

- Bu menga qiziq emas!

- Odamlar gapirganda izzat-nafsizga tegib boshiz egilib qoladi...

- Kim gapiradi? - jahlim chiqib ketti, - O`sha gapiradigan insonlar kim bilasanmi? Ular o`zi hayotda baxtsiz insonlar. Or-nomus, izzat-nafs, g`uru haqida bong urishaduyu yaxshilab surushtirsang o`zlarida o`sha narsalarni topolmaysan! Aslida o`sha hislar mavjud insonlar, bu narsalar haqida umuman gapirishmaydi. Qolganlarni gap-so`zlariga parvo qilmayman...

- Amakim, holamlarchi? - Shirin alam bilan hursindi, - Ularni orzu havasi, el o`rtasidagi obroo-e`tiborlarichi? -dedi, yeg`lamsirab.

Balki ulardan iltimos qilsam menga quloq tutishar. Biroq o`sha iltimos qilishimni o`ziham, ularga nisbatan adalotsizlik bo`lardi.

- Ko`rdizmi! - Shirin ingroq ovozda yig`lab, ko`z yoshlarini artdi, - Taqdiru ilohiy qarshisida ojizmiz!

Alam bilan qo`lsiltab, hayrlashdiyu uyiga yugurdi...

* * *

O`sh Shirin bilan ohirgi marta, yurakdan suhbatlashib hayrlashgan joyimizga kelganda to`xtadim. Uni darvozasiga, hira shula sochib turgan derazasiga bemano tikilgancha o`tgan bir kunimni sarxisob qilaman. Shu bir kunda qanchadan-qancha hotiralarimni titkilab chiqdim-a! Yaxshi, yomon damlarni, dilkash suhbatlaru, alam bilan hayrlashgan nigohlarni esladim...

Avazni to`yidan qaytayotgan kunimizdagi suhbat yakuni ko`ngildagidek o`tmagandi. Shirin yig`lab uyiga kirib ketgani uchunmi, shu bir yarim oy mobaynida 2, 3 bora to`qnash kelib salomlashganimizni hisobga olmasak u o`zini mendan olib qochib yurdi. Mayli bu holatga men ishda bo`lganligimni rujuv qilib, o`zimni ovutarman. Ammo bugun unga kelgan sovchilarni qanday taqat qilaman hayronman.

Undan butkul ayrilib qolishimni o`ylaganim sayin ichimda yoqimsiz sovuq harorat bosadi. Yuragim bezovt, betoqat bo`laveraman. Huddi tepamda armon qamchi o`ynatib, so`ngi umidlarimni ham quvib solayotganga o`xshaydi!

Bir nima qilishim kerak, lekin nima? Ojizligim amal qiladi.

Biroz o`ylab ko`rib, beodoblik bo`lsada derazasini chertishga jazim qildim.

- Shirin... - uch bor deraza oynasini chertdim, - Shirin... Bu men Rustam! - dedim past ovozda chaqirib.

Ichkaridan javob bo`lmadi ammo parda ortida shappa paydo bo`ldi. Cho`chimasin deya telefonim fanarini yoqib, o`zimga tutdim. Pardani cheti qayrilib Shirin mo`raladi. Menligimga ishonch hosil qildi chog`i, deraza tokchasi chetiga o`tirib asta ochdi.

- Assalom alaykum! - havotirlanib usti boshimga bir sidirg`a nazar tashlab oldi, - Tinchlikmi?

- Va`alaykum assalom... Shirin bemahalda bezovta qilganim uchun kechir!

- Nega buncha tashvilisiz? O`ziz yaxshimisiz?

- Mendan hovotir olma! - devorga suyandim, - O`zing yaxshimisan?

- Ha, yaxshi!

- Uylaringa mehmonlar kelibdimi?

- Hmm!

Hursindida yuzini u tomonga burdi.

- Mehmonlar qanday javob bilan qaytishdi? -dedim.

- Bilmadim... - kiprik ostidan bir ko`z tashlab, ayibdorday boshini quyi soldi, - Ihtiyorim oyimda! -dedi mahzun pichirlab.

- Barakalla, sen bilan fahrlanaman, - orqamni devorga suyam undan yuzimni burdim, - Uylansam olloh menga ham qiz farzand berasa, uni senga o`xshagan ota-onasiga itoatkor bo`lishini juda-juda istardim... -dedim.

Sochimga barmoqlari tegdi, sal o`tib o`pkasi to`lib, chuqur nafas oldiyu o`rnidan turdi.

- Asalni ustini yopib qo`yay! -dedi.

Shirin parda ortiga o`tib ketti. O`sha yerda bir muddat turib yig`lab oldi. Jinday vaqtdan so`ng yana qaytib joyiga o`tirdi.

- Rugzak ko`tarib qayoqdan kelayabsiz? -dedi pichirlab.

- Gapdan, futboldan...

- Hmm! - birozgina engashib hidladi, - Sizdan may hidi kelyabdi!

- Ikki qadaq ichkandim, -dedim.

- Hmm! - tanbeh berishga jazim etmadi, - Bugun jiyanlariz, Xolida opamlar mehmonga kelishgan...

- Yaxshi!

- Qandaydur zarur ishlari bor shekili, Xolida opam sizga rosa telefon qilib tusha olmadilar...

- Telefonimni PELOT rejimiga o`tqazib qo`ygandim!

- Sizdan jahillari chiqqandi, qandaydur uchrashuvga bormagan ekansiz?

- Xolida opam menga qiz topibdilar, shu qiz bilan uchrashuvga borishim kerak edi!

- Sizni uylashmoqchimilar? -dedi go`yo bu xabardan baxtiyordek jilmayib.

- Ha uylashmoqchi!

- Yaxshiku, tabriklayman!

- Rahmat! - tabrigidan jahlim chiqib kuldim, - Senga sohtalik yarashaydi. O`zingni mamnun ko`rsatib odamni g`ashiga tegma...

- Kechirasiz!

- Kechirdim... Endi derazangni yopib joyinga kirib yot, bo`lmasa men seni oldingdan ketolmay turaveraman! -dedim.

- Ho`p hayr, yaxshi dam oling!

Shirin hayrlashib, derazani berkitib parda ortiga o`tganidan so`ng men ham uyga kirdim. Chindanam opam kelibdi. Dada, jiyanlarim uhlab bo`lishibdi. Opam va onam meni kutib o`tirishgan ekan. Salomlashib ulgurmasimdan opam men uchrashuvga bormay uni uyaltirib qo`yganimni aytib javray boshladi. Negadur asablarim dosh bermay, o`zimni yo`qotib opamni so`kib yubordim. Uni ko`zlari ko`rligini aytib haqoratladim. Onamni aralashuvidan so`ngina xonamga qaytdim. Chiroqni o`chirmadim, tun qo`ynida o`tmish hayollariga shung`ub ketishdan yana o`z qalbimga azob berishdan qo`rqdim. Devonga ko`ndalang yo`tib olgancha uhlashga urundim. Oradan o`n daqiqa o`tar-o`tmas eshik taqqilladi. Bu opam ekanligini sezdim.

- Kiravering opa!

Opamni yanoqlari qizaribdi, bundan chiqdi boyagi haqoratimdan so`ng yig`lagan. Opamni shu choqqacha so`kmagan, haqorlatlamgan edim. Mehribonimni dilini og`ritganim uchun, yuziga ham qarashga uyaldim, ich-ichimdan afsuslana boshladim. Opam inday kelib yonimga o`tirdi.

- Gaplashib olishimiz kerak? -dedi.

- So`kkanim uchun kechiring opa, jahil ustida og`zimdan chiqib ketti... -dedim mehribon opamni ko`nglini og`ritganim uchun issig`ida kechirim so`rab.

- Senga nima bo`lyabdi Rustam? - kechirim so`raganimdan so`ng sal bo`lsada chehrasi ochilb, yelkamga qo`lini tashladi, - Nega telefoninga tushib bo`lmayabdi? Uchrashuvga nega bormading? Bu nima yurish, nega aroq ichib olding? -dedi, savol ketidan savol yog`dirib.

- Eee opajonim, munchayam onamga o`xshab be`sabirsizaaa?

- Oyimni qizi bo`lganimdan keyin o`xshaymanda! - opam g`ashimga tegib, hazillashib yuzimdan chimchaladi, ayyorona kuldi, - Rustam kel bugun opa-uka bo`lib dardlashamiz, hasratlashamiz-a?

- Tavba topgan gapizni qarang opa! Akam bo`lganizda ham boshqa gap edi...

- Sen yonimda opam emas akam o`tiribdi deb tasavur qilgin!

Opamni bu gapidan keyin kuldim.

- Afsuski fantazyam u darajada boy emasda, opa!

- Ko`nglim sezib turibdi, seni bir nimalar qiynamoqda, - bo`sh kelmay, opalarcha mehir bilan sochlarimni silab to`zg`atdi, - Ukajonim bo`l opangga dardingni to`kib sol, jim o`tirma yori?

- Yong`oqmidim yoriladigan! - opamni qistovga olishidan achchiqlanib, o`rnimdan turib deraza oldiga bordim, - Opa kirib uxlasezchi yarim tunda boshimni qotirmasdan!

- Sen bilan masalani hal qilib olmaganumcha uhlay olmayman... - opam qo`limdan tortib, yana joyimga o`tqazib qo`ydi, - Yoki Rayhona yoqmadimi? To`g`risini aytaver, yoqmagan bo`lsa boshqa qizlar bilan uchrashtirib qo`yaman-aa!

- Rayhonani dahli yo`q, boshqa gap!

So`kkanimga ham qaramay, ukasiga mehrini nomoyish etayotgan opamga qarab, balki ularga dilimdagilari aytib yengil tortarman degan fikr miyamga quyulib qoldi. Lekin gapni nimadan boshlashni bilmasdim.

- Kelgin Rustam o`ychan o`tiraverma, gaplashaylik?

- Opa meni qanchalik bilasiz? -dedim nihoyat gaplashishga qaror qilib.

- Uuumm! - opam kuldi, - Harqalay sen o`ylaganingdan ko`proq!

- Demak umuman bilmaysiz!

- Ukajonim bu gaping bilan opangni haqorat qilyabsan! - yolg`ondan arazlab qovoq uydi, - Demak oldingda qadrim shunchalik past ekanda?

- Qadriz balant...

- Qadrim balantligi uchunam dam ko`ziz ko`r, dam meni bilmaysiz deya tana qilayotgan ekansanda?!

- Yomonlik izlamang, men bekorga aytmadim... Aytingchi yoshlik paytlarizni qanchalik eslay olasiz?

- Oz-moz! - tajjublandi, - Nimaga yoshlikni eslab qolding?

- Shunchaki... Esizda bo`lsa ota-onam sizni doyim menga javobgar qilib ketishardi. Ko`pincha meni aybim uchun siz gap eshitardim. Shunday vaqtlarda hafa bo`lib yeg`lardiz...

- Boyagi gaplaringdan keyin ham yeg`latding opangni!

- Kechirin... Men tufayli ko`ziz yoshlangani ko`rib, men ham ezilib ketaman. Siz yolg`iz opamsiz, meni sababli gap eshtmasin, yig`lamasin deb doyimo aytganizni qilardim... Esizda bo`lsa bobomlarni mahallasiga borib, do`stlarim bilan futbol o`ynab kelishim uchun sizdan soatlab ruhsat berishizni so`rab yalinardim. O`sha vaqtlarda sizdan qochib ketib o`ynab kelish men uchun hechnarsa emasdi, lekin opam gap eshib ko`zi yoshlanmasin deb manashu uyda, uchta qizni xolakam-xolakam o`yini tomosha qilib o`tirardim... Sizni yaxshi ko`rganim, qadringizni balant tutganim uchun, shu choqqacha hech bir so`zizni ikki qilmaganman!

- Bugun ikki qilding-ku?

- Siz super opasiz men haqimda qayg`urasin, doyim g`amimni yeysiz, hamma narsaga e`tiborlisiz... Lekin opa ukayzni ko`ngliga kelganda u bilan hisoblashishni unutib qo`yaysiz, manashu alam qilyabdi...

- Ahir senga yaxshi bo`lsin deyabmanu? Shuni uchunam qiz topyabman...

- Men sizdan qiz topib bering deb so`radimmi?

- Yoqtirganin bo`lsa o`zing ayt, biz uni kelin qilamiz!

- Rosdanmi? - kinoya bilan kuldim, - Vada berasizmi?

- Ha, o`zin oyim aytaman!

- Sevganim bor u Shirin...

- Shirin! - opamni yuzida hayrat paydo bo`ldi, - O`zimizni Shirinmi?

- Ha opajonim, o`zimizni Shirin... Aytdimku ukayzni bilmaysiz deb. Nozima Xolida, sizlar ikkingiz bir qarashda risoladagidek mehribon, g`amho`r opasiz, lekin chuqurroq qaralsa boshqacha manzara paydo bo`ladi. Nozima opa ikkingiz, hozir ham ikkishilik marafonda yugurayotgan siportchiga ohshaysiz!

- Qanaqa marafon?

- Nozim opam bilan bolalikdan musoboqalashib kelayotganiz yolg`onmi? Oddiy misol; u non yopsa, siz ham yopishni o`rgandiz. Siz tikishni o`rgansez, u ham o`rgandi. Yoshlikdan hamma, hamma javhada bellashib keldilar. Bilim olishdan tortib, ro`zg`or ishlaridayu, orzularga yetishishda ham. Siz shifor bo`lishni orzu qilardiz, mana bolalar shifokorisiz! Nozima opa esa o`qtuvchi... Yillar o`tmoqda ammo bu bellashuv davom etmoqda. Bir yilda maktbni bitirib, bir yilda inistitutga kirdiylar. Bir fasilni o`zida birin-ketin turmushga chiqdilar. Ikkoviylarda ham bittadan o`g`il, bittadan qiz farzand bor. Turmush o`rtog`laringiz ham bir-biridan qolishmaydigan ajoyib insonlar! Opa sizlar shunchalik bu musoboqa berilib o`zlariz bilan o`zlariz bo`lib kettilarki! Shuncha yillar davomida Shirin ikkimizni bir-birimizga bo`lgan tuyg`ularimiz sezmadiylaram a?

- Men... - opam ayibdordek termuldi, - Men sizlarni do`st deb o`ylabman...

- Biz sevgimizni hammaga ko`z ko`z qilmadik... Tuyg`ularni tillarda emas, nigohlarda aytdik! Taqdir beshavqitlik qilib qancha istirob yog`dirmasin yurakdan qon yeg`lasakda, yuzimiz kulib turaveradi. Sizlar esa hamon sirtimizga qarab hulosa chiqarasizlar! Tiriklaru, marhumlar hammangiz o`zlarizcha taqdirimizni belgilashga urunasizlar... - achinarli yuzimni opamga ko`rsatishdan uyalib boshimni egib oldim, - Nuriya opa oqko`ngil, mehribon inson, bir so`z bilan aytganda tilla ayol. Bilsiz yoshligimizdan o`zimizga yaqin olib amma deymiz, hurmat qilamiz. Shunga yarashga bizlar bilan ammadek munosabatta bo`lishadi. O`tmishini eshitgansiz, erlari bilan ko`ng qo`yib oyla qurgan. Hatto o`lib ketgan eriga hanuzgacha sadoqatli ayol. Erlari tiriklik chog`ida bir do`stiga qizini vaqda qilib qo`ygan ekan. Nuriya opa esa olamdan o`tib ketgan erini so`zini qonun bilib, Shirinni o`zi yaxshi bilmagan, betayinga turmushga uzatvordi... Bir so`z bilan aytganda sadoqad deb bizga shavqatsizlik qildilar. Shirin bilan bir birimizni yaxshi ko`rishimiz bilib tursalarda, bizni aka singil deya o`zlarini aldadilar. Shirinni ko`z yoshlariga ham qarab o`tirmadilar. Oqibatda birgina olamdan o`tib ketgan insonning vadasi Shirinni baxtsiz qildi... Nuriya opa qilgan bemanilikni eslab bazan jahlim chiqib ketadi. Yelkamdan silab o`g`lim deyishadiyu, lekin qancha azob berganlarini o`ylasharmikin deyman! Shirinning to`yi belgilangan kunlarni hotirlagudek bo`lsam hamon yuragim zir tutrab turadi. Sevgan insoningni to`yida hizmat qilish, uni ko`zi to`la yosh bilan zimdan seni taqib etayotgani har lahzda his qilish. Qanchalik azob beradi... Ichimdan o`tgani o`zimga ayon, buni siz his etishiz uchun Rustam bo`lib tug`ulishiz, men sevganchalik Shirinni seva olishiz kerak! Ana o`shanda uni boshqa honadonga olib ketishayotganda, jimgina ortidan baxt tilaysizu ayriliq hissini haqiqiy og`rig`ini tuyasiz. Hatta isitmangiz chiqib, uch kungacha to`shakka mihlanib yotasiz... Hozir bir daqiq, - shoshagancha devordagi ko`zgu ortiga berkitilgan maktubni oldim, - Ishonasizmi hanuzgacha Shiringa dil izhori qilmaganman. Oylar mabaynida manashu sevgi maktubini yozgandim. Lekin buyam yetib bormagan! - maktubni opamni qo`liga tutqazdim, - Endi esa munosabatlarimiz shu darajadaki, unga; SENI SEVAMAN deya olmayman ham! Orzu, umid bilan yashasamda baribir unga yetisha olmasliimni bilaman. Sevgimni tilimda izhor etsamu, unga yetisholmasam keyin ko`ziga bir umur qaray olmasligimdan cho`chiyman... - bir lahza o`yga toldim, onam bilan munosabatlarimiz yodimga tushdi, - Opa ishonasizmi yo`qmi, o`z onamni yonida o`tirishdan bezillayman. To`y haqida gap ochmasinlarda deb yurak hovichlab turaman... Bir kuni siz qayni singlizni tavsiya etib ketgan ekansiz. Bir hafda davomida onam har mahalda shu haqida gapiraverdilar. Kechki ovqat paytida yana shu mavzuda gap ochishdi, men yana rat ettim. Shunda dada: sog`lig`ing joyidami o`zi? -deyishdi. Bilasizni erkak uchun bu so`zning zalvori qanchalik og`ir va shandaliki ekanligini? Siz buni tasovur qilolmaysiz, o`ylamaysiz. Sizni nazlizda qiz topib menga yaxshilik qilyobman deb o`ylaybsiz!.. Bir voqea esimda. U paytlar siz turmushga chiqmagan ediz, pochcham sizni ortizdan yurardi va bir safar ko`cha boshigacha kuzatib kelgandi. Shunda uni urmoqchi bo`lgandim. Siz esa: uni urma, deyolmagansizu, lekin ko`ziz yoshovlab urushish odobdan emasligini uqtirmoqchi bo`lgansiz. O`shanda meni shashtimdan siz nasihatiz emas, ko`zizdagi sevgi olovi qaytargandi... Taqdir ekan mana oyla qurdilar, baxtlisiz... Lekin nima uchun meni atrofimdagi hamma yaqinlarim sevib, sevilib yashashadiyu, bizga kelgan begonalarni ravo ko`rishadi?

- Kechir, men bilmabman!

Opamni yeg`i aralash ovozini eshitib, boshimni ko`targanimda ko`zlari jiqqa yoshga to`lgandi ko`rdi. Demak opam tuyg`ularimni his qilyabdi.

- Yaxshi ko`rganing bo`lsa ayt dediz. Mana men aytdim. Shirinni juda yaxshi ko`raman, unga bo`lgan muhabbatim hech qachon so`nmaydi. U hatto erdan qaytgan juvon bo`lsa ham... Lekin aytingchi opa dadamni, oyimni ko`ziga qarab men juvonga uylanaman deb qanday aytaman?

- Kechir ukajonim, - opam bo`ynim quchdi, - Rosdan ko`r ekanman shuncha dardingni his qilmabmab! Ammo tashvishlanma men oyimga yotig`i bilan tushuntiraman. Oyim esa dadamga...

- Yo`q keraymas! - opamni ko`z yoshlarini artdim, - Opa bu gaplar shu yerda qolsin. Men aytmadim, siz eshitmadiz.... O`zi bo`ldi, umid qilib yashashdan charchadim. Endi taqdirga tan beraman. Bugun eshitgan bo`lsez Shiringa sovchi keldi. O`ylashimcha onasi uni uzatib yuboradi... - jilmayib opamni bag`rimga bosdim, - Meni tushunganizdan hursand bo`ldim. Iltimos opa onamga hechnimani aytib yurmang. Bu yog`iga yaxshi o`g`il sifatida onamni baxtli qilib, orzuyini ushaltirib, duosini olmoqchiman... Siz menga Rayhona bilan yana bitta uchrashuv uyushtirib bera olasizmi?

- Ha...

- Uni yaxshi bilasizmi?

- Birozgina!

- Menga u haqida gapirib bering qanday qiz o`zi?

- Umi?

Opam bilan uzoq gaplashib o`tirdik. Shu bilan o`ringa yotar ekanman, ertaga umuman boshqa inson bo`lib uyg`onishga qaroq qildim.

* * *

Oradan naqt ikki hafta vaqt o`tgandi. Rosti shu vaqt davomida onamni og`zini uzoq poyladim. Lekin negadur hech to`ydan gap ochmasdilar. Opam ham Rayhonanni tarifu, tasnifini keltirib rosa mahtab qo`ydilaru, ammo ikkinchi uchrashuvni tashkil qilolmadilar. Menimcha Rayhona o`tgan uchrashuvga bormaganimdan hafa bo`lgan bo`lsa kerak!

Taqdirga tan berib, hammasiga qo`l siltb o`z ishlarimga sho`ng`idim. Uch turt kun avval kurkalar uchun fermerdan yarim pretsep jo`hori olib yanchitish uchun dkuvga tashlab kelgandim. Yakshanba dam olish kuniga chiqarib berishlarini tayinlagan edim. Ertalab telefon qilib yanchib, qoplab qo`yishgani aytishdi. Nonushta ham qilmay erta tongda uydan chiqib ketdim. Borib o`nta qopga qoplangan yemni matarolga yuklab uyga olib keldim. Tushurib omborga joylab bo`gunimcha soat ham o`ndan oshib qolibdi. Nonushta qilmaganim uchun qornim ham judayam ochib ketgandi. Nonushta tayorlab bersinlar deb onamni chaqib daxlizga kirdim.

Jiyanlarim kelganda o`ynaydi deb onam ikkita katta sumkada o`yinchoqlar olib kelishgandi. Ichida qo`g`irchoq, o`yinchoq idish tavoqlari, o`yinchoq tibbiyot anjomlari, mashinachalar o`yinchoq askarlardan tortib logolargacha bor edi. Shirinni biror yumushi bor shekili yoki yakshanba oyim, dadam uyda bo`lganlari uchunmi Asal biznikiga o`ynagani chiqibdi. Oyim ko`rinmadilar ammo dadam bilan Asal uyni o`rtasiga bu dunyo o`yinchoqlarni to`kib olib o`ynab o`tirishgan ekan. Anchadan buyon uymizga chiqmay qo`ygan mittivoy Asalni ko`rib allanechuk quvonib kettim.

- Asalxonmi bu qiz? Voy mittivoy bobosini topvolibdiyu! -dedim erkalab.

- Amatim, - qiyqirib kulib o`rnidan turdiyu ikki qo`lini ko`ksiga qo`yib, chuk tillarida salom berdi va ko`ylakchasini etagini keng yoyib ko`rsatdi, - Amati oyim menga yangi ko`ylak tikib beydilay...

- Oooo! Asalimni munchayam chiroyli bo`lmasa ko`ylakchasi? - yoniga o`tirib tizamga oldim, - Asalim bobosi bilan nima yasayabdilar? -dedim, dadam yeg`ib o`tirgan logo qarishga ishora qilib.

- Zuhyaxonga! - qo`lidagi atlas ko`ylakli Zuhra deb aytadigan qo`g`irchog`ini bag`riga bosdi, - Bobom qasy quyib beyyabdilar...

- Zo`rku! - dedim menam logolarni terib.

- Amati bugun ishga boymisizmi?

- Bormima Asalim!

- Sizam biz bilan hola-hola o`ynen! -dedi yelkasini ko`ksimga tirab erkalanib.

- Asalim, - peshonasidan o`pib erkaladim, - Amaki-amaki o`ynasam bo`miydimi?

- Man bilmimanuu unaqa o`yinni?

Asal bilam beg`ubor suhbatimizni eshitib dadam kulvordilar.

- Asal qizim amakisini yaxshi ko`radimi? -dedilar dadam.

- Hmm judayam! - Asal o`rnidan turib bo`ynimdan quchdi, - Amatim yaxshilar, meni Asalim deydilar... Buvim, oyim, men amatimi yaxshi ko`yamiz! -degancha yuzini yuzimga bosib bo`ynimdan mahkam quchdi.

- Menam Asalimni juda yaxshi ko`raman. Shuni uchun Zuhraxon qo`g`irchog`iga chiroyli uycha qurib beraman! -dedim.

- Haaa, - Asal tizamdan tushdiyu, qo`g`irchoqni idish-tovoqlarini oldi, - Siz, bobom katta qasy quygunizcha men Zuhya bilan ovqat pishiyamiz!

Tavba bu mittivoyda qandaydur sexri bor. U bilan suhbatlashgan inson bolaligiga qaytgandek bo`lib, dunyo tashvishlarini unutvoradi. Balki shungadur oliymalumotli, bir korxona egasi bo`lgan dadam ham bazi-bazida yoshboladek Asalga qo`shili o`yin o`ynab qoladilar. Dadamga qarab zavqim oshadi, tabiyatan sermulohoza jiddiy inson lekin manashu mittivoy Asalni yonida soatlab, gaplashib logo o`ynab o`tiraveradilar!

- Bobo, amati ovqatlayini yeb olilay!

Asal bitta likopchani dadam, yana birini meni yonimga qo`ydi. O`zimcha qoshiq, sanchqilarda bir nimalar yegan bo`ldim.

- Oh... Oh... Oh... Amakisi Asal qizimi ovqati biram mazali bo`libdimi? -dedilar dadam ham o`yinga berilib.

- Haqiqatdan juda mazali. Yaxshiyam Asalxon biznikiga chiqqani bo`lmasa bizga kim buna ovqat pishirib berardi? -dedim dadamga qo`shilib Asalni maqtab. Asalxon esa bolalarcha zavq, shavq bilan o`yinga berilib ketardi...

O`yin-o`yinku, lekin rostakamiga qorin to`qlamasam bo`lmasdi.

- Dada oyim qanilar? -dedim.

- Oying... - dadam jiddiylashib, qadlarini rosladilar, - Oying sovchilikka ketti...

- Sovchilik?

- Ha, buyoqqa yur o`g`lim... - dadam o`rnidan turdi, - Asal qizim sen o`ynab tur men hozir kelaman!

Dadamga ergashib narigi honaga kirdim.

``Yoo ollohim!``

Dadamni birinchi savolidan hayratda qoldim yo`q men tush ko`ryabman deb o`yladim. Onam Shirinni qo`lini so`rash uchun onasi bilan gaplashgani kirib ketganlarini aytdilar. Agar rosdan ham Asalga otalik qilish niyatim bo`lsa, bu boradagi qarorimni qo`llab quvatlashlarini aytishdi. Aytishlaricha o`sha kuni tunda eshikka chiqqan ekanlar, chirog`im yonig`ligini ko`rib eshigim oldiga kelishibdi va tasodufan opam bilan bo`lgan suhbatimga guvoh bo`libdilar. Ularga nima turtki bo`lgan bilmayman, lekin onam ikkisi rozi!

Dadam Shiringa uylanishimga faqat bir shart bilan, har qanday vaziyat bo`lmasin hech qachon yuziga solmaslik sharti bilan rozi ekanliklarini aytishganda ularni quchuoqlab olishdan o`zimni zo`rg`a tutib qoldim.

``Rahmat dada!``

Shu ojizgina aytgan rahmatimdan so`ng butun og`riqlarim, istiroblarim tanamni tark etgande o`zimni yengil his ettim.

Taqdirni o`yinini qarangki, Shiringa intilganim sayin unga yetqazuvch yo`da turfa to`siqlar, chigalliklar paydo bo`lib unga yetishish imkonsiz bo`lib boraverdi. Qismatga ko`nib, undan umid uzganimda esa olloh o`zi yo`limni ochdi!

Qanday ko`chaga chiqib, Shirinni xovlisiga kirib qoldim esimda yo`q! Endigina uydan chiqayotgan onam va Nuriya amam bilan darvozaxonada to`qnash kelganimda o`zimni angladim. Ular hech qanday so`z aytishmadi shunchaki biroz hayrat bilan o`rtimdan qarab qolishdi. To`g`ri Shirinni xonasiga kirib bordim. O`sha paytda shikafdan nimadur olayotgan edi. Meni ko`rib allanima dedi, ammo uni so`zlarini eshitmadim.

- Men seni sevaman!

Shirinni birinchi bor yuzlaridan o`pib bag`rimga bosdim. Bir lahzaga butun borliqni unutdim. Dilimda faqat shukuronalik yangrardi.

- Qo`yvoring! -dedi, ojizgina qarshilik qilib.

- Hech qachon, - yanada qattiqroq quchdim, - JONIM SEN MENI BIRINCHI MUHABBATIM, YAGONA MUHABBATIMSAN...

U hech narsa demadi, faqatgina o`zini bo`sh qo`yib yuzini ko`ksimga bosib, belimdan qattiq quchoqlab oldi...

* * *

Birinchi muhabbat! Bahor osmonidagi pardek oppoq bulutga o`xshaydi, pokiza va beg`ubor tuyg`u! Biroq u shu qadar balantda suzadiki, qo`l cho`zib yetish amrimahol, boz ustiga, uni taqdirning beshavqat shamollari qay manzillarga olib ketishi ham noma`lum... Qashqab qolgan ko`nglizga esa undan faqat

sargardon shirin hislaru, bezovta xayollar yodgor qoladi. Shuning uchun ham oshiq qalblar ko`pincha yoshlikda yo`qotgan oppoq bulutlardek qadrdon tuyg`ularini qo`msab, bir umur pinhona yori ketgan yo`llarni poylab yashar ekanlar!!!

TAQDIR HECH BIRIMIZNI BIRINCHI MUHABATIMIZDAN AYIRMASIN. OLLOH O`ZI MADADKOR BO`LSIN...

Tamom...

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (8 - Qism.)

Bahor oyida uyni bir sidirg`a remontdan chiqargandik. Pundamentiga granit yopishtirildi, lekin ustalarni tig`iz vaqti sabab, hovli yuzasiga biton plita yotqizish kechiktirildi. Yozga chiqib, shu ishni tugatib qo`yishga qaror qildim.

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (9 - Qism.)

Biroz uning so`zlarini hayrat bilan tingladim. Bordiyu Shirinning bu so`zlarini eshitib tursamu, uni homiladorligini bilmaganimda va, ayni damda o`zini ko`rmayotgan bo`lganimda. Bir mehribon ayol bolasini erkalatyabdi deb o`ylagan bo`lardim.

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim. (10 - Qism.)

Qaynonasi chaqaloqni qo`liga olib erkalay boshladi, shu asnoda oylani yana birlashtirishga shama qilib bir-ikkita gap qistirdi. Uning bu ilmoqli gaplaridan, Shirinni jahli chiqib qizarib ketdi, biroq indamadi.

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar. ( I - QISM.)

- Yoshlik chog`larimda do`stim Husniddinning, bobosi Nabijon buvani o`z bobom qatorida yaxshi ko`rardim, u kishiga havas qilardim. Sababi muruvatli, doyimo o`zgalarga yaxshilik qilishga oshiqadigan, bag`ri nihoyatda…

MUHABBAT JILG'ALARI. Bir juft oqqushlar 2-qism

U erkak, nechun menga bunchalik surbetlarcha munosabatda bo`lmasa? Yoki o`tmishimdan xabari bormikin? Yo`q, men bu insonlarni birinchi bor ko`rib turubman, ular ham meni! Ablah hechkimim yo`qligini bilib, buni himoya…

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar. 3 - Qism.

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar… 3 - Qism… Odinaxon To`ychiyevnani jilmayib turgan yuziga qarab, bir lahzaga o`tmishda bo`lgan voqealar shamoli, hotiralarimda yelib o`tdi. * O`sha paytlar…